KIRISH ………………………………………………………………………..
|
4
|
I BOB.
|
QUYOSH ENYERGIYASI VA UNDAN ELEKTR
ENERGIYA OLISH……………………………………………..
|
7
|
1.1
|
Quyosh enyergiyasidan foydalanish………………………………
|
7
|
1.2
|
Tashqi muhitning fotoelektrik batareya parametrlariga salbiy
ta’siri……………………………………………………………...
|
15
|
1.3
|
O‘zbekistonda quyosh energetikasi rivojlanishi…………………..
|
19
|
|
I bob bo‘yicha xulosa……………………………………………..
|
23
|
II BOB.
|
YARIMO‘TKAZGICHLI QUYOSH ELEMENTLARINING
FIZIK ASOSLARI……………………………………………….
|
24
|
2.1
|
Quyosh nurlanishining xususiyatlari……………………………...
|
24
|
2.2
|
Quyosh enyergiyasini elektr enyergiyasiga aylantirish…………...
|
26
|
2.3
|
Quyosh elementini asosiy parametrlari va ishlash prinspi………...
|
35
|
|
II bob bo‘yicha xulosa……………………………………………
|
44
|
III BOB.
|
O‘ZBEKISTONNING ISSIQ IQLIM SHAROITIDA FOTOELEKTRIK BATAREYALARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA SFERIK KO‘ZGULAR YORDAMIDA QUYOSHDAN ELEKTR
ENERGIYASI LISH...................................................................
|
|
|
45
|
3.1
|
Sferik ko‘zgu yordamida quyosh energiyasini elektr energiyasiga
aylantirish………………………………………………………….
|
45
|
3.2
|
Ximoya shishasi optik parametrlarining fotoelektrik batareya
parametrlariga ta’siri………………………………………………
|
49
|
3.3
|
Majburiy sovitish orqali fotoelektrik modul ishini samaradorligini
oshirish…………………………………………………………….
|
54
|
|
III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………...
|
65
|
XULOSA……………………………………………………………………….
|
66
|
ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………………......................
|
67
|
CHOP ETILGAN ILMIY MAQOLALAR………………………………...
|
71
|
KIRISH
Bugungi kunda dunyo aholisining enyergiyaga bo‘lgan extiyoji kundan – kunga ortib bormoqda. Buning asosiy sababi dunyo axolisining keskin ravishda ortib borishidir. Shu jumladan O‘zbekistonda xam enyergiyaga bo‘lgan extiyoj ortmoqda. Yurtimizda bugungi kunda enyergiya extiyojini to‘la qondirish maqsadida, ekologik toza enyergiya manbalaridan foydalanish dasturlari ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston qayta tiklanadigan enyergiya resurslaridan foydalanish imkoniyalari katta bo‘lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, mamlakatda Quyosh enyergiyasidan foydalanish imkoniyatlari kattaligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonning geografik – iqlim sharoitlari Quyosh enyergiyasidan sanoat masshtablarida elektr va issiqlik enyergiyalari olishda faol foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Quyosh enyergiyasi – bu ishlatishga qulay va oddiy, amaliy maqsadda foydalanish nuqtayi nazaridan samarador, qayta tiklanadigan enyergiyadir.
O‘zbekistonda quyosh enyergiyasining yalpi imkoniyati taxminan 51 mlrd.
t.n.e. tashkil etsa, texnik imkoniyati 177 mln. T.n.e. tashkil etadi va qazib olinayotgan enyergetik qazilmalarning uch baravarini tashkil etadi.
O‘zbekiston hududi samarador quyosh nurlanishiga ega bo‘lib, eng yangi fotoelektrik texnologiyalar asosidagi elektrostansiyalar mamlakatning enyergetika sohasida qayta tiklanadigan enyergiya manbalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Hukumat 2031 – yilga qadar jami enyergiyaning 20 % dan ortig‘ini qayta tiklanadigan enyergiya resurslari, jumladan, quyosh enyergiyasi yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistoning 5 ta hududida, jumladan, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida katta quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki bu boradagi ishlarni moliyalashtirishni rejalashtirgan bo‘lib, O‘zbekistonda tashkil etilgan Quyosh enyergiyasi xalqaro institutini ham moliyaviy qo‘llab-
quvvatlamoqda.
Osiyo taraqqiyot banki ushbu jarayonni Osiyo taraqqiyot fondi hisobidan amalga oshirmoqda.
“Quyosh enyergiyasi xalqaro instituti” ning asosiy vazifasi va faoliyat yo‘nalishi quyosh enegiyasidan sanoat miqyosida foydalanish maqsadida yuqori texnologiyali ishlanmalar yaratish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqning turli sohalarida ilg‘or iqtisodiy samarador texnologiyalar asosida quyosh enegiyasi imkoniyatlaridan amaliy foydalanish borasida takliflar tayyorlash, iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan, maxsus matyeriallar sintezi va tyermik qayta ishlashda quyosh enegiyasidan foydalanish bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlar olib borish; quyosh enyergetikasi bo‘yicha yirik loyihalar hujjatlarini muofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
O‘zbekistonda alternativ enyergiya manbalari, jumladan, birinchi navbatda quyosh enyergiyasidan foydalanish yuzasidan uzoq yillik yetarli tajriba mavjud. Respublika Fanlar akademiyasi qoshida Markaziy Osiyoda analogi bo‘lmagan ilmiy – tadqiqot markazi “Fizika – Quyosh” birlashmasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu markazning tadqiqot natijalari dunyo olimlari tomonidan tan olingan.
Qizilqum regioni O‘zbekistonning Quyoshli hududlaridan biri hisoblanadi. Hududimizda quyoshli kunlarning uzoq davom etishini hisobga olsak, yoz kunlari uning enyergiyasidan 15 – 16 soatgacha foydalanish imkoniyati bor. Qizilqum hududining aksariyat aholi punktlari va cho‘ponlar o‘tovlarining elektr enyergiyasi markaziy tarmog‘idan ancha uzoqda joylashganligini hisobga olsak, bu joylarni enyergiya bilan ta’minlashda, quyosh elementlaridan foydalanish iqtisodiy samarador ekanligini anglash mumkin. Bizda quyoshli kunlar bir yilda 3000 soatdan ortiq. Shu vaqt ichida 1 m2 joyga 1200-2000 kVt soatni tashkil qiluvchi enyergiya tushadi.
Qizilqum regionida 1 m2 joyga 1600-2000 kVt soatni tashkil qiluvchi quyosh enyergiyasi tushadi. Bu esa regionda quyosh enyergiyasidan elektr enyergiyasi va issiqlik enyergiyasi olish imkoniyati yuqoriligini bildiradi. O‘zbekistonda quyosh enyergetikasini rivojlantirish borasidagi davlat dasturi asosida Karmana tumanida
MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, quvvati 1 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyaning Zarafshon shahri atrofida qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu stansiya akkumulyasiya tizimisiz, enyergiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga yetkazib beradi.
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston hududida elektr enyergiyasi tanqisligini bartaraf etish uchun Quyosh enyergiyasini elektr enyergiyasiga aylantirishning samarador usullarini o‘rganish. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida aniq xulosalarga kelish.
Mavzuning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida quyosh enyergiyasini elektr enyergiyasiga aylantirish samaradorligini oshirish usullarini o‘rganish. Sferik ko‘zgular va Quyosh elementlari yordamida ishlaydigan elektr stansiyalarni ishlash prinsipini o‘rganish.
Mavzuning vazifalari: Desertatsiyaning vazifasi O‘zbekistonning issiq va quruq iqlim sharoitida quyosh elementlarini majburiy sovitish qurilmasini o‘rganish. Quyosh elementi parametrlariga tashqi omillarning ta’sirini o‘rganish. Sferik ko‘zgular yordamida Quyoshdan elektr energiyasi olish loyihasini ishlab chiqish.
Mavzuning obyekti, predmeti: Desertatsiya ishining obyekti kremniy materiali asosidagi quyosh elementlari, quyosh batareyalari, majburiy sovitish qurilmalari, sferik ko‘zgular, predmeti - O‘zbekistonning issiq va quruq iqlim sharoitida Quyosh elementini samaradorligini majburiy sovitish orqali oshirish va sferik ko‘zgular yordamida Quyoshdan elektr energiyasi olish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbekistonning issiq va quruq iqlim sharoitida quyosh elementini majburiy sovitish qurilmasi va sferik ko‘zgu yordamida ishlaydigan kichik elektr stansiyasi loyihasi va ular yordamida quyoshdan elektr energiya olishning samaradorligini oshirish.
Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3-bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |