Ushbu kombinat mamlakatimizda rangli metallurgiya sanoatining yetakchisi boʻlib, unda 35 minglik jamoa mehnat qilmoqda.
Oʻtgan yili qabul qilingan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror korxona faoliyati uchun katta imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Hozirgi vaqtda majmua tomonidan Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi qimmatbaho va rangli metallar eng ilgʻor texnologiyalar asosida, yetakchi xorijiy kompaniyalar hamkorligida jadal oʻzlashtirilmoqda, xaridorgir mahsulotlar hajmi oshirilib, ularning 70 foizdan ortigʻi eksport qilinmoqda.
Jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitida ishlab chiqarishning oʻsishi va samaradorligini taʼminlash maqsadida kombinatning uzoq muddatli modernizatsiya dasturi ishlab chiqildi.
Ayni paytda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Angren” erkin iqtisodiy zonasida barpo etilgan Angren quvur zavodi, Jizzax viloyatida sement zavodi foydalanishga topshirildi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari hududida eng yirik – bir yilda 60 million tonna rudani qayta ishlash salohiyatiga ega boʻlgan mis boyitish fabrikasi va boshqa zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarining qurilishi boshlandi.
Eng muhimi, olib borilayotgan jadal va tizimli bunyodkorlik ishlari natijasida mahalliy aholi uchun minglab qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilmoqda.
Yaqin yillarda kombinatni modernizatsiya qilish dasturi doirasida 2023 yilga kelib ishlab chiqarish hajmining 2,5 barobarga oʻsishini taʼminlovchi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilmoqda.
Olmaliqda faoliyat yuritayotgan Toshkent davlat texnika universitetining filiali, shuningdek, oʻtgan yili tashkil etilgan Rossiya Federatsiyasining Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Moskva poʻlat va qotishmalar instituti filiali belgilangan vazifalar ijrosini toʻliq taʼminlashga qodir boʻlgan zamonaviy va yetuk mutaxassislarni tayyorlashga munosib xizmat qilmoqda.
Korxonaning ishchi-xodimlar uchun munosib hayot va mehnat sharoitlari yaratib berilmoqda.
Bugun bu yerda zamonaviy uylar, madaniyat va sport maskanlari, ravon koʻchalar, koʻrkam va fayzli goʻshalar, bir soʻz bilan aytganda, zarur infratuzilmalar bunyod etilmoqda. Bu beqiyos ragʻbat va eʼtiborning yaqqol misolini – yildan-yilga rivojlanib, xorijiy mehmonlar va investorlar uchun jozibador boʻlib borayotgan Olmaliq shahrining obod va farovon qiyofasida ham koʻrish mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
USHBU PREZINTATSIYA MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI TALABASI AXTAMOV ASILBEK TOMONIDAN QAYTA TAHRIRLANDI.
Do'stlaringiz bilan baham: |