-§. Geodezik, astronomik koordinatalar va azimutlar
Oliy geodeziya masalalarini yechishda, har qanday M nuqta ning yer sathidagi holati qabul qilingan referens ellipsoidni ge odezik koordinatalar B, L, HG (2.2rasm) bilan aniqlanadi (B
M P
H
M
G L A
D
m K
1
E B L E1
D
P1
2.2-rasm. Geodezik koordinatalar va azimutlar
M (m) nuqtaning geodezik kengligi deb (2.2rasmga qarang) shu nuqtadan ellipsoid sathiga tushirilgan normal chiziq bilan ECE1 ekvator tekisligi orasida hosil bo‘lgan B burchakka aytiladi. Geo dezik kenglik ekvator tekisligidan shimolga musbat ishora bilan, janubga qarab manfiy ishora bilan 0°dan 90° gacha hisoblanadi.
Boshlang‘ich Grinvich meridian tekisligi bilan M (m) nuqtadan o‘tgan PmP1 geodezik meridian tekisligi orasida hosil bo‘lgan ik
ki yoqli burchakka M (m) nuqtaning geodezik uzoqligi deyila
di. MDH davlatlarida geodezik uzoqlik boshlang‘ich meridian tekisligidan g‘arbdan sharqga 0°dan 360°gacha o‘lchanadi, ayrim mamlakatlarda teskari yo‘nalishda ham o‘lchanishi mumkin.
M nuqtadan o‘tgan geodezik meridian tekisligi PmP1 bilan mk yo‘nalish va m nuqtadan o‘tgan mn normal chiziqdan o‘tgan te kisliklar orasida hosil bo‘lgan ikki yoqli burchakka mk yo‘nalishni
A geodezik azimuti deyiladi. Azimutlar meridian tekisligidan soat strelkasi yo‘nalishida 0°dan 360°gacha oriyentirlanayotgan yo‘nalishlargacha o‘lchanadi.
Nuqtadan o‘tgan Normal chiziq bo‘yicha nuqtadan ellipsoid sirtigacha bo‘lgan masofaga nuqtaning geodezik balandligi deyi ladi. Ellipsoid sirtidan yuqorida bo‘lgan balandlik musbat va ak sinchasi manfiy hisoblanadi. Ellipsoid sirtida geodezik balandlik nolga teng bo‘ladi (HG=0).
Geodezik koordinatalar bevosita o‘lchanmaydi. Ular orttirma larni hisoblash orqali davlat geodezik to‘rini boshlang‘ich deb qabul qilingan punkti B0, L0, H0 koordinatalariga orttirmalarni
qo‘shish orqali topiladi.
Yer yuzasida yulduzlarni kuzatish orqali astronomik koordi natalar (– kengliklar, – uzoqliklar, – azimutlar) aniqlanadi. M nuqtadan o‘tgan shovun chizig‘i yo‘nalishi bilan Yer ekvatori tekisligi orasida hosil bo‘lgan burchakka nuqtaning astronomik kengligi deyiladi.
Nuqtadan o‘tgan shovun chizig‘ida yotgan va Yer aylanish o‘qiga parallel bo‘lgan tekislikka nuqtaning astronomik meridi ani deyiladi.
Boshlang‘ich meridian tekisligi bilan nuqtadan o‘tgan ast ronomik meridian tekisligi orasidagi ikki yoqli burchakka nuq taning – astronomik uzoqligi deyiladi.
M nuqtadan o‘tgan astronomik meridian tekisligi bilan Mk dan o‘tgan vertikal tekislik orasida hosil bo‘lgan burchakka Mk yo‘nalish astronomik azimut deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |