Mahalliy geodezik tarmoqlar. qator holatlarda joyning lokal uchastkalarida, har qanday vaqtda planda nuqtalarning o‘zaro holati va balandligi bo‘yicha aniqlash talabidan kelib chiqadigan murakkab ilmiy va ilmiytexnik masalalarni yechishga to‘g‘ri ke ladi. Bunday hollarda o‘ta yuqori aniqlikda maxsus tarmoqlar barpo etiladi va ularda aniq vaqt oralig‘ida takroriy pretsizon o‘lchashlar bajariladi. Bunday tarmoqlardagi o‘lchashlarning matematik qayta ishlanishi mahalliy koordinatalar sistemasi da bajariladi, u shunday tanlanadiki, bunda o‘lchangan miq dorlardan ularni mahalliy ko‘chirish sathida proyeksiyasiga o‘tish uchun reduksion tuzatma imkoni boricha kichik bo‘lsin. Bunday tarmoqlardan, masalan, kuchli yer silkinishlarning sabablarini qidirishda va bashorat qilishda, kuchliqudratli radioteleskoplarni qurishda va ekspluatatsiya qilishda, elementar zarrachalar tezlat gichlarini va gidrostansiyalar qurilishida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |