ALATSKIY
RAYONNЫY SOVET
SOYUZA MOLODYOJI UZBEKISTANA
|
OLOT TUMAN KENGASHI
|
ALAT DISTRICT COUNCIL OF THE UNION OF YOUTH OF UZBEKISTAN
|
_____________________________________________________________________________________
|
200200, Olot sh., Olo tko‘ch. 117. Tel.: (865) 34-22-572. E-mail:
117Alat str., Alat, 200200. Tel: (865) 34-22-572. E-mail:
|
№ 02-06/255 Olot tuman “ 11 ” dekabr 2019 yil
Viloyat Kengashiga
Mamlakatimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida Olot tumanida beshinchi tashabbus –xotin-qizlarni ish bian ta’minlash ishlarini tizimli tashkil qilishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
Y I L L I K H I S O B O T I
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Olot tuman Kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.Jumladan: 2019 yil davomida Yosh oilalar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ularning ish bilan bandligini ta’minlash borasida 3 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil qilinib yil yakuniga ko‘ra 74 nafar ayollarni ish bilan bandligi ta’minlandi. Olot tuman “Oila markazi”da “Oila ilmiy amaliy- tadqiqot markazi”, tuman Kengashi xodimlari, tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, “Mahalla” jamoat fondi tuman bo‘linmasi, mahalla faollari, psixologlar hamkorlikda 34 nafar yosh oilalar,oilaviy kelishmovchilik yuzasidan oilalar bilan suhbat qilinib, 33 nafar yosh oilalarning yarashtirishiga erishildi. Tumanda 9898 nafar yosh oilalar mavjud bo‘lib, 2 dekabr holatida 622 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, 10 nafar yosh oilalar o‘rtasida ajrimlar ro‘yxatga olingan.
Joriy yil mobaynida tumandagi “Yoshlar markazi ” binosida tikuvchilik, to‘quvchilik va pazandachilik to‘garaklariga umumta’lim muassasalaridagi o‘quvchi qizlarni mazkur to‘garaklar faoliyati bilan tanishtirildi hamda agrosayohatlar natijasida bukunga qadar 60 nafardan ortiq qizlar to‘garaklarga jalb qilindi.
Olot tumanidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Yosh oilalar o‘rtasida erta nikoh va erta tug‘ruq holatlarininig salbiy oqibatlari”, "Qiz bola bo‘lg‘usi oila bekasi", "Ajrimlarning oldini olish", “Mustahkam oila-jamiyat poydevori” , “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzularida 80 dan ortiq tadbirlar, uchrashuvlar, 10 dan ortiq yosh oilalar o‘rtasida sport musobaqalari, 30 nafardan ortiq oilalar jalb qilinib tadbirlar davomida 12538 nafardan yoshlar, yosh oilalar qamrab olindi.
Tumandagi xotin-qizlarni , kollej bitiurvchi o‘quvchi qizlarni ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida tuman kengashi va “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi bilan birgalikda 12 marotaba korxona tashkilotlarga agrosayohatlar tashkil qilinib ularga 2562 nafardan ortiq xotin-qizlar , o‘quvchi qizalr jalb qilindi.
O‘zbekiston yoshlar ittiifoqi Olot tuman Kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi chekka hududlarda joylashgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bor 38 nafar oila farzandlari holidan xabar olinib ularga tuman Kengashi tomonidan o‘quv-qurollari, badiy kitoblar va oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Tumandagi “Oila” markazi bilan hamkorlikda 11 oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” munosabati “Qo‘lni-qo‘lga bering qizlarjon","Qizlar bellashganda",”Qizim qulohinga bir gapim bor” “Sog‘ tanda sog‘lom aql” mavzularida 40 dan ortiq ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, psixologik treninglar, tanlovlar va ko‘rgazmalar tashkil qilinib, tadbirlarda 11400 nafardan ortiq qizlar jalb qilindi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ka’m ta’minlangan, ishsiz , ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga psixologik ko‘mak berish maqsadida tumandagi “Oila” AIT rahbari, maxalla xotin-qizlar bo‘yicha etakchi mutaxasis, maxalla raislari bilan hamkorlik tumandagi barcha mahalllalardagi notinch oilalarga tashrif buyurilib joylardagi ka’m ta’minlangan, muammoli oilalarga amaliy yordam beribmalakali mutaxasisilar bilan birgalikda bir qancha muammolar o‘z joyida hal qilindi.
Tuman Kengashi raisi A.Rasulov
Do'stlaringiz bilan baham: |