Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya”



Download 3,86 Mb.
bet19/123
Sana22.07.2022
Hajmi3,86 Mb.
#839641
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
Bog'liq
Давлат хариди фанидан ЎУМ 2020 2021 ўқув йили-конвертирован

100. 000 AQSh dollaridan
yuqori bo‘lgan summalar

Tender savdolari
100 ming AQSh dollaridan yuqori miqdordagi bitta kontrakt buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy- texnik kengashlarining vakillarini majburiy jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshirildi.

5,0 mln AQSh dollaridan ko‘p summalar

Tender savdolari Idoralararo tender komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 sentyabrdagi 264-son Qaroriga asosan tender (tanlov) savdolarini kollegial asosda o‘tkazgan, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish yuzasidan savdolar natijalari
bo‘yicha g‘oliblarni aniqlagan.



Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi byudjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorligini, davlat organlari va boshqa


tashkilotlar rahbarlarining davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishda mustaqilligi va mas’uliyatini oshirishga, byurokratiyani bartaraf etishga xizmat qildi.
Davlat xaridlari tizimining rivojlanishining uchinchi bocqichi 2018 yil 9 apreldan keyingi davrni qamrab oladi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, mamlakatimizda yaqin kungacha davlat xaridlari sohasi 30 dan ortiq normativ- huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinardi, bunda yaxlit tizim mavjud emas edi. Buning oqibatida esa ba’zan huquqiy jihatdan bir-birini rad etuvchi holatlar ham vujudga kelgan. Ayrim holatlarda esa takrorlovchi tartib-taomillar korrupsiyaga sharoit yaratgan va ko‘p vaqt yo‘qotishga sabab bo‘lgan. Bu kabi muammolarning oldini olish, davlat xaridlarini tartibga soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda uni bir xilda qo‘llash maqsadida 2018 yil 9 aprelda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 12 bob, 79 moddadan iborat ushbu Qonun davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta’minlaydi, davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi.
Qonun davlat xaridlarini amalga oshirishning amaldagi tajribasini hamda xalqaro tajribani, jumladan, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha Komissiyasining (YuNSITRAL) model qonunchiligining asosiy qoidalarini, Evropa Ittifoqi, AQSh, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlar qonunchiligini hisobga olgan. Qonun loyihasi xalqaro tashkilotlar, ekspert va biznes-hamjamiyati, vazirlik va idoralar vakillari bilan muhokamalardan o‘tkazilgan.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonundagi asosiy
yangiliklar:

  1. Qonun xaridlarning besh tartib-taomili(turi)ni belgilaydi, ya’ni elektron do‘kon, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, tanlov,tender, yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari. Bulardan ikkitasi (elektron do‘kon, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion) davlat xaridi bo‘yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etadi. Qolgan xarid tartib-taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo‘li bilan ta’minlanadi.

  2. Qonun bilan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda birinchi bor yagona etkazib beruvchidan xaridni amalga oshirish tartib-taomili turi, davlat xaridlarini o‘tkazish uchun Odob-axloq qoidalarini qabul qilish va davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga olinishi kabi normalar xarid amaliyotiga kiritildi.

  3. Xarid tizimida davlat buyurtmachisining ikkita kategoriyalari birlashtirildi. Bular - byudjet buyurtmachilari (davlat organlari; byudjet tashkilotlari; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘larini oluvchilar; davlat maqsadli jamg‘armalari) hamda korporativ buyurtmachilar (davlat korxonalari; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar; ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar).

  4. Ilgari davlat xaridlarining barcha tartib-taomili(turi) uchun shartnoma summalari ma’lum bir ekvivalentdagi AQSh dollari bilan mezonlangan bo‘lsa, endi ular quyidagicha joriy vaqtdagi eng kam oylik ish haqiga nisbatan hisoblanadigan bo‘ldi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish