Tayanch so`z va iboralar:
materik markaz, subtropik mintaqa, dengiz sathi,
atmosfera tsirkulyatsiyasi, pasttekislik, quyosh radiatsiyasi.
Asosiy qism:
O`zbekiston tabiatining xususiyatlaridan biri
uning materik markazida
joylashgani va okeanlardan uzoqligidir. O`zbekiston hududi relefiga ko`ra, tekislik
va adir-tog` qismlarga bo`linadi. Tekisliklar, asosan, shimoliy-g`arbida bo`lib,
Turon tekisligining bir qismidan iborat. Tog`lar mamlakatning sharqida
joylashgan.Turon tekisligining O`zbekistonga qarashli qismida bir qancha
elementlar bor. Shimoliy-g`arbiy
chekkasida Ustyurt platosi, Orol dengizidan
janubida Amudaryo deltasining allyuvial tekisligi, undan janubiy-g`arbda
Qizilqum cho`li joylashgan. Ustyurt platosining O`zbekiston hududida joylashgan
qismining o`rtacha balandligi 120 — 180 m, eng baland joyi 290 m (Qorabovur
qirlari).
Platoning janubida bir qancha berk (oqmas) havzalar: Borsaqelmas, Asaqa-
ovdon (balandligi 30 — 60 m)
botiqlari, Sariqamish soyligi bor. Sariqamish
soyligining O`zbekistonga qarashli shimoliy-g`arbiy qismi tubi dengiz sathidan 10
m past. Orolbo`yi pasttekisligining anchagina qismini Amudaryo deltasi va unga
yondosh pasttekisliklar egallagan, ularni Amudaryoning qurib qolgan o`zanlari
qismlarga ajratib turadi. Ayrim kichik tepaliklar mavjud. O`zbekiston o`ziga xos -
yog`in kam, quruq, issiq, kontinental iqlimga ega.
Mamlakatning katta qismi
mo``tadil iqlim mintaqasiga, jan. chekka qismigina subtropik mintaqaga mansub.
O`zbekiston hududini 3 ikdim zonasiga ajratish mumkin: cho`l va dasht zonasi,
tog` oldi zonasi va tog` zonasi. Cho`l va dasht zonasi O`zbekistonning jami
tekisliklari — Ustyurt platosi, Qizilkum, Qarshi, Dalvarzin va Mirzacho`l
cho`llarini, tog`oldi zonasi Tyanshan va Hisor-Oloy tog`
tizmalarining dengiz
sathidan 300—400 metrdan 600—1000 m gacha bo`lgan balandliklarini, tog`
zonasi dengiz sathi-dan 600—1000 m dan yuqori bo`lgan hududlarni o`z ichiga
oladi.Iqlim 3 asosiy omil: quyosh radiatsiyasi miqdori,
atmosfera tsirkulyatsiyasi
xususiyati va to`shama sirt (relef) bilan belgilanadi.Mamlakat hududidagi mavjud
iqlimning muhim omili - Yer yuzasiga kelayotgan va ayniqsa, yoz oylarida
kuchayadigan quyosh radiatsiyasidir. O`zbekistonda quyosh yil davomida qariyb
balandda bo`ladi.
Quyosh iyunda ufqdan Toshkentda 72°, Termizda 76° gacha ko`tariladi.
Yozda kunduz 15 soat davom etadi, qishda esa 9 soatdan kam bo`lmaydi. Quyosh
baland ko`tarilganligi, bulut kam bo`lganligidan uzoq vaqtgacha nur sochib turadi.
O`zbekiston shimolida quyosh yog`dusi davomiyligi yil davomida o`rtacha 2800
soatni tashkil etadi. Janubga qarab uning qiymati ortib (Termizda 3050 soat)
boradi. Bir kunda quyosh 8— 10 soat nur sochib turadi. Tekisliklarda quyosh nuri
davomiyligining
taqsimlanishi kenglikka, tog` oddi va tog`lik hududlarda quyosh
nurining tushishi, bundan tashqari ufqning to`silganligiga va joyning
ekspozitsiyasiga bog`liqdir. Ob-havo
yoz oylari ancha barqaror, qish oylari esa
o`zgaruvchan kechadi, havo temperaturasi katta mavsumiy va sutkalik amplitudaga
ega. Qish oylarida cho`l hududlarda havo massalari transformatsiyasi nisbatan sust
kechadi. Ba`zan, Arktikadan kelgan sovuq havo oqimi janubdan tog`lar bilan
o`ralgan tekisliklarga hech qanday to`siqsiz kirib kelib,
havoning yanada sovib
ketishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham bu yerda, ayniqsa,
Qoraqalpog`istonda qish ancha sovuq keladi. Ammo ko`pincha Fors ko`ltig`i va
Arabiston dengizidan kelayotgan iliq havo uncha baland bo`lmagan Kopetdog` va
Paropamiz tog` tizmalaridan oshib o`tib, qish sovug`ini ancha yumshatadi.
Aholisi va ma’muriy-hududiy bo‘linishi. O‘zbekiston O‘rta Osiyoda aholisi
zich joylashgan respublika bo‘lib, unda 32,1 mln dan ortiq kishi yashaydi. Uning
aholisi Shveysariya aholisidan 4 marta, Qozog‘iston aholisidan 2 marta,
Turkmaniston aholisidan 6,5 marta ko‘pdir. O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yillik
o‘sishi 1,7 foiz atrofida bo‘lib, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga o‘sib bormoqda.
O‘zbekiston aholisining 51 foizi shaharlarda, 49 foizi esa qishloqlarda yashaydi.
O‘zbekiston aholisining asosiy qismi o‘zbeklar bo‘lib, ulardan tashqari,
qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq, koreys, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, turk, yahudiy
va boshqa millatlar yashaydi.
O‘zbekiston 1924-yilda sobiq Ittifoq tarkibiga
kiruvchi respublika tarzida
tashkil topgan. 1991-yil 31-avgustda mustaqil deb e’lon qilindi va O‘zbekiston
Respublikasi deb nomlana boshlandi. Hozir poytaxtimiz Toshkent shahrida 2 mln
400 ming dan ortiq aholi yashaydi.
O‘zbekiston ma’muriy-hududiy jihatidan 12 viloyat, Toshkent shahri va
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: