4-MAVZU. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH MODELLARI REJA:
Davlat xaridini tashkil etish modellari va tashkiliy elementlari
Davlat xaridining tashkiliy shakllari
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari
Tayanch so’z va iboralar
Markazlashgan model, markazlashmagan (taqsimlangan) model, qisman markazlashgan model, davlat xaridining tashkiliy elementlari, davlat xaridining tashkiliy shakllari, to'g'ridan to'g'ri shartnomalar tuzish, yarmarka va birja savdolari, elekton auksion savdolari, elektron katalog orqali savdolar,tanlov savdolari, ochiq va yopiq tenderlar, yagona yetkazib beruvchilar bilan amalga oshiriladigan xaridlar.
Davlat xaridini tashkil etish modellari tashkiliy elementlari
Davlat xaridini tashkil etish bo’yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini o’rganib, uning uch xil modellari mavjud ekanligini ko’rish mumkin.
Markazlashgan model – bunda xarid uchun buyurtmalarni joylashtirish maxsus tashkilot yoki ijroiy hukumatning yagona tarkibiy bo’linmasi - xaridni tashkil etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq va bo’limlardan tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil etishni nazarda tutadi. Agar, markazlashish darajasi yuqori bo’lsa, barcha turdagi xaridga javobgar bo’lgan maxsus idora (yoki yirik kompaniyalarda xarid departamenti) shakllantiriladi.
Markazlashmagan (taqsimlangan) model - bunda davlatning buryutmachisi o’z ixtisosligi buyicha xaridga buyurtmani alohida amalga oshiradi. Taqsimlangan modelda kompaniyaning har bir bo’limi (vazirlik, departament va h.k.) o’z ehtiyojlari uchun xaridni mustaqil tarzda amalga oshiradi. Shu maqsadda, uning tarkibida xaridni amalga oshiruvchi maxsus tuzilma, bo’lim tashkil etilgan.
Ikkala modelning ham yutuq va kamchiliklari mavjud: taqsimlangan model ancha egiluvchan, ammo ko’p xarajat talab etadi. O’z navbatida, markazlashgan model yirik hajmdagi ulgurji xarid tufayli past baholarni ta’minlaydi, ammo egiluvchan emas va har doim ham tovarlar hamda xizmatlarning arizada ko’rsatilgan xususiyatlarini o’zida aks ettirmasligi mumkin.
Qisman markazlashgan modelda esa, xaridga buyurtmani joylashtirish vakolati davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Har qanday mamlakatda ham, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslarini shakllantirish va uni doimiy tarzda takomillashtirib borish, davlat moliya tizimining muhim strategik vazifalaridan hisoblanadi.
Davlat xaridini tashkil etish jarayoni, uning tashkiliy shakllarini aniqlab olishdan boshlanadi.
Xalqaro va milliy
qonunchilikda o’rnatilgan me’yorlar asosida xaridning qaysi shakli qo’llanilishi aniqlanadi va zaruriy-me’yoriy jarayonlar buyurtmachi tomonidan boshqarilib boriladi.
O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish xalqaro va milliy qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Davlat xaridi tizimini boshqarish bir-biri bilan uzviy bog’langan to’rtta elementni o’z ichiga oladi 1-chizma). Bu elementlar kompleks tusga ega bo’lib, har bir elementni muvoffaqiyatli amalga oshirish, davlat xaridini samarali bo’lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |