Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov


Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngiI ochish



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/121
Sana18.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#451448
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
Bog'liq
79milliyharakatlioyinlarpdf

26. Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngiI ochish
bog‘larida harakatli o ‘yinlarm tashkil qilish
Aholi istiqomat joylari deganda, asosan, shaharlar, qishloqlar 
tushuniladi. Qishloqlar ham, o‘z navbatida, qo‘rg‘onlar (posyolka), 
katta-kichik qishloqlardan iborat bo‘ladi. Shaharlarda daha, mavze, 
mahallalar turli xil bo‘ladi. Hozirda katta qishloqlar, qo‘rg‘onlar, 
shahaming mavze (kvartal) va mahallalarida bolalar va katta yosh­
dagi kishilar uchun sport inshootlari (futbol maydonlari, turli xil 
o‘yin joylari, ochiq va yopiq suv havzalari, maxsus trenajyorlar va 
h.k.) qurilmoqda.
Respublikamiz Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilin- 
gan farmonlar, qarorlarda ta’kidlanishicha, aholi istiqomat joylarida 
mutaxassis xodimlar ishtirokida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya 
va sport ishlarini kengaytirish, shart-sharoitlar yaratish va faol 
tashkilotchilami ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Buning asosiy maq- 
sadi aholining salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va ma’naviy 
barkamollikni rivojlantirishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bunda turli sport turlari bo'yicha ommaviy sport muso- 
baqalarini, milliy qadriyatlarga ega bo‘lgan harakatli o‘yinlar bo‘- 
yichanufuzli tadbirlami o‘tkazishda keng jamoatchilikni jalb etish 
talab etiladi. Mustaqillikning sharofati tufayli, shara va qishloqlarda 
turli idoralar uchun binolar qurish, ommaviy-madaniy tadbirlar 
uchun о ‘yin maydonlarini kengaytirish va, ayniqsa, ko‘p qavatli 
uy-joylar, zamonaviy hovli-joylar qurilishi ko‘paymoqda. Bu, o‘z 
navbatida, odamlaming turmush madaniyatining yaxshilanib 
borishidan dalolat beradi. Turmush madaniyatning o ‘sishi esa 
soglom turmush kechirishga da’vat etadi. Sog‘lom turmush tarzida 
esa sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar muhim o‘rin egallamoqda.
83


Hovli va ko'p qavatli uylar sharoitida oilaviy va mustaqil ravish­
da, yakka tartibda jismoniy mashq-o'yinlar orqali o'z salomatligini 
yaxshilashni maqsad qilib olayotganlar kun sayin ko'payib bor- 
moqda.
Keng maydonlar, bolalaming o‘yin maydonlari, xiyobonlarda 
kun bo‘yi, ayniqsa, dam olish, ta’til kunlari va bayramlarda turli 
o'yinlar bilan band bo'lganlar soni ko'payib bormoqda. Bulami 
tashkil qilishda ota-onalar, faol jamoatchilar, mutaxassislar bevosita 
faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Qishloq joylaridagi katta to'ylar, an’anaviy bayram kunlari va 
boshqa madaniy tadbirlarda katta-kichik kishilar va bolalar o'rtasida 
kurash, ot o‘yinlari, turli xil milliy harakatli o'yinlar tashkil qilin- 
moqda. Ayniqsa, qiz va o'g'il bolalar o'rtasida «Quvlashmoq», 
«Arqon tortish», «Yelkada kurash», «Piyoda ko'pkari», «To'qqiz 
bosh», «Bo'ta soldi», «Ko'z bog'lash», «Kim qoldi» kabi milliy 
harakatli o'yinlar ommalashgan. Bolalar va o'smirlaming qir-adir- 
larda eshak va otlarga minib qilichbozlik qilish, otdan ag'darish, 
tortishish o'yinlari zavqli o'tishi bilan birga ularning jismoniy kamo- 
lotini o'stirishga xizmat qilmoqda. Xo'roz, qo'chqor, it urishtirish- 
lar, kaklik va bedanalami sayratish (bahs), kampirlar va chollaming 
aytishuvlari, raqslari, turli harakatli o'yinlarni qadimiy milliy 
o'yinlar sifatida namoyish qilish odati davom ettirilmoqda. Ular 
estetik zavq berish va insonlaming sog'lomlikda uzoq umr ko‘- 
rishlarida madaniy meros sifatida xizmat qilmoqda.
Toshkent shahar, viloyatlaming markazlari, shahar tusini olgan 
tuman markazlari, katta qo'rg'onlarda (posyolka) ommaviy sog'­
lomlashtirish tadbirlari keng ko'lamda tashkil qilinmoqda. Ayniqsa, 
mahalla va ko'pqavatli uy-joy shaoitlarida estafetali o'yinlar va 
milliy harakatli o'yinlardan keng foydalanilmoqda. Bunda bolalar
84


va o‘smirlaming guruh, jamoa bo‘lib musobaqalashishi, kichik 
yoshdagi (2—6 yashar) bolalaming mustaqil ravishda quvlashib 
o£ynashi, to ‘plar orqasidan yugurish, futbol, xokkey kabi о ‘yin 
elementlari qiziqarli o'tmoqda.
Yosh bolalaming (1 —6 yashar) ota-onalari, aka-opalari yorda- 
mida maxsus moslamalarda (narvonlar, g‘ildiniklar, terib qo£yilgan 
to‘siqlar, sun’iyg‘orlar va h.k.) 
0
‘ynashi ularning harakatchanligini 
oshirishi bilan bir qatorda ularning sho'x, zavqli harakatlarini 
takomillashtirishga, estctik hamda cmotsional tarbiyasiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, mahalla faollari, xotin-qizlar yig‘i- 
lishlari, maktablardagi ota-onalar qo'mitasi majlislarida ta’lim- 
tarbiya mazmunida turli harakatli o‘yinlarni bolalar bilan maqsadli 
tashkil qilish ishlari tez-tez muhokama qilinmoqda. Buning boisi 
shundaki, madaniyatli, sog‘lom oilalarning farzandlari o‘qimishli, 
madaniyatli, sog‘lom bo‘lib, ular el-yurt uchun namuna bo'lmoq- 
dalar. Birlari pedagogika va san’atda, yana birlari sanoat, tijorat, 
qurilish, harbiy xizmat va boshqa sohalarda o ‘z iste’dodlarini 
namoyon qiilmoqdalar. Demak, yashash joylari, ayniqsa, oilada 
milliy harakatli o‘yinlarning xosiyat tomonlari cheksizdir.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish