4. Magnezial-shpinelli buyumlar — magnezit—xromitli o'tga chidamli buyumlar, shpinelli buyumlar. 5. Magnezial—silikatli buyumlar-forsterit o'tga chidamli buyumlar va boshqalar. 6. Uglerodli buyumlar. 7. Karbid kremniyli buyumlar. 8. Sirkonli buyumlar — baddelentli va sirkonli olovbardosh buyumlar. 9. Oksidli buyumlar — berilliyli, magniyli, kalsiyli va boshqa oksidli olovbardosh buyumlar. 10. Kislorodsiz buyumlar—nitridli, boridli va boshqa olovbardosh buyumlar Olovbardosh materiallar ko'rinishiga ko'ra 4 turga ajraladi: Olovbardosh materiallar ko'rinishiga ko'ra 4 turga ajraladi: 1. G'isht shaklli oddiy buyumlar. 2. Fasonli murakkab shaklli buyumlar. 3. Yirik blokli buyumlar. 4. Shakllantirilmagan materiallar— kukunlar, massalar, beton aralashmalari va boshqalar. Olovbardoshlik xossalariga ko‘ra barcha materiallar 3 guruhga ajraladi: 1. Olovbardoshligi 1580— 1770°C boMgan o ‘tga chidamli buyumlar. 2. Olovbardoshligi 1770—2000°C boMgan yuqori o ‘tga chidamli buyumlar. 3. Olovbardoshligi 2000°C dan yuqori boMgan o'ta yuqori o'tga chidamli buyumlar. Olovbardosh materiallar g'ovaklilik nuqtayi nazaridan 3 guruhga ajraladi: 1. Yuqori zich zarrachali olovbardosh buyumlar — g'ovakligi 3% dan kam boladi. 2. Oddiy olovbardosh buyumlar — g'ovakligi 20—30% atrofida boMadi; 3. Yengil vaznli olovbardosh buyumlar — g'ovakligi 45% dan yuqori bo'ladi. OLOVBARDOSH MAHSULOTLAR TAYYORLASH Olovbardosh mahsulotlar tayyorlash usuliga ko'ra, shliker yoki eritmadan quyilgan, plastik formovka qilingan, yarimquruq presslangan, plastikmas kukunsimon massadan jipslashtirilgan.Tog' jinsi va quyma bloklardan arralab yasalgan turlarga, termik ishlov berilishi jihatdan: kuydirilmagan (shamot g'isht) va eritib quyilgan (kvarsli blok) mahsulotlarga, sindirib ko'rganda yuzasining tuzilishiga qarab, mayda tolali va yirik tolali tuzilishdagi buyumlarga ajratiladi. Quyish jarayonida mayda zarralarning bir-biriga yopishish darajasiga qarab, mahsulot (g'isht) ning tanasi toshqotgan yoki g'ovakli bo'lishi mumkin. Tanasi toshqotgan g'isht mustahkam, sindirilgan yuzasi yaltiroq chig'anoqsimon bo'ladi, ochiq va tutashgan g'ovakli bo'lmaydi. Tanasi g'ovakli g'isht yaltiramaydi, yuzasi xira, bo'zrang va birmuncha g'ovak bo'ladi.Olovbardosh va yuzali g'ishtlarning olinishda asosan, tarkibida aluminiy oksidi ko'p bo'lgan va kimyoviy formulasi gidroalumosilikatga to'g'ri kelgan oq kaolin tuprog'i hamda tog' jinslarining barcha turi qo'llaniladi.Masalan, shamot g'isht nomli o'tga chidamli materialning olinishida ishlatiladigan tuproqning haroratga chidamliligi 1580°C, undagi aluminiy (III)-oksidining miqdori esa 28% dan kam bo'lmasligi kerak. Olovbardosh materiallar asosan, yuqori harorat ta ’sirida erimasligi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, o'tga chidamli ashyolar yuqori haroratda kuch ta ’siriga chidamli bo'lishi bilan birga deformatsiyalanmasligi ham kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |