Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya”



Download 3,86 Mb.
bet88/123
Sana22.07.2022
Hajmi3,86 Mb.
#839641
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
Bog'liq
Давлат хариди фанидан ЎУМ 2020 2021 ўқув йили-конвертирован

Kengash kotibi:




2020 yil ”_ I. Choriyev

KIRISH

Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xom ashyo tovarlari narxining pasayishi va kon’yunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.


Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlashga,byudjet daromadlarini o’z vqtida va to’liq tushushini ta’minlashga, ulardan tejamkorlik asosida oqilona faydalanishga alohida e’tibor qaratish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida ushbu maqsadlar uchun yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi47.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari (shu jumladan xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga), xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali davlat xaridi tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, davlat byudjeti mablag’larining katta qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish, xizmatlar bilan ta’minlashga sarflanadi.
Davlat xaridlarini samarali tashkil etishdan ko’zlangan maqsad davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishishdir.
Bu maqsadga erishish uchun bo’lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya’ni talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, xaridni tashkil etish tartib-taomillari, davlat xaridlariga oid umumiy talablar, davlat xaridini takomillashtirishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbol yo’nalishlari, xorijiy davlatlarning davlarini tartibga solish tizimini o’rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ilg’or tajribalarini o’zimizning amaliyotga tadbiq etish borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.





47 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5969-son Farmoni
Oliy ta’limning 5230600-“Moliya” yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar kelajakda moliya tizmi organlari (moliya, g’aznachilik, pensiya bo’limlari)da, byudjet tashkilotlarida, yoki byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchi boshqa tashkilotlarda, davlat ulushu 50 % va undan yuqori bo’lgan korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini yuritgalarida davlat xaridi tizimining bevosita yoki bilvosita ishtirokchisi bo’ladilar. Shu bois, bo’lajak mutaxassislarni mazkur tizim bo’yicha etarlicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish maqsadida mazkur ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga “Davlat xaridi” fani kiritilgan.
Bu fanni o’qitishni zaruriyatini davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalarining, davlat ulushu 50 % va undan yuqori bo’lgan korporativ tuzilmalar mablag’laridan oqilona va tejamkorlik asosida foydalanishni ta’minlash, ular ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni optimal narxda va mukammal sifatda sotib olinishi bo’yicha bo’lajak mutaxassislarda bilim va amaliy ko’nikma hosil qilish bilan izohlash mumkin. Maskur o’quv majmua aynan mana shu maqsadga xizmat qiladi.
Ushbu ishchi o‘quv dasturida “Davlat xaridi” fanining predmeti, ob’ekti, metodi va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi, davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uni iqtisodiyotga ta’siri, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari, davlat xaridini tashkil etish modellari va shakllari, davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar, elektron do‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, tanlov savdolari, tender orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari, xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish, davlat xaridini tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurash, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari, davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma- ketlikda o‘z aksini topgan. “Davlat xaridi” fanini chuqur o‘rganish davlat xaridlari tizimida mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son Qarori hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarto‘g‘risida”gi PQ-3775- sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda “Davlat xaridi” fanini o‘qitishda zarur bo`lgan asosiy jihatlar yoritilgan.

    1. Download 3,86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish