jadval
O‘zRTXBda o‘tkazilgan elektron katalog savdolari natijalari34
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
2015 y.
|
2016 y.
|
2017 y.
|
1.
|
Elektron katalogda tuzilgan bitimlarning hajmi, mlrd. so‘m
|
46,7
|
71,6
|
59,5
|
2.
|
Moliyaviy mablag‘larining tejalishi, mlrd. so‘m
|
12,0
|
28,1
|
35,4
|
3.
|
Boshlang‘ich bahoga nisbatan moliyaviy mablag‘larning tejalishi, foizda
|
20,4
|
28,2
|
37,3
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PQ-3237-sonli Qarori bilan O‘zRTXBda o‘tkaziladigan elektron katalog savdolari bekor qilindi, 2018 yil aprel oyidan takomillashtirilgan elektron auksion tizimi joriy etildi
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, davlat xaridlari tizimida elektron katalog orqali savdolarini joriy qilinishi natijasida 2015 yilda byudjet mablag‘larining 12 mlrd.so‘mi yoki byudjet tashkilotlarida ushbu tovar(ish,xizmat)larni sotib olish uchun rejalashtirilgan mablag‘larning 20,4 foizi, 2016 yilda 28,1 mlrd.so‘m (28,2 %), 2017 yilda 35,4 mlrd.so‘m (37,3 %) byudjet mablag‘i tejaldi.
Davlat xaridlari tizimining rivojlanishining uchinchi bosqichi 2017 yil 23 2018 yil 9 aprelgacha bo’lgan davrni qamrab oladi. O‘tgan yillar davomida elektron auksion savdolarini tashkil etish orqali davlat va korporativ xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun ularni takomillashtirish choralari ko‘rildi.
Mamlakatimizda davlat va korporativ xaridlari mexanizmini yanada takomillashtirish, tender savdolarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha izchil va kompleks ishlar amalga oshirildi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridi bo‘yicha, shu jumladan, investitsiya loyihalari doirasida ko‘p pog‘onali idoralararo tender komissiyalari tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ko‘rsatdiki,
34 O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan
davlat va korporativ xaridlarining hamda tender savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob bermaydi, turli xil korrupsiya ko‘rinishlari uchun sharoit yaratadigan ko‘plab kelishish bosqichlari, bir-birini takrorlaydigan tartib- taomillar va sansalorlik holatlari mavjud. Bundan tashqari, tender jarayonlarining cho‘zilishi, narx-navoni manipulyatsiya qilish, tovarlarning sifati, tavsifi haqidagi ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish va elektron savdoda tuzilgan bitimlar bo‘yicha tovarlarni etkazib bermaslik holatlari ko‘plab kuzatildi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridining amaldagi me’yorlari va tartibi tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan, ularning eng zarurlari (kantselyariya buyumlari, kompyuter texnikasi va avtotransportni ta’mirlash) bilan normal va barqaror ta’minlashda qiyinchiliklar tug‘dira boshladi.
Qolaversa, amaldagi tartib xorijiy va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy investitsiya loyihalari amalga oshirilishining ham kechiktirilishiga sabab bo‘lmoqda edi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada suiiste’molchilik holatlarining oldini olish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2017 yil 23 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ- 3237-sonli Qarori qabul qilindi.
Qaror o‘zida:
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan, bitta kontrakt bo‘yicha 5 million AQSh dollaridan yuqori ekvivalentdagi investitsiya loyihalari doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xaridi yuzasidan tarmoq idoralararo tender komissiyalarini tugatishni;
loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan tender va loyihaoldi hujjatlarini taklif etilayotgan texnologiya va asbob-uskunalar bo‘yicha texnologiya, asbob- uskunalarni tanlash va narxlarni shakllantirish qismida ekspertizadan o‘tkazish funktsiyasini bajaradigan ixtisoslashgan tarmoq ekspert kengashlarini tugatishni;
bitta kontrakt bo‘yicha 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha ekvivalentdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tashkillashtiriladigan elektron savdolar orqali amalga oshirishga oid talabni bekor qilishni nazarda tutadi.
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yangidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga resurslar yagona milliy ma’lumotnomasi va davlat xaridlari yagona axborot portali yaratilishi hamda 2018 yil 1 yanvardan ishga tushirilishini ta’minlash,
shuningdek, qisqa vaqt mobaynida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Qolaversa, 1 ming AQSh dollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt - narxi, sifati va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berish muddati bo‘yicha eng maqbul keladigan shartlarni taklif qilgan etkazib beruvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali; 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt - buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali; 100 ming AQSh dollaridan yuqori miqdordagi bitta kontrakt -buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini majburiy jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Shu bilan birga, qarorda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida ularning tender savdolarini tashkil etish bo‘yicha talablarni buzganligi hamda o‘tkazilgan davlat va korporativ xaridlarining maqsadga muvofiqligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgar bo‘lishi ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan qarori davlat va korporativ xaridlarining ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va loyiha boshqaruvi tamoyillaridan foydalanishga asoslangan zamonaviy shakl hamda uslublariga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lidagi yana bir qadam hisoblanadi.
Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan mazkur Qaror bilan amaliyotga kiritilgan o‘zgarishlarni quyidagi 4- jadvaldagi solishtirma tahlil orqali yanada aniqroq ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |