Yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq usuli. Yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq usuli deganda, yopiq tanlov, ishtiroki chegaralangan yopiq tanlov, ikki bosqichli yopiq tanlov, yopiq auksion tushunilib, unda qonunga muvofiq buyurtmachi qonunda belgilangan talablarga javob beradigan va tovar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsata oladigan chegaralangan miqdordagi shaxslarga xarid, uning hujjatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda tanlovda ishtirok etishi uchun taklifnomani yuboradi. Yopiq tanlov o’tkazilishining shartlari quyidagilar:
davlat ehtiyojlarni qondirish uchun. tovar, ish, xizmatlarni xarid qilganda hamda agar bu ehtiyojlar davlat siri bo’lib hisoblansa;
davlat siri bo’lib hisoblangan ehtiyojlarn iqondirish uchun tovar, ish, xizmatlarni xarid qilganda hamda agar ular xarid to’g’risidag ihujjatlarda yoki shartnoma loyihasida ko’rsatilgan bo’lsa;
Qimmatbaho metallar va toshlar Davlat fondining buyumlarinis ug’urta qilish, yetkazib berish va muhofaza qilish kabi xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha,
muzey predmetlari va kolleksiyalarini, noyob va qimmatbaho nashrlar, qo’lyozmalar, arxiv hujjatlari (shujumladan, ularning nusxalari) va tarixiy, badiiy va madaniy xarakterdagi bo’lgan boshqa buyumlarn ibuyurtmachidan jismoniy yoki yuridik shaxsga topshirilganda yoki jismoniy, yuridik shaxslardan yetkazib beruvchigat opshirilganda, davlat hududidayoki uning tashqarisida ko’rgazma o’tkazilayotganda ularni sug’urta qilish, yetkazib berish va muhofaza qilish xizmatlarini xarid qilganda;
ma’lum bir bino xonalarini tozalash hamda sudya va sud ijrochilari uchun haydovchi xizmatlarini xarid qilganda.
Xaridni yagona yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) bilan amalga oshirish. Xaridni yagona yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) bilan amalga oshirish odatda ma’lum qonunda qat’iy belgilangan holatlarda amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda tender(tanlov) o’tkazmasdan tovar etkazib beruvchilar (bajaruvchilar, pudratchilar) bilan shartnomalar tuzilishi mumkin:
tovarlar etkazib berish, tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati sohasiga tegishli bo’lganda;
tovarlar birja orqali xarid qilinganda;
shartnoma tuzish vaqtida eng kam ish haqining o’n baravaridan oshmagan summada tovarlar sotib olinganda;
tarix va madaniyat yodgorliklari sifatida davlat muhofazasiga olingan hamda davlat muzey, kutubxona, arxiv fondlarini, kino-foto-fondini va boshqa shunga o’xshash fondlarni to’ldirish uchun mo’ljallangan tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniyat ahamiyatiga molik madaniy boyliklar (sur’atlar, haykallar, adabiy asarlar va boshqalar), shu jumladan, muzey predmetlari va muzey to’plamlari, shuningdek, nodir va qimmatli nashrlar va qo’lyozmalar, arxiv hujjatlari, jumladan ularning nusxalarini etkazib berishni amalga oshirganda;
tovarlarni sotishga alohida huquqi bo’lgan faqat bitta etkazib beruvchidan tovarlar xarid qilish mumkin bo’lganda;
tuzilgan shartnomaning shartlari dastlabki shartnoma umumiy summasining 20 foizidan oshmaydigan summaga teng qo’shimcha ishlarni bajarish maqsadida o’zgarganda;
bajarish yoki xizmat ko’rsatishni amalga oshirish faqat davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan yoki ularga bo’ysunuvchi davlat muassasalari va korxonalari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq mumkin bo’lgan ishlar yoki xizmatlarga ehtiyoj tug’ilganda;
yengib bo’lmas kuchlar (tabiiy ofatlar, yong’inlar, falokatlar, avariyalar va hokazolar) oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) uchun zarur bo’lgan muayyan tovarlarga tezkor ehtiyoj tug’ilganda, buning natijasida vaqtning yo’qotilishi talab
qilinadigan boshqa buyurtmani joylashtirish usullarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’lmaganda (tegishli moliya organlari kelishuvi bo’yicha);
etkazib beruvchilarning yoki shartnomada ularning manfaatdorligi yo’qligi sababli buyurtmachi tomonidan tender (tanlov) bo’lib o’tmagan deb hisoblash natijasida; agar buyurtmachi uzoq tumanlarda joylashgan bo’lsa, buyurtmachining faoliyat ko’rsatish hududida va yaqin joylashgan tumanlarda faqat bitta etkazib beruvchi mavjud bo’lsa; shuningdek, boshqa joylardan narx kotirovkalarini olish hech qanday foyda olish yoki iqtisod qilish aniqlanganda; transport xarajatlari uchun narxlar oshib ketishiga olib kelganda. Bunda yagona etkazib beruvchiga buyurtmalarni joylashtirish tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi37.
Engib bo’lmas kuchlar oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) uchun tovarlarga shoshilinch ehtiyoj vujudga kelgan taqdirda yoki shartnomada ularning manfaatdorligi yo’qligi sababli tenderni bo’lib o’tmagan deb hisoblash natijasida, buyurtmachi tender o’tkazmasdan yagona etkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish to’g’risidagi qarorni kelishish uchun tegishli moliya organlariga yozma murojaat yuboradi.
Birja savdolari platformasida faqatgina birja tovarlari savdoga chiqariladi. “Birja tovari” tushunchasiga - o‘z sifati, tuzilishi bilan bir turdagi xususiyatga ega bo‘lgan, o‘zining asosiy va aniqlovchi parametrlari bilan xuddi shunday boshqa ishlab chiqaruvchining yoki boshqa partiyadagi tovar bilan o‘zaroalmashinuvchan- lik xususiyatiga ega bo‘lgan tovar kiradi va u doimiy ravishda savdolarga chiqarilishi shart.
Ko‘rgazma-yarmarka savdo tovarlariga xususiyatlaridan qat’iy nazar, fuqarolik muomalasida bo‘lgan tovarlar, shu jumladan, individual xususiyatga ega bo‘lgan va savdolarga muntazam ravishda chiqarilmaydigan yoki kamdan-kam chiqariladigan tovarlar kiradi.
Savdolar internet orqali real vaqt rejimida olib boriladi, savdo bo‘yicha hisob- kitoblar ham on-layn rejimida amalga oshiriladi.
Elektron xaridlar birja savdolari tarkibiga kirib, davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan auksion savdolardan tashkil topgan.Elektron savdolar O‘zbekiston bo‘ylab internet orqali real vaqt rejimida olib boriladi.
Elektron katalog - davlat xaridlarini amalga oshirish usuli bo‘lib, unda buyurtmachi tizimlashtirilgan elektron katalogdan yetkazib beruvchilar tomonidan joylashtirilgan tovarni tanlaydi. Elektron katalog birjaning maxsus axborot
37 VazirlarМahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom”ning 5-1 punkti.
portalida yetkazib beruvchilar tomonidan buyurtmachilarga yo‘naltirilgan takliflardan shakllanadi.
To’g’ridan-to’g’ri shartnomalarni tuzish holatlariVazirlar Mahkamasining 456-sonli “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida keltirilgan.
Shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib oluvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar g’aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Yagona etkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish to’g’risidagi qarorning kelishish muddati, tegishli moliya organiga kelishish to’g’risida murojaat kelib tushgan kundan boshlab, o’n ish kunidan oshmasligi kerak.
Buyurtmachi tomonidan tender bo’lib o’tmagan deb hisoblash natijasida yagona etkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish to’g’risidagi qaror qabul qilingan taqdirda uni kelishish uchun tegishli moliya organiga murojaatdan tashqari, tender bo’lib o’tmagan deb hisoblash to’g’risidagi hujjatlarning nusxalari ham taqdim qilinadi. Bunda shartnoma yagona etkazib beruvchi bilan faqat tender hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda tuzilishi mumkin, tuzilgan shartnoma bahosi tender o’tkazish to’g’risidagi xabarnomada ko’rsatilgan shartnomaning dastlabki bahosidan oshmasligi kerak38.
Tender bo’yicha xaridlarda qatnashuvchi mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari) bilan hisob-kitoblar so’mlarda amalga oshiriladi. Qarorlarni oshkora va xolisona qabul qilish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (etkazib beruvchilari) uchun ustuvorlikni saqlagan holda tender qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlari yaratish tenderlar o’tkazishni tashkil etishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib oluvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Shartnomalar bo’yicha to’lovlar g’aznachilik organlarida ro’yxatdan o’tgandan so’ng amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |