Kurs ishining maqsadi. Olmoshlarning leksik-grammatik xususiyatlari va lardagi neytrallashuv hodisalarini ilmiy-nazariy manbalar asosida o’rganish va asoslash.
Kurs ishining vazifalari:
Olmosh va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot berish
Olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlarini o’rganish va izohlash
Olmoshlarda shaxs-son neytralllashuvi jarayonini yoritish va o’rganish
OLMOSH VA UNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Ot, sifat, son, ravish kabi so'z turkumlari o'rnida qo'llanib predmet, belgi, miqdor tushunchasining mavjudligini ko'rsatadigan, ularning vazifasini bajaradigan so'z turkumiga olmosh deyiladi. Olmoshlar predmet, belgi, miqdor ma'nosini anglatmay, faqat ularga ishora qilish, ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan: Bizga qalin do'st kitob, u go'yo nurli oftob. Bu gapda biz va u olmoshlari ot o'ringa kelib, shaxs va predmetga ishora qilgan. Siz ana shu jannatni dunyoga keltirgan odamlar sog'ligining posbonisiz. (M.Muhammedov). Bu gapda ana shu olmoshi sifat o'rniga kelib, beligiga ishora qilgan. Men bunaqa voqealar haqida qancha-qancha kitoblar o'qiganman. (O.Ё.). Bu gapda qancha-qancha olmoshi ravish o'rniga kelib, miqdoriy belgiga ishora qilgan.
Olmosh so'z turkumi quyidagi leksik-grammatik xususiyatlarga ega: 1) olmosh mustaqil so'z turkumlaridan farqli ravishda, predmet va uning belgisini, miqdorini ularga atama (nom) bo'lmagan holda ko'rsatish xususiyatiga ega. 2) olmoshlar gapda bajaradigan vazifasiga ko'ra 4 guruhga bo'linadi;
A) ot o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar: Men, sen, u, biz, siz, ular, kim, nima, har kim, har nima, hech kim, hech nima, allakim, allanima, bir narsa, bir nima, birov, kimdir, nimadir kabilar
Bu olmoshlar ot singari so'z o'zgartiruvchi bajargan sintaktik vazifalarni (ega, to'ldiruvchi, qaratuvchi, ba'zan, kesim) bajaradi. Masalan: Kimning ishi to'g'ri bo'lsa, u doim bexovotir bo'ladi. Nimani qilsang xor, o'shangga bo'lasan zor (Maqol).
B) sifat o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar: bu, shu, o'sha, u, ana, shu, mana, bu, qanday, qaysi, har, qanday, har qaysi, hech qaysi, hech qanday, hech bir, qandaydir, qaysidir, allaqanday, allaqaysi, biron, biror, qaysi bir, ba'zi bir kabilar.
Bu olmoshlar sifat singari otga bog'lanib, belgiga ishora qiladi, gapda asosan, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini (ba'zan kesim) bajaradi.
Masalan: Uning yuzida hech qanday malol alomati ko'rinmas, aksincha, har kungidan xurramroq edi. (A.Qahhor). Umiddimiz-shu.
V) 1) son o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar: necha, nechta, nechanchi, qancha, bir necha, bir qancha, qanchadir kabilar.
Bu olmoshlar son singari otga bog'lanib, miqdoriy belgiga ishora qiladi, gapda asosan sifatlovchi- aniqlovchi vazifasini (ba'zan kesim) bajarib keladi.
Masalan: Arava bormidi? Dedi O'rmonjon kattakon ro'moli bilan yuzini bo'ynini artib.-Nega arava bordi (A.Qahhor)
Xon janoblaridan so'raydigan bir necha tilaklarim bor. (A.Qodiriy). Yoshingiz nechada?
2) ravish o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar: qayerga, qayerda, qayerdan, qachon, har qancha, hech qancha, nega, qalay, qani kabilar.
Bu olmoshlar ravish singari fe'lga bog'lanib, belgiga ishora qiladi, gapda asosan, hol (ba'zan kesim) vazifasini bajaradi.
Masalan: Otabek tasdiq ishorasini bergach, negadir bir entikib qo'ydi. (A.Qodiriy). Bola qalay ekan? Oyoq, qo'li chaqqonmi? (P.P.)
3.Olmoshlarning morfologik va sintaktik xususiyatlari yuqorida sanab o'tilgan ma'no xususiyatlari bilan bog'langan holda turlichadir.
Ot o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar otga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga sifat o'rniga qo'llanuvchi olmoshlar sifatga xos, son o'rniga qo'llanuvchi olmoshlar songa xos, ravish o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar ravishga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega.
4.Olmosh mustaqil so'z turkumi sifatida so'z yasalish xususiyatiga ega emas. Lekin olmoshdan sanoqli qo'shimchalar yordamida ot, ravish yoki fe'l yasalishi mumkin: o'zlik, manmanlik, kabi otlar; sizla, senla, sensira sizsira kabi fe'llar;
5.Olmoshlarning boshqa so'z turkumidan ajratib turadigan asosiy sintaktik xususiyatlaridan olmosh hech vaqt o'zidan oldin aniqlovchi olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |