Elektron davlat xaridlarini kengaytirish
Dunyodagi ko‘plab mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham davlat xaridi tizimini isloh etishga, xaridlarni elektron tarzda amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Elektron savdolarni juda tez sur’atlarda o’sishiga internet, telemuloqot va axborot texnologiyalari katalizatorlik rolini o’ynamoqdalar. Davlat ehtiyojlari uchun elektron savdolar tizimi AQSh, Meksika, Chili, Peru, Evropa Ittifoqi kabilarda elektron savdolar tizimining yangi bir varianti sifatida yuzaga keldi. Ya’ni, B2B (business-to-business) sektorining rivojlanishida yangi fragment – B2G (business-to-government) ajralib chiqdi. Bu o’z navbatida, zaruriy texnik, texnologik, huquqiy bazani yanada takomillashuviga olib keldi. Avstraliya, Kanada, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda esa, davlat tuzilmalarini zamonoviylashtirish dasturi doirasida va “elektron hukumat” (e-government) ga o’tish bilan davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish tizimi joriy etildi. Ya’ni, “elektron hukumat” dasturini joriy etish jarayonida huquqiy asoslarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik zamin hozirlash, undan so’ng, davlat xaridini elektron tashkil etish tizimi infratuzilmasini bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Ushbu dasturni amalga oshirish, davlat bilan yangi telemuloqot muhitda yaqindan hamkorlik qilmoqchi bo’lgan tijorat tuzilmalarini e’tiborini o’ziga tortdi, hamda axborot texnologiyalariga bo’lgan investitsiyalar miqdorini oshishiga olib keldi.
Hukumat tomonidan xarid jarayonlarini shaffofligini ta’minlashga qaratilgan, jumladan, xaridni amalga oshirishda inson omilini cheklovchi elektron xaridlardan keng foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilinmoqda.
Davlat xaridlari tizimining shaffofligini ta’minlash hamda uni yanada takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda samaradorligini oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish maqsadida
O’zbekistonda davlat moliyasini islohotlari va davlat xaridini tashkil etishni takomillashtirish bo’yicha bir-qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish asosiy istiqbolli yo’nalish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida ushbu sohada huquqiy bazani shakllantirish maqsadida qator qonunlar qabul qilindi, jumladan:
“Elektron imzo to’g’risida” (11.12.2003y), “Elektron tijorat to’g’risida” (29.04.2004y), “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida” (29.04.2004y), “Elektron to’lovlar to’g’risida” (16.12.2005y) va boshqalar.
Shuningdek, mazkur qonunlar ijrosini ta’minlash yuzasidan hukumat tomonidan qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi (30.01.2007 y. 21-sonli), “Elektron tijoratni amalga oshirishda to’lovlar o’tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi (12.06.2007 y. 120-sonli) va ushbu qarorga ilova etilgan, 2007-2008 yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda to’lovlar o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari Rejasi qabul qilindi. Ushbu qaror asosida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda, davlat byudjetining g’azna ijrosini amalga oshirishda elektron tijorat mexanizmlarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdi va ushbu hujjatlar tasdiqlanish bosqichida ko’rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasidagi texnik hamkorlikning natijasi sifatida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar, Koreya Respublikasidagi manfaatdor idoralari bilan birgalikda, 2009-2010 yillarda bajarilishi lozim bo’lgan loyihalarni(Koreya tomoni tajribasi asosida) ishlab chiqdilar.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar, Koreya Respublikasidagi vakolatli idoralar bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasida elektron xaridning axborot tizimi loyihasini ishlab chiqish imkoniyatlari ko’rib chiqimoqdalar (Koreya tomoni tajribasi asosida – “Korean On-line Procurement System” -KONEPS).
Shuningdek, “Uzbekistan Development Gateway (UzDG)” komponenti doirasida Iqtisodiy islohotlar markazi qoshida, O’zbekistonda birinchi internet elektron tender maydoni pilot loyihasi tashkil etildi. Loyiha doimiy ravishda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan yangilanib turiladigan tender takliflari bo’yicha savdolarga xususiy sektorni ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Loyiha hamkorlari O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, UNDP bo’lib, unda uzbek, rus, ingliz tillarida tender savdolari tashkil etilishi ko’zda tutilgan.
Tenderlar www.dgmarket.uz vebsaytida tashkil etilgan bo’lib, unda dunyoning 177 mamlakatidagi ochiq tederlarni topish va tanishish imkoniyati mavjud. Albatta, ushbu vebsayt orqali biz yuqorida xorijiy mamlakatlar tajribasida ko’rib o’tgan barcha operatsiyalarni to’laqonli bajarish imkoniyati bo’lmasada, ammo mazkur tanlanagan yo’nalish kelajakda respublika davlat xaridi tizimini tubdan takomillashtirish uchun bosilgan ilk qadam sifatida e’tiborga loyiqdir.
Yuqorida ko’rib o’tilgan chora-tadbilar respublikada elektron savdo tizimini rivojlantirish uchun huquqiy bazani shakllantirishda muhim qadamlar bo’lib hisoblanadi. Elektron savdolar tizimi, bizning respublikamizda o’zining
rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda va tez orada ushbu tizim zamonoviy ilg’or tajribalar asosida yangi bosqichga chiqishiga umid qilamiz.
2019 yil 5 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va ularga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish to‘g‘risida»gi Qarori imzolandi.
PQ-4544-sonli Qarori ilovasi bilan tanlov va tender savdolari orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha Yo‘l xaritasi tasdiqlangan.
Ushbu Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ sifatida Moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
tender (tanlov) savdolarini elektron tarzda tashkil etish yuzasidan texnik topshiriqnoma ishlab chiqildi va tasdiqlandi;
tasdiqlangan texnik topshiriqnomaga asosan davlat xaridlari maxsus axborot portali va tegishli axborot tizimlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, davlat xaridlariga oid tegishli me’yoriy hujjatlarga tender (tanlov) savdolarini elektron tarzda o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjatlar loyihasi tayyorlandi.
Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali operatori vazifasi O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda, shuningdek, ushbu sohada oshirilib kelinmoqda, shuningdek, ushbu sohada raqobat muhitini shakllantirish maqsadida endilikda bir necha operatorlarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |