Ot sifat son fe‘l so‘z turkumi o‘rnida qo‘llanuvchi va ularga ishora qiluvchi so‘zlar olmosh deyiladi.
olmosh boshqa so‘zlar shuningdek so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashtirib qo‘llanuvchi ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh deyiladi.
OLMOSHLARNING BOSHQA SO‘ZLAR O‘RNIDA QO‘LLANISHI
Ot o‘rnida: Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat bag‘ishlaydi.
Sifat o‘rnida: Gullarning ko‘po pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi.
son o‘rnida: O‘g‘iloy to‘rtta kitob oldi. Men ham shuncha kitob oldim.
fe‘l o‘rnida: Azamat olmalarni uza boshladi. Bu esa bog‘bon amakining jahlini chiqardi.
OLMOSHLARNING SO‘Z SO‘Z BIRIKMASI GAP O‘RNIDA QO‘LLANISHI
so‘z o‘rnida: Kim kitobni ko‘p o‘qisa, undan ko‘p hikmat topadi.
so‘z birikmasi: Bizning o‘quv markazimiz chiroyli. unda o‘qish bizga juda yoqadi.
Gap o‘rnida: Istagim shuki, barcha abituriyentlar lar talaba bo‘lsin.
Olmoshning xususiyatlari
Olmoshda atash ma‘nosi bo‘lmaydi.
olmoshlar qaysi ma‘noda kelishi matn yoki gap o‘rnida almashib qo‘llanishiga ko‘ra aniqlanadi.
olmoshlar tashlamaydi yasalish uchun asos bo‘ladi.
olmoshlar "Ichi bo‘sh so‘zlar " deyiladi.
Olmosh yasalish uchun asos bo‘ladigan turkumlar
o‘zlik / ot
o‘zboshimcha manman o‘zbilarmon/ sifat
sizlamoq sensiramoq o‘zidan ketmoq o‘ziga kelmoq / fe‘l
o‘zicha o‘zimcha o‘zingcha / ravish
olmosh so‘z turkumi ma‘no turlari
Kishilik olmosh
Ko‘rsatish olmosh
o‘zlik Olmosh
belgilash olmosh
bo‘lishsizlik olmosh
so‘roq olmosh
gumon olmosh
KISHILIK OLMOSHLARI
Narsa va shaxslarni 3 shaxsdan biriga tegishli ekanligini ifodalab keladi.
men I shaxs so‘zlovchi-biz
sen II shaxs tinglovchi -Siz
u III shaxs o‘zga-ular
nutqdan tashqaridagi shaxs narsa voqea hodisaga ishora qiladi
KISHILIK OLMOSHLARI
ko‘plik sonda qo‘llanuvchi KISHILIK OLMOSHLARI birlik son o‘rnida qo‘llanganda quyidagicha uslubiy vazifa bajaradi.
biz /men o‘rnida kamtarlik ta‘kidlamaslik ma‘mosini bildiradi. masalan men birinchi o‘rinni oldim / buz birinchi o‘rinni oldik kabi.
siz/ ular so‘zi hurmat ma‘nosida qo‘llanadi.
sen kelding . Siz keldingiz onam keldilar. Ular ko‘p narsa olib keldilar.
eslatma: siz hurmat ma‘nosida qo‘llanganda ko‘pincha -lar qo‘shimchasi qo‘llanadi.
sizlarga baxt yor bo‘lsin.
sizlar kelgusida talabalik baxtiga er ishingiz.
men KISHILIK olmoshi eski o‘zbek tilida
kamtarlik ma‘nosida qo‘llanib KAMINA FAQIR QULINGIZ KAMINAYI KAMTARIN BANDAYI OJIZINGIZ kabi so‘z va so‘z birikmalari qo‘llanadi.
yuqoridagi so‘zlar EGA vazifasida kelganda KESIMI III SHAXS BIRLIKDA VA BA‘ZAN ESA I SHAXSDA BO‘LADI.
ESLATMA I shaxsni bildirsa ham ma‘nosi III SHAXS ma‘nosida bo‘ladi.