Olmoshning ma'no turlari
1) Kishilik olmoshlari nutq jarayonida ishtirok etadigan shaxslarni va nutqda tilga olingan shaxs yoki predmetni ko'rsatadi. Kishilik olmoshlariga birlik va ko'plik son shaklidagi so'zlovchi (I shaxs) men, biz; tinlovchi (II shaxs) sen, siz; o'zga (III shaxs) u, ular kiradi. Kishilik olmoshlarining I va II shaxsi (men, sen, biz, siz) faqat shaxsi o'rnida qo'llanadi. III shaxs kishilik olmoshlari (U, ular) esa shaxsini ham, predmetni ham ko'rsatadi.
Maslaan: Bizning urishimiz ozod urushi bo'ladi ota. (Oybek) U ketgandan keyin Siddiqjon shu yerning o'zida cho'kka tushdi. (A.Qahhor).
Kishilik olmoshlari ot o'rnida qo'llanuvchi olmoshlardir. Shuning uchun ham kishilik olmoshlari otga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega.
Kishilik olmoshlari kelishik qo'shimchalari bilan turlanadi. Men, sen kishilik olmoshlariga -ni tushum kelishigi, -ning qaratgich kelishigi qo'shimchasi qo'shilganda, o'zakdosh n undoshi tushib qoladi: men -ni, -ning, meni, mening; sen -ni, -ning seni, sening kabi
U kishilik olmoshiga jo'nalish, o'rni-payt, chiqish kelishigi qo'shimchalari qo'shilganda, o'zakda bir n undoshi orttiradi: u-ga, -da, -dan, unga, unda, undan kabi.
Kishilik olmoshining III shaxs ko'plik shakli u -lar qo'shimchasini qo'shish bilan hosil qilinadi. Biz, siz kishilik olmoshlariga qo'shilganda, ta'kid ma'nosini, sen olmoshiga qo'shilganda mensimaslik ma'nosini ifoda etadi; -Ma'ni ?-ko'zini olaytirdi Soli. Ma'niki senlarga berdim, ekib qo'ylaring (O.)
Kishilik olmoshlari gapda ega, keism, to'ldiruvchi, va qaratuvchi- aniqlovchi vazifasini bajaradi.
Masalan: Sen vazifangni bajaraver, qo'rqma. Senga hech qanday shikast yetmaydi. Sening tanigga o'q ham botmaydi, nayza ham. (A.Q.)
Ko'rsatish olmoshlari shaxs, predmet yoki belgini vaqt va o'ringa nisabatan ko'rsatish ajratish uchun ishlatiladi. Ko'rsatish olmoshlariga: bu , shu, u, o'sha, ana shu, ana u, mana bu, mana shu, ana o'sha kabilar kiradi. Bu olmoshlar sifat o'rniga kelib belgiga ishora qiladi, qaysi so'rog'iga javob beradi.
Masalan: Ellik sentnerchilar harakatini shu brigada boshlab berdi. Men ana u so'qmoqdan yursam ham bo'ladi. (A.Qahhor).
Ko'rsatish olmoshlari so'zlovchi bilan ko'rsatilgan predmet orasidagi masaffaning uzoq-yaqinligiga, voqea sodir bo'lgan vaqtga qarab qo'llanadi. Bu, mana bu olmoshlari so'zlovchining ko'z oldida bo'lgan so'zlovchiga yaqin turgan predmetni ko'rsatadi. Shu, mana shu olmoshlari so'zlovchining ko'z oldida bo'lgan yoki yaqin vaqt ichida tilga olingan predmetni yana eslatish, ta'kidlash uchun ishlatiladi. U, ana u, olmoshlari orqali so'zlovchining ko'z oldida bo'lmagan predmetga ishora qiladi. O'sha, ana o'sha olmoshlari ilgari so'zlab o'tilgan bir predmetni eslash orqali ko'rsatadi.
Ko'rsatish olmoshlari otga bog'lanib kelib, gapda sifatlovchi-aniqlovchi (ba'zan, kesim) vazifasini bajaradi; Ufqqa ulanib osmonga yetgan shu go'zal mamlakat, shu oltin gullar. (H.O.)
Ko'rsatish olmoshlari otlashsa, son, egalik va kelishik qo'shimchalari oladi. Jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishiklari qo'shimchalarini olganda, bir n tovushi orttiriladi: Bunga, shunga, bundan, shundan, o'shanda kabi.
Otlashgan ko'rsatish olmoshlari gapda ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to'ldiruvchi kabi sintaktik vazifalarni bajaradi.
Masalan: Yo'lchining yodiga halligi qiz tushdi. Shuning qizi emasmikin? (O). Bu zamonda kimning chaqasi ko'p bo'lsa, odamlar o'shanga og'adi. (O.)
3)So'roq olmoshlari shaxs, predmet, belgi, miqdor haqida so'roqni bildiradi yoki no'malum shaxsni ko'rsatadi. So'roq olmoshlariga: kim, nima, qanday, qanaqa, necha, qancha, qayerda, qayerga, qayerdan, nega, qalay, qani kabilar kiradi.
Kim nom'alum shaxs, nima predmet; qanday, qanaqa, qayerda, qayerga, qayerdan, nega, qalay, qachon-belgi haqida; necha, nechanchi miqdor haqida so'roqni bildiradi.
Masalan: Dunyoni suv bossa, o'rdakka nima qayg'u (Maqol.) Ko'pchilik qayerda bo'lsa, to'qchilik xam shu yerda bo'lar. (Maqol.)
So'roq olmoshlarining morfologik va sintaktik, ularning ma'no xususiyatlariga qaysi so'z turkumi o'rnida qo'llanishiga bog'liq. Ot o'rnida qo'llanuvchi so'roq olmoshlari son, egalik, kelishik qo'shimchalarini oladi. Bunday olmoshlar gapda ot singari turli vazifalarni bajaradi. Sifat, son o'rnida qo'llanuvchi olmosh sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida, ravish o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar, hol vazifasida, ba'zan kesim vazifasida keladi.
Masalan: Kim ikkinchi taklifni ёqlasa, qo'lini ko'tarsin. (M.Qoriyev). Qayerda suv mo'l bo'lsa, shu yerda hosil mo'l bo'ladi. Qaysi ahvolda ekan Ekin qalay, necha tanob (S.A.)
4).Belgilash olmoshlari shaxs, predmet, uning belgisi, miqdorini jamlab yoki umumlashtirib ko'rsatadi. Belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari, har qanday, har qaysi, har narsa, har qancha kabilar kiradi. Bu olmoshlardan hamma, barcha, bari kabi olmoshlar predmet yoki belgini jamlab ko'rsatadi. Ba'zi olmoshi to'daning, jamlikning qismini ko'rsatadi. Har, har kim, har nima, har bir, har qanday, har qaysi, har narsa, har qancha, kabi belgilash olmoshlari shaxs, predmet, belgilarni yakkaga ajratib ko'rsatadi.
Masalan: Botir topsa-barcha yer, baxil topsa-bosib yer (Maqol). Hamma pul imoratga sarf bo'ldi. Har bahorda shu bo'lar takror, har bahor ham shunday o'tadi. (X.O.) Gulnor.. (Unsinning) burnini, peshonasini va ba'zi harakatlarini Yo'lchiga o'xshatdi.Belgilash olmoshlari ham morfologik va sintaktik xususiyatlari qaysi so'z turkumi o'rnida kelganiga qarab belgilanadi.
Jamlikni ifoda etadigan hamma, barcha, bari belgilash olmoshlari ot o'rnida kelib, qo'shimchalarini oladi va gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Otga bog'lanib kelganda, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi. Ba'zi belgilash olmoshi ham xuddi shunday xususiyatga ega.
Shaxs, predmet, belgini yakaga ajratib ko'rsatadigan har kim, har narsa, har nima olmoshlari ot o'rnida kelib, egalik, kelishik, son qo'shimchalarini oladi. Qolganlari sifat va ravish o'rnida kelib, belgiga ishora kiladi.
Masalan: Atrofda odam tuplandi. Ba'zilar achinadi, ba'zilar tomoshabin (O.). Uning qo'lidan hamma ish keladi. Keling deb har qancha qistasam ham, mehmon ketib koldi (O.). Odam degan qar narsaga aralashavermaydi (O.).
5) Bo'lishsizlik olmoshlari mutloqo mavjud emaslik ma'nosi orkali ifodalangan predmet, belgi yoki mikdorni umumlashtirib ko'rsatadi. Bo'lishsiz olmoshlariga hech kim, hech nima, hech narsa, hech bir, hech qanday, hech qanaqa, hech qancha kabilar kiradi. Demak bo'lishsizlik olmoshlari hech so'zidan so'ng so'roq olmoshlari hamda narsa bir so'zlarni keltirish bilan yasaladi.
Masalan: Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo'q.(O.). Men hech nimani ko'rmadim. Hech qanday fikr bildirmadi. Hech qaysi mamlakatda qurilish sur'ati biznikiga yetmaydi(U.X.).
Bo'lishsizlik olmoshlarining ham morfologik xam sintaktik xususiyatlari belgilash olmoshlari kabidir.
6) O'zlik olmoshi o'z so'zidan iborat bo'lib, u aniq, konkret shaxsni ajratib, ko'rsatish yoki ot va kishilik olmoshlarining ma'nosini konkretlashtirib, ta'kidlab ko'rsatadi.
Masalan: o'zim, o'zi, o'zimiz, men o'zim, Saidaning o'zi kabi. O'zganing mis qozonidan, o'zingning qora qozoning yaxshi (Makol.). Xoshimjon aka bu bilan o'z jur'atsizligini yashirmoqchi ekaniga hammaning imoni komil edi.(O.Ё.).
O'zlik olmoshi ot o'rnida kelib, shaxsga ishora qiladi. O'zlik olmoshi egalik, kelishik, son qo'shimchalarini oladi, ot bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi.
7)Gumon olmoshlari mavjud, ammo noaniq, no'malum bo'lgan shaxs, predmet, belgi va miqdorni bildiradi. Gumon olmoshlari quyidagicha yasaladi:
1. So'roq olmoshidir qo'shimchasini qo'shish bilan: kimdir, nimadir, qandaydir, qaysidir, qanchadir kabi.
Masalan: Bir parcha qog'ozning yuziga qora, siyoh bilan o'ng-teskari, qandaydir xarflar yozilgan (O.). Atirgul to'satdan silkindi-da, kimdir engashib anorzorga qochdi (I.R). Farida ko'cha muyulishiga yetganda, nimadir taraqlab ketdi (Rashod Nuri.).
2. So'roq olmoshlari narsa so'zi oldiga -alla- elementi qo'shish orqali:
Allakim, allanima, allanarsa, allaqanday kabi.
Masalan: Mish-mishlarni unga hamma vakt allakim aytgan bo'ladi.(A.Qahhor.). Shkafning orqasida allanarsa shitirlaganday bo'ldi.
3. So'roq olmoshi yoki narsa so'zidan oldin bir so'zini keltirish orqali: bir necha, bir qancha, bir nima, bir narsa kabi, ba'zi belgilash olmoshi qaysi so'roq olmoshidan so'ng bir so'zini keltirish bilan ham gumon olmoshlari yasaladi: qaysi bir, ba'zi bir kabi.
Masalan: Sizga bir narsa bo'ldimi? Faqat bir narsani payqab qoldi: u yo'g'ida kimdir uyga kirib chiqyapti(E.A.). Qaysi bir kavakda chumchuq bolalari chirqillaydi (O.). Ba'zi bir odamlar faqat o'z manfaatini ko'zlaydi.
4. Bir so'ziga -ov, -on, -or qo'shilishi bilan yasaladi: birov, biron, biror kabi.
Masalan: Mahallamizda biror bo'zchi birov maxsido'z, birov baqqol (O.).
Gumon olmoshlarining ham morfologik va sintaktik xususiyatlari qaysi suz turkumi o'rnida kelganiga karab belgilanadi.
3. Olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari.
Olmoshlar tuzilish jixatdan, asosan, 3 xil:
1) sodda olmoshlar; 2) qo'shma olmoshlar; 3) juft olmoshlar.
Sodda olmoshlar bir o'zak morfemadan iborat bo'ladi: men, sen, kim, nima, hamma, ba'zi kabi.
Qo'shma olmoshlar ikki o'zak morfemaning qo'shilishi yoki birikuvidan hosil bo'ladi: manna shu, anna u, har kanday, hech kim kabi.
Juft olmoshlar ikki olmoshning o'zaro teng bog'lanishidan tuziladi: sen-men, u-bu, siz-biz kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |