Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya”


Baholash mezonlari va tartib-taomillariga taalluqli qoidalar



Download 3,86 Mb.
bet35/123
Sana22.07.2022
Hajmi3,86 Mb.
#839641
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123
Bog'liq
Давлат хариди фанидан ЎУМ 2020 2021 ўқув йили-конвертирован

Baholash mezonlari va tartib-taomillariga taalluqli qoidalar.


Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlariga taalluqli baholash mezonlari:

  • yetkazib berish bazisi;

  • etkazib berish muddatlari;

  • tavsifnomalar va sifat ko‘rsatkichlari;

  • to‘lov va kafolatlar shartlari;

  • muayyan davrda foydalanish, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash xarajatlarini nazarda tutadi.

Davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan davlat xaridi shartlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:

    • Yuqorida qayd etilgan barcha baholash mezonlari;

    • barcha baholash mezonlarining nisbiy qimmati;

    • baholash tartib-taomillari doirasida baholash mezonlarini qo‘llash tartibi.

G‘olib bo‘lgan taklifni baholash va aniqlashda davlat buyurtmachisi faqat xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan baholash mezonlari va tartib-taomillaridan foydalanadi hamda bu mezonlar va tartib-taomillarni ushbu hujjatlarda bayon etilgan tartibda qo‘llaydi.

Davlat xaridlari qiymatini baholashga taalluqli qoidalar


Davlat xaridlari qiymatining bozor narxlariga muvofiqligini baholash uchun davlat buyurtmachisi ochiq axborot manbalaridagi ma’lumotlardan foydalanadi.


    1. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar


Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifi xolis, funktsional va umumiy xususiyatga ega bo‘ladi. Tavsifda tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining tegishli texnik, sifat va ekspluatatsiya qilinish xususiyatlari ko‘rsatiladi.


Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifi tasniflarni, rejalarni, chizmalarni, eskizlarni, talablarni hamda sinovlar va sinov usullari,
qadoqlash, tamg‘alash haqidagi yoki muvofiqlik sertifikati, shuningdek shartli belgilar va atamalar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi mumkin.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifiga aniq tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruktsiyaga yoki modelga, u mansub bo‘lgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga doir talablar yoki havolalar kiritilmasligi kerak, bundan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi xususiyatlarini ta’riflashning boshqa etarlicha aniq usuli mavjud bo‘lmagan hollar mustasno va bunda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) boshqa bir ishlab chiqaruvchining ekvivalent tovarlari (ishlari, xizmatlari) bilan almashtirish imkoniyati to‘g‘risidagi eslatma kiritilishi kerak.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifida quyidagilar bo‘lishi kerak:

  • tovarlarning soni;

  • bajarilishi (ko‘rsatilishi) kerak bo‘lgan ishlar (xizmatlar);

  • tovarlar etkazib berilishi lozim bo‘lgan yoxud ishlar bajarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan joy;

  • tovarlarni etkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishning maqbul yoki talab etilgan muddatlari, agar ular mavjud bo‘lsa.

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir hujjatlarda xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash imkonini beradigan ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak. Bunda shunday ko‘rsatkichlarning eng ko‘p va (yoki) eng kam qiymatlari, shuningdek o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan ko‘rsatkichlarning qiymatlari ko‘rsatiladi.
Zarur bo‘lgan hollarda davlat buyurtmachisi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kafolat muddatiga va (yoki) ularning sifatiga beriladigan kafolat hajmiga, tovarga kafolat xizmati ko‘rsatishga, tovardan foydalanish xarajatlariga, tovarni montaj qilish va sozlashning majburiyligiga, tovardan foydalanuvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni o‘qitishga doir talablarni belgilaydi.
Mashinalar va asbob-uskunalarni etkazib beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridiga doir hujjatlarda tovarning kafolat muddatiga va (yoki) uning sifatiga beriladigan kafolat hajmiga, tovarga kafolat xizmati ko‘rsatishga, tovarga kafolat muddati mobaynida xizmat ko‘rsatish xarajatlariga, shuningdek tovarni montaj qilish va sozlashga, agar bu tovarning texnik hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, talablar belgilaydi. Yangi mashinalar va asbob-uskunalarni etkazib beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridi to‘g‘risidagi hujjatlarda ushbu tovarni ishlab chiqaruvchining va (yoki) etkazib beruvchining kafolatini taqdim etishga hamda
bunday kafolatning amal qilish muddatiga nisbatan qo‘shimcha ravishda talablar belgilaydi. Bunday kafolatni berish ushbu tovar bilan birga amalga oshiriladi.
Agar tovarlarning davlat xaridi tavsifida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, etkazib berilayotgan tovar yangi bo‘lishi kerak.
Tovarni ishlab chiqaruvchiga, ishtirokchiga doir talablarni, shu jumladan ishtirokchining malakasiga qo‘yilgan talabni tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi to‘g‘risidagi hujjatlarga (shu jumladan tovarning, ishning yoki xizmatning sifatiga, texnik xususiyatlariga doir talablar, tovarning funktsional xususiyatlariga (iste’mol qilish xususiyatlariga) doir talablar shaklida) kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot davlat tilida, shuningdek davlat buyurtmachisining ixtiyoriga ko‘ra boshqa tillarda e’lon qilinadi va tarqatiladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish