8. Mehnatkash aholi uchun milliy harakatli o £yinlami tashkil
qilish yoMlarini o £ylab ko£ring.
9. Yangi milliy o £yinlarni izlab toping va ularni amalda qo£llang.
23
5. Milliy harakatli o ‘yinlarning ijtimoiy-ma’naviy
turmush bilan bog‘liq]igi
Ijtimoiy-ma’naviy turmushni soglom turmush tarzining tarki-
biy qismi desa boladi. Chunki unda inson hayoti, mchnati, oilaviy
munosabatlar, kiyinish, so‘zlashish san’atiga qiziqish, jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‘ullanish kabi juda ko‘p faoliyatlar,
yumushlar, xatti-harakatlar o ‘zaro bog‘langan bo‘ladi.
Ijtimoiy turmush, madaniyat gashtini suruvchilar quyidagilami
o‘zlariga odat qilib oladilar:
— to ‘yimli ozuqa, mevalami tanlab iste’mol qilish;
— dam olish kunlari, bo‘sh vaqtlar va bayramlarda teatr, kino,
konsert, futbol, to ‘ylarga borish;
— mavsumiy va muhitga (to‘y, turli marosim, mehmon-
dorchilik va h.k.) qarab kiyinish;
— oilaviy bo‘lib o‘yin maydonlariga muntazam borish, tennis,
badminton, futbol kabi harakatli o ‘yinlar o ‘ynash;
— suv omborlari, istirohat bog'lariga borib ko'ngil ochish,
dam olish, suzish;
— yaqin qarindoshlar va qadrdonlardan xabar olish, ulam i
mehmondorchilikka taklif etish;
— mahalla, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaqin aloqada bo‘lish;
— har kuni ertalab gimnastika qilish, turli o'yinlarni bajarish
va h.k.
Hozirgi davrda sog‘lom turmush tarzini kcchirishga intiluvchi
kishilar kun sayin ko‘paymoqda. Ular yon-atrofidagilarni, oila
a ’zolarini sport bilan shug‘ullanish, ertalabki va kechki paytda
gimnastika mashg‘uloti bilan bir qatorda qiziqarli harakatli o‘yinlami
bajarishga da’vat etadilar.
24
Ijtimoiy-ma’naviy turmush sharoitidagi harakatli o ‘yinlardan
miiqsadli foydalanish, bunda mavjud b o ‘lgan o ‘yin to ‘plamlari
(kitoblar)ni yig‘ish lozimdir. H ar bir oila barcha a ’zolarining bir-
galikda sport bilan shug‘ullanishlaii, turli milliy harakatli o ‘yinlami
o'ynashlari ahillik, mehribonlik, bir-birini qadrlash, hurmat qilish
kabi ijobiy fazilatlami mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning
jismonan sog‘lom, baquw at bo‘lishlari, hatto chiniqishlarini
ta’minlaydi. Shu sababli harakatli o ‘yinlar (arg‘amchida sakrash,
ko‘z. bog'lash, bekinmachoq, to ‘pli estafeta va h.k.) hamda sport
o‘yinlarining elementlari bilan shug‘ullamshni odat tusiga aylan-
tirish lozim.
Eng muhimi esa «Quvnoq startlar» televizion o ‘yinlaridagi
mashq harakatlarni takrorlash, Navro‘z, Mustaqillik kuni bay-
ramlari hamda boshqa ommaviy-madaniy sport tadbirlaridagi har
xil harakatli o‘yinlami tomosha qilish, ulami amalda bajarish yaxshi
samara berishi aniqdir.
Yana bir tom oni shundaki, ba’zi ijodkorlar, san’atkorlar,
nashriyot va bank xodimlari imkoniyat darajasida sportning u yoki
bu turi bilan muntazam shug‘ullanishlari natijasida o‘zlari tashkil
ctgan qiziqarli sport musobaqalarida faol qatnashmoqdalar. Ular
ning ba’zilari hatto mahalla, bolalar sporti va boshqa jamg‘armalaiga
tnoddiy yordam ko‘rsatmoqdalar.
Xotin-qizlar spartakiadalari, «Mahallamiz pahlavonlari»,
«Kichkintoylar-pahlavonchalar» kabi sport musobaqalarining das-
turidan asosan milliy harakatli o ‘yinlaming joy egallashi e’tiboiga
sazovordir.
Mustaqillik yillari davrida yaratilayotgan sahna asarlari (teatr,
kino, ochiq maydonlardagi tomoshalar va h.k.)da kurash, futbol,
25
qilichbozlik, sharqona yakka kurashlar va boshqa bir qator o'yin-
mashqlaming qo‘llanilishi ijtimoiy-madaniy turmushimizdagi yangi
o‘zgarishlardan darak beradi.
Demak, milliy harakatli o ‘yinlar sport turlariniug qismlari
(elementlari) bilan tutashib ketmoqda. Ular ijtimoiy turmush-
madaniyatimizga chuqur singib bormoqda. Bu jihutlami talaba-
yoshlar puxta o ‘rganishlari lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |