OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
(vazirlik nomi)
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
(oliy o’quv yurti nomi)
YURIDIK FAKULTETI
5240101-Yurisprudensiya yo’nalishi.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko’rish tartibi (FPK. 417-m)
(mavzu nomi)
KURS ISHI
BAJARDI:Ochilov A. Yuridik fakulteti 3-kurs “312”-guruh talabasi.
OCHILOV AZIZJON SHUKRULLOYEVICH
(F.I.SH)
ILMIY RAHBAR:
(ilmiy darajasi va ilmiy unvoni)
(F.I.SH)
SHTAMP
NUKUS–2022
MUNDARIJA
KIRISH.
ASOSIY QISM
I.BOB. KASSATSIYA INSTANSIYASI SUDI INSTITUTI.
1.Kassatsiya sudi tushunchasi.
2.Kassatsiya instansiyasi sudining odil sudlovdagi o’rni.
II.BOB. ISHNI KASSATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA KO’RISH TARTIBI.
1.Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko’rish tartibi.
2.Ishni kassatsiya tartibida ko’rayotganda e’tiborga olinadigan holatlar.
3.Ishni kassatsiya tartibida ko’rganda hal qilinadigan masalalar.
III.BOB. XALQARO HUQUQ SOHASIDA KASSATSIYA INSTANSIYASI SUDINING O’RNI VA ROLI.
1.Fransiya sud-huquq tizimida kassatsiya instansiyasi sudi.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanadachuqurlashtirishva fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida ham sudhuquq tizimini isloh etish sohasiga alohida to'xtalib, «Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan bin, bu — qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir I.A.Karimov.
Respublikamizda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlar sud tizimini ham chetlab o`tmadi. Mustaqillikning qisqa davrida qator qonun va kodekslarning qabul qilinishi prosessual qonunchilikka ham o`zining ijobiy ta’sirini o`tkazdi. Fuqarolik prosessual qonunchiligiga kiritilgan kassasiya tartibida ish yuritish institutining maqsadi ishni qaytadan, to`laligicha, mazmunan ko`rmasdan faqat ishning shikoyat qilingan qismi bo`yicha moddiy va prosessual huquqiy me’yorlarining to`g`ri tatbiq etilganligini tekshiradi. Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida apellyasiya bosqichi sudi 2000 yildan faoliyat ko`rsata boshladi. Kassasiya sudi esa o`zining yangi xususiyatlari bilan e’tirof etiladigan bo`ldi.
Shuni aytishimiz joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda yurtboshimiz rahnamoligida ijtimoiy hayotning barcha sohalari kabi sud-huquq tizi-mida ham keng qamrovli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshi-rilmoqda. Sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar-ning asosiy zamirida jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya qilish asosida bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarimizning O`zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashdek ezgu g`oya mujassamlashgan. Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlarini kassatsiya tartibida qayta tekshirish institutining vazifasi respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining mazmun-mohiyatini ro‘yobga chiqarish, sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolik ishlarini hal qilishda moddiy va protsessual huquq normalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va shu orqali sud qarorlarini qonuniy, asosli va adolatli chiqarilishiga erishish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmini yanada kuchaytirish kabilarga qaratilgan.
I.1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining “Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish)” deb nomlangan 38-bobi 2000-yil 14-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunga muvofiq kiritilgan bob sanaladi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida 45-bob (403-421-moddalar) “Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish” deb nomlanadi.
Shu davrga qadar fuqarolik protsessual qonunchiligida kassatsiya sudlov instansiyasi amalda faoliyat yuritayotgan edi. Apellatsiya instansiyasining vujudga kelishi munosabati bilan amaldagi kassatsiya instituti yangi jihatlar bilan yanada takomillashtirildi. Endilikda nazariya va amaliyotda sud qarorlarini qayta tekshirishning apellatsiya, kassatsiya, nazorat va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ish yuritish bosqichlaridan foydalanilmoqda.
Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlarini kassatsiya tartibida qayta tekshirish institutining vazifasi respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining mazmun-mohiyatini ro‘yobga chiqarish, sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolik ishlarini hal qilishda moddiy va protsessual huquq normalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va shu orqali sud qarorlarini qonuniy, asosli va adolatli chiqarilishiga erishish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmini yanada kuchaytirish kabilarga qaratilgan.
Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlarini kassatsiya tartibida qayta tekshirish institutining mohiyati ushbu institutning vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |