O'lkada jadid milliy matbuotning shakillanishi va rivojlanishi


-masala. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li (1887-1931), Abdulla Avloniy (1878-1943) va boshqalarning pedagogik faoliyati va qarashlari



Download 135 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2022
Hajmi135 Kb.
#630305
1   2   3
Bog'liq
O\'LKADA JADID MILLIY MATBUOTNING SHAKILLANISHI VA RIVOJLANISHI

2-masala. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li (1887-1931), Abdulla Avloniy (1878-1943) va boshqalarning pedagogik faoliyati va qarashlari
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri jahonga mashhur bo’lgan o’zbekning yagona jug’rofiyashunosi, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug’ pedagog va axloqshunos, yuksak didli jurnalist Mahmudxo’ja Behbudiy 1874 yil 10 martda Samarqandning Baxshitepa qishlog’ida ruhoniy oilasida tavallud topdi.
Mahmudxo’ja Behbudiy 6-7 yoshlarida xat-savod chiqargach, otasi uni qori qilish maqsadida Qur’onni yodlata boshlaydi. Mahmudxo’ja Behbudiy Qur’onni yod olgach, qorilik bilan qanoatlanmay 15 yoshlarida tog’asi mufti mulla Odil huzurida dars olishga kirishishdi. Bu erda u «Kofiya», «Shahri mullo», mantiqdan «Shamsiya», «Muhtasar al-vakoya», «Hoshiya» va hisob ilmini ham o’rganadi. Mahmudxo’ja Behbudiy o’quvchilar orasida ibratli hisoblangan, o’tkir zehni va o’qishga havasi balandlardan edi.3
Mahmudxo’ja Behbudiy otasi vafot etganidan so’ng, o’qishni tark etib, kasbkorlik qilishga majbur bo’ladi. Samarqand muzofati «CHashmi ob» da endigina qozi bo’lgan tog’asi Muhammad Siddiq huzurida mirzolik xizmatida ishladi. Bu erda 2 yil xizmat chog’ida, qozixona ishlari bilan keng tanishdi. Ish yuritish, huquqqa xos hamda muftilikka tegishli barcha yumushlardan xabardor bo’ldi. U 2 yildan so’ng «Kobud» bo’limiga o’tib mirzolik qiladi va tez orada mutfilikka ko’tariladi. 1916 yilgacha shu erda ishlaydi.
Sharq xalqlarining ma’naviy hayotida, maktab maorifida chinakam to’ntarish yasagan, turkiy qavmlarning chinakam iftixori bo’lgan Ismoilbek G’aspirali tomonidan ishlab chiqarilgan «Usuli jadid»ida nomi tarixda katta o’rin tutgan singari, Mahmudxo’ja Behbudiyning nomi ham Turkiston maktab-maorifida keng o’rin egallaydi. U birinchi bo’lib o’lkada yangicha usuldagi maktablarni tashkil etish targ’ibotchilaridan hamda amaliyotchilaridan hisoblanadi. Bu sohada Mahmudxo’ja Behbudiy Ismoilbek G’aspiraldan ko’p yangi tomonlarni o’rgandi. «Tarjimon» gazetasi Mahmudxo’ja Behbudiy uchun vaziyatni anglashda zaruriy vosita bo’ldi. Gazetaning dastlabki sonlarida: «Bir bechora faqirni ko’rsak, yuragimiz iztirobdan og’riydi. Hatto biror hayvonning qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilarning butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini ko’rmaymiz ...», deb yozilgan satrlar bor. Keyin «Tarjima» sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg’or va yangi fikrlarni berish keng o’rin egalladi. Bu esa Ismoilbek G’aspiralining birinchi tomondan millatlar qardoshligini himoya etsa, ikkinchi tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham Mahmudxo’ja Behbudiy o’ziga G’aspiralining tutgan yo’lini tanlaydi va undan maslahatlar oladi, hamda maslakdosh bo’ldilar.4
Mahmudxo’ja Behbudiy «Usuli jadid» maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o’tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimning vazifalari, ularning ta’minot masalalari va boshqa ko’p jihatlarini G’aspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o’rgandi. Shular asosida Turkistonda «Usuli jadid» maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat tashkil etish, u shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko’rsatdi. U Samarqandning eski shahar qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o’z hovlisida maktablar ochdi. Mashhur pedagog Abdul Qodir Shakuriyning yangi usuldagi maktabini o’z hovlisiga ko’chirib keldi.
Mahmudxo’ja Behbudiy «Usuli jadid» maktablari uchun bir qancha darsliklar yozadi. «Muntahbai jo’g’rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy jug’rofiya»), «Kitobatul-atfol» («Bolalar maktubi»), «Muhtarasi tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Matxali jo’g’rofi umroniy» («Aholi jug’rofiyasiga kirish»), «Muhtarasi jo’g’rofiyai rusiy» («Rossiyaning qisqacha jug’rofiyasi»), «Amaliyoti islom» va hokazo kitoblari darslik sifatida o’qitilgandi. 5
«Usuli jadid» maktablarida hamma o’qish huquqiga ega bo’lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi maktablarni biron joyda ochilganini sezib qolsa, uni darhol taftish qilardi, biron ayb topib berkittirib qo’yar edi. Chunki, podsho hukumati «begona xalq» ning qisman bo’lsa ham ilm-ma’rifatli bo’lishini, dunyoviy bilimlarni o’rganishini istamasdi. Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki mahalliy ruhoniylar, eski maktabning domlalari ham yoqtirmas edilar. Ular yangi usul maktablari «Islom diniga rahna soladi», «Bu maktablarning muallimlari «kofir»», deb tashviqot yuritar edilar. Bunday qarash va to’siqlarga qaramasdan Mahmudxo’ja Behbudiy va uning maslakdoshlari «Usuli jadid» maktablari Turkiston farzandlarini o’qitish ishlarini quyidagi tartibda olib borilar edi: «Maktab ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqich-ibtidoiy qism, deb nomlangan. Buning tahsil muddati to’rt yil». Birinchi yilida: forcha va arabcha yozuv hamda o’qish o’rganilgan. Suralar yod olingan. Hisob darsi o’rgatilgan. Umuman bir yil davomida yozmoq va o’qimoqni to’liq o’rganganlar. Ikkinchi yilida: xaftiyak, imon va e’tiqoddan dars, fors, turkiy va arab tilida she’rlar, qasidalar o’qitilgan. Uchinchi yilida: Qur’oni Karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diydan nasihatlar, fors va turkiy til puxta o’rgatilib, undan insholar yozdirilar edi. Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o’qitilgan. To’rtinchi yilida: esa Kalomu sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob, tarix, jo’g’rofiya o’qitilgan. Bu to’rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimning o’zi taqsimlagan. Xohlasa ikkinchi bosqichda qoldirar ularning o’zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo’llanma berardi.
Maktabning ikkinchi bosqichi-rushadiya bo’lib, bunga to’rt sinf-ibtidoiy qismni tamomlaganlar o’tkazilar edi. Bu bosqichda o’qitiladigan dars va ilmlarning mundarijasi quyidagicha: birinchi yili arab tili, jo’g’rofiya, shafaqiya, fors tili, tarjima jumla muxtasar, tarixi anbiyo va islom tarixi. Sa’diyning «Guliston», turkiy tili o’qitilgan; ikkinchi yil-arab tili, shifoxiya, tarix, axloq, turk tili, hisob, fors yozuvi va hokazolar; uchinchi yil-arab tili, hisob xat yozuvi, tarix tili, rus tili ham o’qitilgan; to’rtinchi yil-arab tili, rus qozihona xatlari, bo’listnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muhabbatsiz axloq va boshqa ko’pgina hayotiy darslar o’qitilgan.
Mahmudxo’ja Behbudiy maktabida har yilning oxirida tantanali imtihonlar o’tkazilib turilardi. Imtihonlarga, albatta, ota-onalar va boshqa mehmonlar ham taklif qilinardi. Bu birinchidan: «usuli jadid» maktablarini ko’proq targ’ib qilish va uning tartiblarini ko’rsatish bo’lsa; ikkinchidan: maktabni hayotiyroq qilish, ya’ni oila va maktab birligini amalga oshirish edi.
Sakkiz sinf, ya’ni ikki bosqichni tamomlagan shogird arabcha, forscha va turkchada bemalol so’zlab yozardi. Ruschani ham o’qib, bemalol gaplasha olardi. Turkistonning boshqarma mahkamalarining barchasida ishlashga qurbi etardi. Bu shogird maktabda muallimlik ham qila olar, tijorat bilan ham shug’ullanar, hatto muharrirlik ham qo’lidan kelardi.6
Har yilgi imtihonlarga barcha joydagi vakillarga xat yuborilib taklif etilardi. Lekin ko’pchilik maktabning yutuqlarini ko’ra olmaganidan kelmasdi. Mahmudxo’ja Behbudiy aytar ediki, «Kelib ko’rsunlar, durust bo’lsa, rivoj bersunlar, nodurust bo’lsa, dalil ila isbot qilsunlar ... maqsadimizda xizmatdan va millatdan boshqa narsa yo’qdur».
«Usuli jadid» maktabini yo’lga qo’yish oson kechmadi. Mahmudxo’ja Behbudiy va Shakuriy buning uchun barcha musulmon taraqqiy etgan shaharlaridagi maktablarini o’rgandi. Bunday mustamlakachilik davrida Turkistonning istiqboli uchun o’z hovlisida ilm ma’rifat o’chog’ini ochgani uchun Behbudiyning boshida necha-necha tayoqlar sindi. Shunga qaramasdan jafokash muallim «Usuli jadid» maktabini qattiq turib himoya qildi. Uning maktabiga chor rus inspektorlari kelib taftish o’tkazishganida jug’rofiya, tarix va hisob kitoblarini otxonaning oxuri tagiga yashirib qo’ygan.
Mahmudxo’ja Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o’zi ham yuqori sinf talabalariga jug’rofiya va tarixdan saboq berar. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli yangi-yangi kitoblarini yuqori sinf o’quvchilariga hamda eng yaxshi o’qiganlarga hamda muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa ulug’ Turkiston uchun va uning kelajagi bo’lgan yoshlar uchun qilardi.
Mahmudxo’ja Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi-maktab, barcha ilmning boshi va ibtidosi maktab. Saodatning fozil insonning ma’naviy chashmasi-maktab degan aqidaga amal qilardi. Bu borada «Turkiston viloyatining gazetasi», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Osiyo», «Turon», «Hurriyat», «Oina», «Samarqand», «Mehnatkashlar tovushi», «Ulug’ Turkiston», «Najot», «Tirik so’zi», «Tarjimon», «Vaqt», «Sho’ro» kabi matbuot sahifalarida yuzlab maqolalar bilan chiqishlar qildi. Ushbu maqolalar asosan tahsil va ta’limning taraqqiyotiga bag’ishlanardi. Masalan, «Tahsil oyi», «Ehtiyoji millat», «Samarqand usuli jadid maktabi xususida», «Majlis imtihon», «Tarix va jug’rofiya», «Samarqand kitobxon islomiya», «Samarqand kitobxona va maktabxona», «Samarqand isloh rusum majlisi», «Buxoroda usuli jadida» kabi chiqishlarida yangi usul maktablari, uning ahamiyati o’qitish tizimlari, yangi maorif va madaniyatni rivojlantirish, dunyoviy fanlarning nafi, ma’rifatga rag’bat, komil insonning tarbiyasi haqidagi muhim ma’rifiy fikrlarni o’qish mumkin edi.7
Mahmudxo’ja Behbudiy ta’lim va tarbiya hamda uning muammolari to’g’risida boy publitsistik meros qoldirdi. Jumladan, «Imon va islom», «Ixtiyoji millat», «Buxorda usuli jadida», «Hurriyat-ozodlik-erkinlik», «Tahsil oyi», «Ikki emas, to’rt til lozim», «Turkiston», «Millatni kim isloh etar», «Yoshlarga murojaat», «Vatanparvarlik kerak», «Bizni kechiruvchi odatlar», «Buxoro xonligiga sayohat», «Ibtidoiy maktablarimizning tarbiyasizligi yoxud tarqqiyning yo’li», «Bizga isloh kerak», «Haq olinur, berilmas», «Samarqandda milliy ishlar haqinda» va boshqalar.
Mahmudxo’ja Behbudiyning yangi maktablar uchun yozgan asarlari maktablarning islohida katta hodisa bo’ldi. Ayni davrda bu darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qo’llanildi. Bu kitoblarning bugungi kunda ham qadri yo’qolganicha yo’q.
Maxmudxo‘ja Behbudiy Turkistonning kelajagini uning yangi kadrlarida, mutaxasislarida va o’qimishli yoshlarida deb bilardi. Shuning uchun ham u har bir yozgan maqolasida yangi taraqqiyotga javob beradigan kadr tarbiyalab etishtirish masalasini qo’yardi. Savdo-sotiq ishlarini keng rivojlantirish, kassa ochib milliy daromadni ko’paytirish zarurligi haqida tushuntirishlar olib borardi: «Imorat qilmoqchi bo’lsak reja loyihasi lozimki, muhandislarga muhtoj lurmiz. Ammo, biz hanuz muhandis ilmini bilmaymiz. Kontur va rasmiy daftar tutib, kassa tuzib tijorat etmoq lozim?» degandi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish