Olmaliq kon-metallurgiya kasb-hunar kolleji “oilashunoslik” fani o`qituvchi nishonova dilrabo farxodovnaning



Download 1,24 Mb.
Sana19.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#392321
Bog'liq
Oilashunoslik 7-dars

OLMALIQ KON-METALLURGIYA KASB-HUNAR KOLLEJI “OILASHUNOSLIK” FANI O`QITUVCHI NISHONOVA DILRABO FARXODOVNANING

BOLANING O`SISHI VA RIVOJLANISHI

MAVZUSIDA IKKI SOATLIK DARS TAQDIMOTI

Mavzu: Bolaning o`sishi va rivojlanishi

Reja:

    • Chaqaloqlik davri
    • Bir yoshgacha bo`lgan davr
    • Maktabgacha tarbiya yoshi davri
    • Maktab yoshi davri
    • Akseleratsiya

Odam tug`ilganidan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o`smirlik davri hisoblanadi. Buning o`zi bir necha davrga bo`linadi.


Bolaning rivojlanish bosqichlari

1. Chaqaloqlik davri

2. Bir yoshgacha bo`lgan davri

3. Maktabgacha tarbiya yoshi davri



4. Maktab yoshi davri

Chaqaloqlik davri…

Bola bir oylik bo`lguncha chaqaloq hisoblanadi. Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo`lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko`ra, chaqaloq 40 kunlik bo`lguncha davr chilla davri deb ataladi.

Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo`lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak. Yo`rgaklari toza, dazmollangan bo`lishi, parvarish qiluvchi kishi qo`lini sovunlab yuvib turishi va og`iz burniga to`rt qavatli doka niqob tutishi kerak.

Bir yoshgacha bo`lgan davr…

Bu davr ikki oylikdan bir yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.

Bola o`sib borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari, nerv sistemasi, tayanch-harkatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko`rish organining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya’ni u o`yinchoq qimirlagan tomonga ko`z soqqasini harakatlantiradi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi.

Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi; 7 oylikda bemalol o`tirade, emaklaydi; 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan tura boshlaydi; 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi; 12 oylikda o`zi yura boshlaydi va 10-12 ta so`zni ayta oladi.

Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta sut tishi bo`lishi kerak.

Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta sut tishi bo`lishi kerak.

D vitamin yetishmasa, bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi. Suyaklar yumshab egiluvchan bo`lib qoladi.

Chaqaloq 8-10 haftalik bo`lganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog`onasining bo`yin qismida oldinga egilish hosil bo`ladi. Bola 5 oyligida o`tira boshlaydi va uning umurtqa pog`onasi ko`krak qismida orqaga egilma hosil bo`ladi. Bir yoshga kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon egilma hosil bo`ladi.

Maktabgacha tarbiya yoshi davri…

Bola 2 yoshligida jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og`irligi har oyda 200-250 g dan ortib boradi, bo`yi 1 sm dan o`sadi. Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2-2,8 kg, bo`yi 7-8 sm ga ortadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3-yosh oxirida so`z boyligi 1000-1200 taga yetadi. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakatchan, tinib-tinchimas bo`ladi.

4-5 yoshli bolalarning og`irligi har yili 1,5-2 kg ga ortadi, bo`yining o`sishi 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda bo`yining o`sishi tezlashib, bir yilda 8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi.

Maktab yoshi davri…

O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiena talablariga rioya qilishlari zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega.

Akseleratsiya…

So`nggi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining tezlashuvi kuzatilmoqda. Masalan, bo`yning o`rtacha uzunligi so`nggi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5 sm, o`smirlarda 10-15 sm, o`rta yoshdagi erkaklarda 6-8 sm ga ortgan; bolalarning psixik rivojlanishi va balog`at yoshiga yetishi ham tezlashgan. Akseleratsiya deb ataladigan bu jarayon odamlar oilaviy sharoitining yaxshilanishi, yaxshi ovqatlanish, yorug` kunning uzayishi bilan bog`liq.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

  • Mavzuni yaxshilab o`qing, konspekt qiling.
  • Bolaning rivojlanish bosqichlari asosida “Baliq skeleti” sxemasini tuzing, har bir davrga 3tadan kam bo`lmagan ma’lumot joylashtiring.
  • Akseleratsiya haqida internetdan foydalangan holda ma’lumot to`plang.

E’tiboringiz uchun

rahmat!
Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish