OLMALIQ KON-METALLURGIYA KASB-HUNAR KOLLEJI “OILASHUNOSLIK” FANI O`QITUVCHI NISHONOVA DILRABO FARXODOVNANING BOLANING O`SISHI VA RIVOJLANISHI MAVZUSIDA IKKI SOATLIK DARS TAQDIMOTI Mavzu: Bolaning o`sishi va rivojlanishi Reja: - Chaqaloqlik davri
- Bir yoshgacha bo`lgan davr
- Maktabgacha tarbiya yoshi davri
- Maktab yoshi davri
- Akseleratsiya
Odam tug`ilganidan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o`smirlik davri hisoblanadi. Buning o`zi bir necha davrga bo`linadi.
Bolaning rivojlanish bosqichlari
1. Chaqaloqlik davri
2. Bir yoshgacha bo`lgan davri
3. Maktabgacha tarbiya yoshi davri
4. Maktab yoshi davri
Chaqaloqlik davri… Bola bir oylik bo`lguncha chaqaloq hisoblanadi. Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo`lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko`ra, chaqaloq 40 kunlik bo`lguncha davr chilla davri deb ataladi. Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo`lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak. Yo`rgaklari toza, dazmollangan bo`lishi, parvarish qiluvchi kishi qo`lini sovunlab yuvib turishi va og`iz burniga to`rt qavatli doka niqob tutishi kerak. Bir yoshgacha bo`lgan davr… Bu davr ikki oylikdan bir yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bola o`sib borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari, nerv sistemasi, tayanch-harkatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko`rish organining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya’ni u o`yinchoq qimirlagan tomonga ko`z soqqasini harakatlantiradi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi; 7 oylikda bemalol o`tirade, emaklaydi; 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan tura boshlaydi; 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi; 12 oylikda o`zi yura boshlaydi va 10-12 ta so`zni ayta oladi. Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta sut tishi bo`lishi kerak. Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta sut tishi bo`lishi kerak. D vitamin yetishmasa, bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi. Suyaklar yumshab egiluvchan bo`lib qoladi. Chaqaloq 8-10 haftalik bo`lganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog`onasining bo`yin qismida oldinga egilish hosil bo`ladi. Bola 5 oyligida o`tira boshlaydi va uning umurtqa pog`onasi ko`krak qismida orqaga egilma hosil bo`ladi. Bir yoshga kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon egilma hosil bo`ladi. Maktabgacha tarbiya yoshi davri… Bola 2 yoshligida jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og`irligi har oyda 200-250 g dan ortib boradi, bo`yi 1 sm dan o`sadi. Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2-2,8 kg, bo`yi 7-8 sm ga ortadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3-yosh oxirida so`z boyligi 1000-1200 taga yetadi. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular juda harakatchan, tinib-tinchimas bo`ladi. 4-5 yoshli bolalarning og`irligi har yili 1,5-2 kg ga ortadi, bo`yining o`sishi 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda bo`yining o`sishi tezlashib, bir yilda 8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi. Maktab yoshi davri… O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiena talablariga rioya qilishlari zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Akseleratsiya… So`nggi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining tezlashuvi kuzatilmoqda. Masalan, bo`yning o`rtacha uzunligi so`nggi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5 sm, o`smirlarda 10-15 sm, o`rta yoshdagi erkaklarda 6-8 sm ga ortgan; bolalarning psixik rivojlanishi va balog`at yoshiga yetishi ham tezlashgan. Akseleratsiya deb ataladigan bu jarayon odamlar oilaviy sharoitining yaxshilanishi, yaxshi ovqatlanish, yorug` kunning uzayishi bilan bog`liq. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: - Mavzuni yaxshilab o`qing, konspekt qiling.
- Bolaning rivojlanish bosqichlari asosida “Baliq skeleti” sxemasini tuzing, har bir davrga 3tadan kam bo`lmagan ma’lumot joylashtiring.
- Akseleratsiya haqida internetdan foydalangan holda ma’lumot to`plang.
E’tiboringiz uchun
rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |