Olmosh turkumi tahlili
Reja:
1. Ma`nosiga ko`ra turi.
2. Qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llanganligi.
3. Gapdagi vazifasi.
4. Tuzilishiga ko`ra turi.
Namuna: Bu- ko`rsatish olmoshi. Sifat turkumi o`rnida qo`llangan, gapda aniqlovchi vazifasida kelgan, sodda.
Uni- kishilik olmoshi tushum kelishigi shaklida, ot turkumi o`rnida qo`llangan, gapda to`ldiruvchi vazifasida kelgan sodda.
69-mashq. Gaplarni o`qing. Olmoshlarni aniqlab, qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llanganini izohlang.
1. Mirzo Ulug`bek bu oylardan boshi g`ovlab peshanasini ishqaladi, yana bir piyola sharob ichdi, lekin uni o`z qa`riga tortgan tug`yonli oylar girdobidan chiqolmadi. (O.Y.) 2.Hech kim o`sha tunning o`zida, qayerdadir bir jigarbandi ham qalb titrog`ida ekanini bilmaydi. (T.Mal.) 3. U xil qora uylar uning uchun yangi emas, albatta. (Ch.) 4. Bularning hammasini otasi bino qilgan edi. Endi u odam bu joylarga hech qachon kelmaydi. (P.Q.) 5. O`z uyiga sig`magan, jigarlari bag`ridan joy topolmagan Nizomjon bu notanish kishining uyiga sig`armikan? (S.A.) 6. Umrim, ey sen bilan qilib iftixor, bo`laylik o`lgunga men ham minnatdor! (G`.G`.) 7. Peshonadagi bitta-yu bitta bolani er-xotin ana shunday tashvish, ana shunday mehribonchilik bilan katta qilishdi.(S.A.) 8. Bu so`zdan xulosa shukim, dedi Salohiddin zargar uning savoliga javob bermay,-kutubxonani yashirib, kufr kitoblarni asrab qolmoqni niyat qilgan osiy banda ham, o`shal kitoblar gulxanida yonlig`i muhaqhaqdir. (O.Y.)
70-mashq. Gaplarni o`qing. Kishilik olmoshlarini aniqlang. Gapdagi vazifasini belgilang .Kelishik qo`shimchalari bilan qo`llangan kishilik olmoshlarining o`zagida qanday o`zgarish bo`lganligini ayting.
1. Dunyo sening oyog`ingni o`pmog`i lozim! (M.Sh.) 2. Agar suratim uchun sizdan jon talab qilsalar menga ayting, men o`z jonimni bergayman! (P.Q.) 3. Bu bebaho xazinaning kaliti sening qo`lingdadur, Ali. (O.Y.) 4. Javob ber, meniki- seniki degan gapni kim oylab chiqardi. (Sh.R.) 5. - Siz ularni bunda ayblarsiz, ular bizlarni unda ayblar. (T.Mal.) 6. Mening o`rnimda bo`lganingizda nima qilardingiz. (T.Mal.) 7. Sizning ko`rgan ko`rmaganligingizni men qayoqdan bilaman.(A.Q.) 8. - Masalan, bizda bunaqa buyumlar juda ko`p, mening ishim ham yo`q, surishtirmayman ham.(O`.U.) 9. Aziz seni ko`pdan beri bilaman, senga ishonaman. bir hafta muhlat senga. (O`.U.) 10. Siz ziyoli odamsiz, tushunasiz, sizga aytsam bo`ladi. (Sh.)11. Nimani boshlaymiz, mening sizga aytib beradigan hech qanday jinoyatim yo`q.(Sh.) 12. Oylasam ham senlarcha har kimning oldida valdiramas edim. (A.Qod.) 13. Sizga ne bo`ldi, davlatpanoh?- dedi uning mahzun chehrasiga tikilib.(O.Y.) 14. Uni kuzatib chiqqanlar sal narida uning iztirob bilan uh tortganini ko`rib turishardi.(S.A.)
Do'stlaringiz bilan baham: |