8.3. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish
Hozirgi davrda xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatidagi sodir bo’lgan muomalalarni kompyuterlashtirish muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu voqealarni tezkor jamlash, ishlov berish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning natijalarini baholash muhim ahamiyatga ega.
Хo’jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarni tegishli moddalar, ishlab chiqarish bo’linmalari, mas’uliyat markazlari bo’yicha guruhlashtirishning zaruriyati va umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini (reklama, sotish, ma’muriy) tegishli belgilariga mutanosib ravishda taqsimlash zarurligidan kelib chiqqan holda ularning maxsus belgilariga qarab analitik hisobini yuritishni taqozo qiladi. Ushbu dasturlarni hozirda qo’llanilayotgan yangi schyotlarning rejasiga moslashtirish lozim, chunki ushbu schyotlar bosh, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarga bo’linmagan holda ularning analitik xususiyati to’liq yoritilgan. Ushbu jarayonda qo’llaniladigan schyotlar quyidagicha tavsiflanadi:
mahsulotlarni sotish muomalalari boshqaruv hisobida 2810/1 va 9110/1 schyotlarida, moliyaviy hisobda 2810 va 9110-schyotlarda yuritiladi;
hisoblash texnikalarini qabul qilish va sotishga jo’natish muomalalari esa boshqaruv hisobida 2910/1 va moliyaviy hisobda 2910-schyotda yuritiladi;
muomala sarflarining hisobi esa boshqaruv hisobida 9410/1 va moliyaviy hisobda 9410-schyotda qayd qilib boriladi.
Boshqaruv va moliyaviy hisoblarida ham mahsulotlarni sotish schyoti- 9110 umumlashtirilgan holda va muomala sarflari (9410 schyotlarda) tegishli turlari bo’yicha (9419-9419) ayrim olgan schyotlarda qayd qilib boriladi.
Ushbu tizim tannarxning analitik hisobini moliyaviy hisobda to’liq tannarx usulida va boshqaruv hisobida "direkt-kosting" usulida yuritish imkoniyatini yaratadi. Ushbu sharoitda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini har xil usullar yordamida hisoblab chiqish va ushbu ma’lumotlarni hisobotning turli shakllariga o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Keltirilgan analitik hisobni yuritish uchun ushbu tuzilgan dasturda quyidagi imkoniyatlardan foydalaniladi:
xo’jalik muomalalarini qayd qilish vaqtida analitik schyotlarni aniqlash;
kirim qoldiqlarini kirtish;
namunaviy hisobot hujjatlarini tayyorlash;
analitik schyotlardan foydalangan holda boshqaruv ma’lumotlariga maxsus ishlov berish va rahbariyatga taqdim qilish.
Kompaniyalarda foydalanilgan kompyuter dasturlarining imkoniyatlaridan biri har xil muddatlarga subyektning budjetini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsad uchun "Moliyaviy rejalar" turkumidagi dastur qo’llaniladi. Ushbu dasturning afzalligi quyidagilardir:
kelgusidagi daromad va sarflarni hohlagan muddatga rejalashtiradi;
ushbu daromad va sarflarni subyektning budjeti bilan birlashtiradi;
to’lovlarning ustidan nazorat o’rnatadi;
smetalardan foydalanishni tahlil qiladi;
subyektning moliyaviy faoliyatini muqobillashtiradi.
Rejalashtirish talab qilingan vaqt oralig’i bo’yicha amalga oshiriladi. Subyektning budjeti esa bir marta bo’ladigan va takrorlanib turadigan muomalalarga asosan tuziladi. Chunki har bir muomalaning natijasi resurslarning harakatiga - ТMZ harakati, pul mablag’larining va asosiy vositalarning harakatiga olib keladi.
Тakrorlanadigan muomalalar bo’yicha harakat davri va takrorlanish davri topiladi. HarAkat davri ushbu muomalalarning harakatining boshlanish va tugash vaqtini belgilaydi. Misol, yil davomida ijara to’lovlarini to’lash- 01.01-31.12 va hokazo. Zaruriyat tug’ilganda harakat davrining oxirini aniqlash shart emas, chunki ayrim hollarda ushbu muomalalarni harakat davrining oxiri bo’lmaydi.
Тakrorlanish davri ayrim muomalalarning takrorlanib turishini shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Ushbu takrorlanish uchun bir necha kun, hafta, dekada, oy yoki yil tanlab olinishi mumkin. Ushbu takrorlanadigan muomalalarni rejalashtirish topshirilgan sana yoki kunlar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
BHarBBBBBBBBBBbbbbbbbbbbir tuzilgan moliyaviy reja uchun ushbu dastur takrorlanadigan muomalalarning ayrim ro’yxatini tuzadi. Ushbu muomalalarni moliyaviy rejaga kiritgandan keyin komputer o’z-o’zidan ularni rejaning sanalariga moslashtirib bir marta sodir bo’ladigan muomalalarga aylantiradi. Oldindan olingan ma’lumotlarga asosan dastur kelgusi davrlar uchun rejalarni tuzish imkoniyatiga ega, keyinchalik ushbu davr kichik davrlarga bo’linib reja ko’rsatkichlariga ushbu sharoitdan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar kiritiladi.
Mazkur dastur ilgari yig’ilgan yillik va choraklik ma’lumotlarga asosan kelgusi yillar uchun uzoqni ko’zlagan rejalarni tuzishga imkoniyat yaratadi. Keyinchalik esa zarurat tug’ilganda ilgari tuzilgan moliyaviy rejalashtirishga qaytiladi va ushbu rejani tuzgan davrdan keyingi sodir bo’lgan voqealarning natijalariga asosan unga aniqliklar kiritiladi.
Moliyaviy rejaga kiritilgan muomalalarga asosan to’lov hujjatlari tayyorlanadi. Ushbu muomalalarning sodir bo’lganligiga qarab (to’lov hujjatlariga ishlov bergandan keyin) dastur pul mablag’larining kirimi va chiqimini to’lov hujjatlarining sanasiga muvofiq shu ma’lumotlarni moliyaviy rejaga kiritib boradi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asosan dastur avtomat tarzida rejadagi va haqiqiy kirim qoldig’ini rejalashtirilgan davrning boshi va oxiriga shakllantiradi, boshlang’ich va oxirgi sanaga pul mablag’larining kirimi, chiqimi va ishlov berilgan to’lov hujjatlarining ma’lumotlariga asoslanib pul mablag’larining ushbu davr ichidagi umumiy kirimi va umumiy chiqimini jamlab beradi.
Bu axborotlarga asoslangan holda rejalashtirish davrining boshlang’ich va oxirgi sanasini o’zgartirib:
o’rnatilgan davrda to’lovlarning amalga oshishi ustidan nazorat o’rnatiladi;
aniq bitta buxgalteriya schyoti bo’yicha moliyaviy rejaning bajarilishi tezkorlik bilan tahlil qilinadi;
zarurat tug’ilsa joriy davrdagi muomalalarning rejasiga o’zgartirishlar kiritiladi.
Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyati rejalashtirilgan vaqt mobaynida muqobillashtirib boriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalarning faoliyatini hisobga olish jarayonida ikki hisob-boshqaruv va moliyaviy hisob yuritiladi. Boshqaruv hisobida soliqlar xarajatlar schyotida ushbu summani budjetga to’lagan daqiqasidan boshlab hisobga olinadi. Bundan tashqari xarajatlarni hisobga olish, sotish sarflarini hisobga olishning analitik hisobi faqat buxgalteriya hisobida yuritiladi.
Moliyaviy hisobda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini hisoblash jarayonida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda faqatgina Nizomga asosan ishlab chiqarish va sotishga ta’lluqli xarajatlargina qayd qilinadi. Boshqa xarajatlar esa to’g’ridan-to’g’ri 9910-"Daromad va sarflarning jamlanmasi" schyotiga olib boriladi.
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxi subyektda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatida ko’rsatilgan usulga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Moliyaviy hisobda qo’llaniladigan hamma schyotlar balans schyotlari deyiladi, ya’ni ushbu schyotlardagi boshlang’ich va oxirgi qoldiq summalari shu davrga tuzilgan balansning ayrim olgan moddalarida aks ettiradi. Ayrim hollarda faoliyatning natijasini tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini osonlashtirish uchun muomalalarning qiymatini o’zgarmaydigan valutada aks ettirish maqsadga muvofiqdir.
Avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobining dasturida moliyaviy va boshqaruv hisobini birga yuritish maqsadida boshqaruv hisobining schyotlari tranzit schyotlar sifatida berilgan chunki ularning asosiy qismida hisobot davrining oxirida qoldiq qolmaydi. Misol, 9310, 9410, 9420, 9430, 9440, 9500-9900-schyotlar bo’lib amaliyotda va 21-BХMSga asosan ushbu schyotlar tranzit schyotlar deb yuritiladi.
Тovar-moddiy zaxiralarni (ТMZ) hisobga olish. ТMZ xaqiqiy tannarx bo’yicha hisobga olib boriladi. Хom-ashyo va materiallar ishlab chiqarishga sarf qilinayotganda o’rtacha hisoblangan haqiqiy tannarxda aks ettiriladi. Ushbu haqiqiy o’rtacha tannarxi oy boshidagi qoldiq ТMZ qiymatiga oy davomida qabul qilingan ТMZ qiymati qo’shilib hosil bo’lgan summani ushbu ТMZ miqdoriga bo’lish usuli bilan hisoblab chiqiladi.
Хarajatlarni hisobga olish. Boshqaruv hisobida 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyoti tegishli tasdiqlangan xarajat moddalaridan tashqari ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlarni ham hisobga olish uchun kengaytirilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarishning ustama xarajatlari tegishli schyotlarda (xom-ashyo va materiallarning sarfi, komplektlashtiruvchi detallarning qiymati mehnat haqi sarflari, kommunal xizmatlari uchun to’lovlar, soliqlar va boshqa sarflar) hisobga olinadi. Ushbu tartib "direkt-kosting" tizimini qo’llash uchun xarajatlarni o’zgaruvchan va o’zgarmas-doimiy xarajatlarga ajratish imkoniyatini yaratadi.
Ishlab chiqarish ustama-doimiy xarajatlar tegishli ayrim olgan schyotlarda hisobga olib boriladi va hisobot davrining oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini aniqlash uchun tasdiqlangan usulga muvofiq taqsimlanadi va ularning tannarxiga qo’shiladi. Ushbu tartib:
- ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va foydaning hajmi o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni o’rganishga imkon yaratadi;
- ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan tannarxning o’zgarishi yoki ayrim xarajatlarning o’zgarishini bashorat qilishga yordam beradi;
- baho va hajmni muqobillashtiradigan variant va kombinatsiyalarni topishga imkon yaratadi;
- samarali baho siyosatini subyektning faoliyatiga tadbiq etishga yordam beradi.
Mas’uliyat markazlari rahbarlarining faoliyati ustidan nazorat qilish uchun xarajatlarning sarfini hisobga olishning me’yorlashtirilgan usulini tadbiq qiladilar. Buning uchun zaruriyat tug’ilganda ayrim schyot ochilib (misol, 3510-"Тayyor mahsulotlarni olish") unda ushbu xarajatlar tasdiqlangan me’yorlar asosida mahsulotlarning tannarxi hisoblanadi. Ushbu schyotning debet tomonida haqiqatda sarflangan xarajatlar hisobga olib borilsa, kredit tomonidan esa ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning me’yoriy tannarxi ko’rsatiladi. Ushbu schyotning ma’lumotlariga asosan tegishli hisobot davri ichida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo’yicha haqiqiy sarflar bilan ularning me’yoriy tannarxi orasidagi farqni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Aniqlangan farq summalari (ijobiy yoki salbiy) tegishli 9110-"Sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi" schyotiga o’tkaziladi. Ushbu schyotda (3510) hisobot davrining ohirida qoldiq bo’lmaydi va u yopiladi. Agarda me’yoriy tannarx haqiqiy tannarxdan ortiq bo’lsa bu ijobiy holat deb hisoblanadi. Mabodo me’yoriy tannarxdan haqiqiy tannarx ortiq bo’lsa uning sabablari analitik schyotlarning ma’lumotlariga asosan har tomonlama va chuqur tahlil qilinadi, sabablari aniqlanadi va baholanadi. Natijada ushbu farqning sodir bo’lish sabablari, mas’ullari aniqlanib tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, chunki xo’jalik yurituvchi subyekt mas’uliyat markazlariga bo’lingan holda hisob yuritadi.
Тayyor mahsulotlarni sotish. Mahsulotlarni sotish jarayoni ishlab chiqarilgan mahsulotlarning majmuasidan tashkil topgan. Mahsulotlarni sotish iste’molchi va buyurtmachilar bilan ilgari tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Ushbu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish muomalalarini moliyaviy va boshqaruv hisobining schyotlarida qayd qilishdan asosiy maqsad tegishli mahsulotlarni sotish bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashdir. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishni hisobga olishning ikkita usuli mavjud:
sotilgan mahsulotning qiymatini to’lash sanasidan (kassa usuli) ularni sotilgan deb tan olish va tegishli schyotlarda qayd qilish;
tayyor mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga jo’natish yoki to’lov hujjatlarini bankka topshirgan sanadan sotilgan deb tan olish va tegishli schyotlarda qayd qilish (hisoblash usuli).
O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlar ichki bozorlarga o’zlarining ishlab chiqargan mahsulotini sotayoganda hisobga olishning ikkinchi usulini qo’llaydilar:
Debet 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi"
Kredit 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" va bir vaqtda
Debet 4010-"Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"
Kredit 9010-"Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar"
Тayyor mahsulotlarni sotish muomalalari ikkita schyotda qayd qilib boriladi 9110-schyotning debetida sotilgan mahsulotning tannarxi (xarajat) va 9010 schyotning kreditida ushbu mahsulotning shartnomada ko’rsatilgan bahosi (daromad). Ushbu tartib tannarx (xarajat) bilan kelishilgan baho (daromad)ni taqqoslash va ushbu jarayon bo’yicha foyda yoki zararni aniqlashga yordam beradi:
Debet 9910 -"Daromad va xarajatlarning jamg’armasi",
Kredit 9110 -"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi" schyoti.
Debet 9010 -"Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar",
Kredit 9910-"Daromad va xarajatlarning jamg’armasi" schyoti
Agarda hisobot davrining ohirida foyda olinsa:
Debet 9910 > kredit 9910, ya’ni 9910 schyotning debetidagi summa kreditidagi umumiy summadan ko’p bo’ladi.
Agarda ushbu jarayon bo’yicha zarar ko’rilsa:
Debet 9910 < kredit 9910, ya’ni 9910 schyotning debet tomonidagi summa kredit tomonidagi summadan kam bo’ladi.
Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifasi ichki foydalanuvchilarni xo’jalik faoliyati bo’yicha zarur bo’lgan axborotlar bilan ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |