Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda yozma va
arxiv manbalarning tutgan o‘rni
Reja:
1. Tarixiy o`lkashunoslikda yozma manbalarning ahamiyati va ularning
turlari.
2. O`lkamiz tarixi to`g`risida dastlabki ma`lumotlar. (“Avesto”, boshqa fors
manbalari, yunon-rim mualliflari asarlari, Xitoy manbalari).
3. Qadimgi yozuv yodgorliklari so`g`d, baqtriya va Xorazm yozuvlari.
4. O`rta asrlar davri arab va mahalliy mualliflarining asarlari.
5. Tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishda arxiv manbalarining ahamiyati.
Arxivshunoslik to`g`risida umumiy ma`lumotlar.
6. Qadimgi va o`rta asrlar davri arxivlari.
7. Mustaqillik davrdagi arxiv hujjatlari.
8. Arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ularning foydalanish to`g`risida
umumiy ma`lumotlar.
Tayanch so`z va iboralar:
arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy
madaniyat yodgorliklari, geokosmografiya, arxivshunoslik.
Asosiy qism:
O`lka tarixini o`rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy
madaniyat yodgorliklari bilan bir katorda arxivshunoslik, ya`ni arxiv hujjatlaridan
foydalanishning axamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini kidirib topish, ular
ustida ishlash va olingan ma`lumotlarni xayotga tadbiq qilish bu juda murakkab
ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, kolxoz, sovxozlar, ayrim
shaxslarning ko`p yillik faoliyatlari haqidaa ma`lumot va xujjatlar saqlanadi.
Yozma manbalar.
Yozma manbalar o`z navbatida ikki guruhga bo`linadi:
1.Rasmiy hujjatlar.
Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan hujjatlar-yorliqar,
farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisob daftrlari, rasmiy yozishmalar.
2.tarixiy, geokosmografiya, hamda biografik asarlar “Zafarnoma”, Yoqut
Hamaviy- “Mo`jam ul-buldon”, Abu Tohir xo`ja “Samariya”, Xudoyberdi ibn
Qo`shmuhammad “Dili g`aroyib”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkarat ush-
shuaro”, Bahouddin Hasan Nisoriy “Mazakkiri ahbob”, Mutribiy- “Xotiroti
mutribiy”…
Ulka materiallaridan va uning asosiy manbalardan biri bulgan arxiv
xujjatlaridan foydalanish metodikasi bilan shug’ullanish juda muhim axamiyatga
ega.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatimiz hayotining barcha
sohalarida teran yangilanishlar jarayoni boshlandi. Ushbu mas`uliyatli bir davrda
tarixni o`rganish, uni haqqoniy baholash tarixchilar oldiga katta mas`uliyatli
vaziflarni qo`yadi. Vazifa yangi o`quv qo`llanmalarni, ma`ruza matnlarini va
darsliklarini yaratishdan iborat.
Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasid arxiv materiallari, ayniqsa
diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv
hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi ayniqsa muhimdir.
Arxiv so`zi bu lotincha “arxivium” –tushunchasidan olingan bo`lib, aslida-
hukumat binosi-degan ma`noni anglatadi. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi
qo`llanilishida “hujjatlar saqlanadigan maxsus bino”-degan mazmunni anglash
kerak
8
.
O`zbek davlatchiligi tarixida arxivlar yozuv bilan birga paydo bo`lgan.
Qadimshunoslar ko`hna Tuproqqal`aga tegishli III-IV asr boshlariga oid boshqa
hujjatlar topilgan. 1930 yilda Pnjikent shahri yaqinidagi Mug` tog`laridagi
arxeologik manzillardan So`g`diyona davlatlriga tegishli Divashtich arxivi
xarobalari topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid saqsonga yaqin so`g`d
tilida hjjatlar saqlanganligi aniqlangan. IX-X asrlarga oid Somoniylar davlatining
poytaxti Buxoroda Abu Ali ibn Sino foydalangan yirik arxiv-kutubxona bo`lgan.
Keyingi davrlardagi davlatlarda, ayniqsa temuriylar davrida mahkamalarda
hujjatlarni saqlashga birmuncha e`tibor berildi. Biroq so`nggi yillardagi xonliklar
o`rtasidagi o`zaro urushlar natijasid ko`pgina arxiv hujjatlar yo`q qilib yuborildi.
Arxivshunoslik kursi tarix fanining boshqa yo`nalishlari o`lkashunoslik,
manbashunoslik, tarixshunoslik, muzeyshunoslik va shu kabi kurslari bilan ham
chambarchas bog`liq. Talabalar tarix fanining ushbu yo`nalishlari bilan tanishar
ekan arxivshunoslik kursining nazariy asoslarini ham to`laroq tushuna boshlaydi.
8
Ю.
Н.
Гладкий,
А.
И.
Чистобаев.
Регионоведение.
Учебник
для
студентов
высших
учебных
заведений
(Regional Studies. A Texbook for Higher Education Students) Moscow,
Гардарики,
2003.
Lekin talaba uchun arxivshunoslik kursining hozirgi bosqichdagi nazariyasi va
amaliyoti nihoyatda muhim bir kasbiy mavqeni egallaydi.
Bugungi taraqqiyotda har bir tashkilot o`z xizmati nuqtai-nazaridan faoliyat
ko`rsatar ekan hujjatlarni ijod qilib, yaratibgina qolmasdan, chetdan o`ziga zarur
bo`lgan axborotlarni hujjatlar vositasida qabul qilib ham oladi. Korxonami yoki
shaxsning mana shunday faoliyati natijasida to`planadigan yozma ma`lumotlar-
hujjatlar-fondi (jamg`armasi)ni tashkil etadi.
Ko`pchilik korxonalarda arxiv faoliyatini yuritish va arxiv ishini bajarish
amaliyotidan xabardor bo`lmoqlikni shart qilib qo`yadi.
Universitet oliy ta`limini oluvchi talabalar uchun “Arxivshunoslik” kursi
quyidagi 16 ta mavzudan iborat qilib o`tiladi. Arxiv ishi amaliyoti va tarixi kursini
ikki bosqichga ajratish mumkin. Dastlabki oltita mavzu O`zbekiston davlatchiligi
tarixida arxiv ishi tarixiga bag`ishlanadi, qolgan o`n mavzu arxivshunoslikning
asosiy qismi arxiv ishi nazariyasi va amaliyotini yoritishga xizmat qildi.
Arxivshunoslik kursining vazifasi qo`yidagilardan iborat bo`ladi:
hujjatlarning jamiyat hayotida tutgan mavqeini ochib berish; ishlab chiqarish yoki
boshqa tashkilotlrda yozma ma`lumotnomalar bilan bevosita bog`liq ish
yurituvchilarning hujjatlarni ilmiy soha uchun saqlash zarurligidagi mas`uliyat;
O`zbekistonda rxiv ishi haqida tasavvurga ega qilish; joriy arxivlarning davlat
arxivlarining faoliyatidagi muhim bosqich ekanligini ko`rsatish; talabalarni
hujjatlarning ilmiy qimmatini ekspertizadan o`tkazishning usullaridan voqif etish;
umuman arxivarus xizmati yoki o`zi uchun zarur bo`lganda arxiv hujjatlaridan
ilmiy-tadqiqot maqsadlari uchun foydalana olish.
Shunday qilib, arxiv ishining nazariy, metodik va tashkiliy tomonlarini ilmiy
asosda o`rganuvchi, uning tarixini to`liq ochib berishga qaratilgan fan-
arxivshunoslik deb ataladi.
Arxiv-bu arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona,
muassasa va tashkilotning arxivi hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan
foydalanuvchi tarkibiy bo`linmasi tushuniladi.
Arxiv hujjatlari-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida
arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo`lyozma va mashinada o`qiladigan
hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya
plenkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyodagi
yozuvlarni tushunish kerak.
O`zbekiston Respublikasining “Arxivlar to`g`risida”gi Qonuni 1999 yil 15
aprelida qabul qilingan bo`lib, 21 ta moddadan iboratdir. Ushbu qonun rxivlarni
shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlarni
hamda O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
Qonun O`zbekiston hududida mavjud bo`lgan barcha arxiv hujjatlarini to`liq
qamrab olishga, O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini
saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va
boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish,
ekspertiza qilish ro`yxatdan o`tkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning
yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqbolda ravnaqi masalasi muhim o`rin
tutadi. Zero, moddiy saboqlari; o`tmish tajribalarini arxiv materiallari asosida
o`rganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor.
III. Sam DU da “Arxivshunoslik” fanini o`qitishda Toshkent Milliy
universiteti tarix fakulteti olimlarining ya`ni o`quv dasturi tarix fakulteti yozma
manbalar, arxiv va muzey fondlarini o`rganish hamda tadqiq etish, tarixnavislik
markazi a`zolari tomonidan yozilgan, o`quv dasturidan foydalanib tuzildi.
Xuddi shuningdek, I.Alimov v.b. Arxivshunoslik. O`quv qo`llanma (Ibrohim
Abdug`afforovich Alimov, Fatxulla Raimovich Ergashev, Abdurashid Bo`taevich
Bo`taev) Mas`ul muharrir: O.Toshmuhamedov. I., Sharq, 1997-80 bet)ni
tayyorladilar. Ushbu qo`llanma dastlabki harakat bo`lib, und keltirilgan arxiv ish
nazariyasi ma`lumotlari bugungi kunda ancha boyigan bo`lib, talabalardan yangi
ma`lumotlarni to`laroq bilishni talab etadi. Shu jihatdan Bosh arxiv boshqarmasi va
Respublika atamashunoslik qo`mitsi tomonidan nashrga tavsiya etilgan
“Hujjatlar”. Arxiv ishiga doir ruscha-o`zbekcha qisqacha izohli lug`at.-T.,
Qonunlar Bosh tahririyati, 1993 yilda nashr etilgani yordam beradigan bo`ldi.
Yuqoridagilardan tashqari Rudelson K.I., Dolgix V.I. Teoriya i praktika
arxivnogo dela.-M., 1980; kabi Rossiya Federatsiyasida nashrdan chiqarilgan
darsliklar ham arxivshunoslik fanini o`rganishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
30 oktyabr 1999 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Arxivlar
to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida” 1999 yil
15 apreldagi 769-1-son qarorini bajarish maqsadida quyidagi 4 ta Nizomni qabul
qilishi arxivshunoslik fanini o`rganishda yangilik bo`ldi:
1.O`zbekiston Respublikasi Milliy arxivi fondi to`g`risida Nizom;
2.O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro`yxatidan
o`tkazish tartibi;
3.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv
boshqarmasi;
4.O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to`g`risidagi Namunaviy
Nizom.
Hozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maqsadi bo`lajak tarixchilarni arxiv
muassasalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topish metodikasi bilan
tanishtirishga hamda ulardan ilmiy-tadqiqot yohud targ`ibot-tashviqot va amaliyot
ishlarida foydalanishga o`rgatishdan iborat.
Albatta, arxiv materiallariga eng ko`p murojaat qiluvchilar-tarixnavislar,
moziyshunoslardir. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotchilarning aksariyati
arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy taraqqiyot kontseptsiyasi
zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortayotir.
Shuningdek, arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o`zi tadqiq
etayotgan muammo tarixini o`rganmoqchi bo`lgan muayyan soha tadqiqotchilari-
iqtisodchilar, huquqshunoslar, adabiyotshunos va san`atshunoslar, fan va texnika
tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar sohasi vakillari ham kiradi. Bu jabh
tadqiqotchilari uchun arxiv materiallari fan ufqlarini kengaytirish, uni yangi dalil-
isbotlar bilan boyitish, jamiyat hayoti, insoniyat tafakkuri taraqqiyoti jarayonining
turfa xil jihatlarini mutlaqo baholash bobida ma`lumotlar manbai bo`lib xizmat
qiladi.
Xozirgi kunda O`zbekiston respublikasida juda ko`p arxivlar mavjud bulib,
ularni shartli ravishda 2 guruxga bulish mumkin: muassa arxivlari va davlat
arxivlari. Respublikamiz xududida faoliyat kursatayotgan markaziy va maxalliy
boshqaruv organlari (vazirliklar, xokimiyatlar va boshqalar) turli tashkilotlar,
korxona va jamoat tashkilotlari haqidaa joriy arxivlar mavjud.bunday arxivlar
muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar ma`lum muddat
saqlanadi. Shu boisdan bu arxivlarda saqlanayotgan xujjatlarning tarkibi uzgarib
turadi. Belgilangan muddatdan sung muassasa arxivlaridagi xujjatlar davlat
arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlari-ning faoliyati, bu arxivlarda
saqlanayotgan xujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar
asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar turli muddatlar davomida
saqlanadi. Xujjatlarning saqlanishi mazkur muassasalr faoliyati bilan bog`liqdir.
Davlat arxivlari shaxobchalari respublikaning ma`muriy tu-zilishi nizomida
tashkil qilingan. Respublika davlat arxivlari tizismiga quyidagi arxivlar kiradi.
1. Korakalpogiston respublikasi va viloyatlar davlat arxivlari xamda ularning
joylardagi organlari.
2. Respublika markaziy davlat arxivlari.
Xozirgi kunda korakalpagiston respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Andijon,
Buxoro, Jizzax, Kashkadaryo, Navoiiy, Namangan, Samarqand, Surxandaryo,
Sirdaryo, Toshkent, Fargona, Xorazm viloyatlari Davlat arxivlari xamda toshknt
shaxar davlat arxivi mavjud. Joylarda ularning filiallari faoliyat kursatib
kelmokda. Fargona viloyat davlat arxivi fondlari, Fargona viloyati va Fargona
shaxar tarixini qisman bir vaktlar Fargona viloyat tarkibiga kirgan Adijon va
Namangan viloyatlari tarixini aks ettiradi. Margilon va Kukon shaxarlarida
Fargona viloyat davlat arxivning organlari faoliyat kursatmokda. Respublika
markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi uchta arxiv kiradi.
1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi.
2. O`zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va meditsina xujjatlari markaziy
davlat arxivi (1962 ymilda tashkil etilgan).
3. O`zbekiston Respublikasi kinofotofono xujjatlar markaziy davlat arxivi
(1943 yilda tashkil etilgan)
Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi MDA saqlanayotgan kimmat baxo
xujjatlarning soni va moxiyati jixatidan Urta Osiy respublikalari MDA ichida eng
yirigidir. Unda 19 asrning ikkinchi yarimidan boshlab to xozirgi kunimizgacha
bulgan juda ko`p sonli xujjatlar saqlanmokda. Arxivda Turkiston general
gubernatorligiga
karashli xozirgi O`zbekiston, Turkmaniston, Kirgiziston,
Tojikiston va Kozogiston teretoriyasidagi viloyat-lar uezdlar, volostlar muassasa
va korxona xamda xamda tashki-lotlarning tarixiy faoliyatlariga doir barcha
xujjatlar manashu markaziy arxivda mujassamlashtiladi. Bu xujjatlarda Turkiston-
da chor xukmmatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, Urta Osiyo
xalqlarning sotsial iqtisodiy axvoli tarixi haqidaa ma`lu-motlar uchraydi. Arxivda
turkiston o`lkasidagi chor xukumatining ma`muriy tashkilotlari faoliyatiga doir
xujjatlar tulaligicha saqlanib turibdi. Akademik V. V. Bartolvning aytishicha bosib
olingan joylardagi xonliklarning kutubxonalari va arxiv xujjatlarni saqlab qolish
uchun xech qanday tadbirlar kurilmagan. Ular Urta Osiyo xalqlarining madaniyat
va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolishga yetarli axamiyat bnrmaganlar. XIX
asrning boshlaridan oldingi arxiv fondlari saqlanayotgan xujjatlar uchun
tuzilayotgan kursatkich 8 bulimdan iborat.
1. Davlat ma`muriy boshqaruv organlari deb ataladi.
2. Uz-uzini boshqarish tashkilotlari va oliy martabali muassasalr deb
nomlangan, unda Toshkent shaxar dumasi, shaxar boshqarmasi shaxar umumiy
xujalik boshqarmasi, Samarqand va Yangi Margilon xujalik boshqarmasi va
toshkent meshchanlar oksoqollar, tashkilotlarga doir xujjatlar markaziy arxivning
718, 37, 472, 473, 277, 286, 79 fondlariga joylashgan.
3. Sud va prokuror fondlari deb ataladi. Bu bulim uz navbatida uch bobdan
ya`ni viloyat sudlari, okgrug sudlari va uezd sudlaridan iborat. Sud ijrosini janjalli
ishlar komissiyasi xalq sudlari kozilar natariuslar haqidaagi xujjatlar bulib, ular
127, 134, 353, 178, 122, 504, 592, 593, 129, 133, 128, 132, 318, 130, 131, 278,
350, 150, 50- fondlarida saqlanmokda.
4. -bulimXujalik iqtisodiy tashkilotlar, muassasalar va korxona-lar deb
ataladi. U yetti bobdan iboratdi.
5.-bulim «Ilmiy va madaniy muassasa va tashkilotlar» deb nomlangan.
6.-bulim «Jamoa tashkilotlari» deb nomlangan va bu bulimgi tegishli xujjatlar
596, 27, 81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490, 279-fondlarida saqlanmokda.
7-bulim «Diniy nazorat fondi» deb nomlangan va bu xakdagi ma`-lumotlar,
arxivning 182, 85 fondlarida saqlanmokda.
8-bulimni «Kartotekalar va adabiyotlar» tashkil etadi
O`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri xisoblangan arxivshunoslik
Vatan tarixini, shu jumladan uz o`lkasining tari-xini xar tomonlama va chuqur
o`rganishda talabalarga katta yordam bera-di.
Shuni takidlab utish kerakki respublikamizning xamma tuman va viloyatlarida
davlat arxivlari mavjud, rayon arxivlari uz kuli ostidagi barcha muassasa va
tashkilotlardagi davlat axamiya-tiga ega bulgan xujjatlarni yigib oladi va ma`lum
muddatdan sung VDA lariga, ular esa uz navbatida respublika davlat arxivlariga
yoki boshqarmaning vazirliklariga ular xam uz navbatida bir qancha muddat
saqlaganlaridan sung, UzRMDA ning konun koidalariga rioya kilgan xolda
xujjatlarni tayyorlab, sung UzRMDA ga topshiradi. O`zbekiston UzRMDAdagi
xujjatlar uz axamiyatiga qarab bir umr yo bir necha yil saqlanadi yoki yokib
tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |