Muqobil standartlar – iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi o’rtacha bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
Mutanosib xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subyektning ishbilarmonlik faolligi o’zgarsa o’zgarib turadigan xarajatlar.
Muhofaza muddatini uzaytirish –birlik mahsulot uchun zarur bo’lgan ТMZ o’zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo’lgan muddat.
Nazorat - hisob nuqtasi – o’zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo’yicha tugallanmagan mahsulotning joyini aniqlash.
Progressiv xarajatlar – subyektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan tezroq o’sadigan xarajatlar.
Relevant xarajatlar – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda e’tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan bog’liq kelgusidagi xarajatlar.