Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Y. Jo’rayev., O. Bobojonov., F


Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari



Download 2,41 Mb.
bet56/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,41 Mb.
#307433
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   145
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi

8.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari

Хo’jalik yurituvchi subyekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish lozim. O’zbekistonda ikkinchi usul, ya’ni tegishli schyotlarni schyotlar rejasidan ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti. Boshqaruv hisobi schyotlarini ajratib olgan holda yuritish natijasida:

a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilashga olib kelmoqda;

b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to’g’risidagi tijorat sirini saqlashga yordam bermoqda;

v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir saqlashga yordam bermoqda.

Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan o’zaro aloqasi, ya’ni mustaqil (avtonom), integratsiyalashgan buxgalteriya hisobi usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o’rganilmoqda va amaliyotda qo’llashga taklif qilinmoqda.

Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo’yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo’yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab olinadi. Ular ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. Chunki sarflangan xarajatlar ushbu schyotlarda o’zlarining aksini ko’radilar. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning sodir bo’lgan joylarini aks ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo’yicha sarflangan umumiy xarajatlarnigina aks ettirgan axborotlarni beradi. Shuning uchun ham moliyaviy hisobda faqatgina sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin.

Boshqaruv hisobi esa ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini bo’laklarga ajratadi, ya’ni sarflangan tovar-moddiy zaxiralari, mehnat sarflari, asosiy vositalarning eskirishi, ijara to’lovlari, yonilg’i, suv, energiya sarflari qayerlarga sarflanganiga qarab ayrim olingan holda ko’rsatiladi.

Shu bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan daromadlar turlari bo’yicha moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham ko’rsatiladi.

Shunday qilib, moliyaviy hisob olingan umumiy daromad va sarflangan umumiy xarajatlar to’g’risida ma’lumotlarni yig’adi. Ushbu ma’lumotlarga asoslangan holda manfaatdor shaxslar kalkulatsiya qilish sirlariga chuqur kirib bormay soliqlarning to’g’ri hisoblanganligini tekshirishi mumkin. Ushbu holat faqatgina bozor iqtisodiyotiga mos kelmaydigan davlatlarning hozirgi faoliyatiga to’g’ri kelmaydi. Chunki amaliyotda ko’pchilik holatlarda soliq organlari xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlarining turlari, kalkulatsiya qilish usullarining qo’llanishini mahsulotni tannarxdan past bahoda sotish natijasida soliq summasini kamaytirish holatlarining oldini olish va jazolash maqsadida chuqur va har tomonlama tekshiradilar.

Boshqaruv hisobida qo’llanilayotgan ayrim schyotda xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar bo’lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning summasi bir xil bo’lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi.

Moliyaviy buxgalteriyada 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig’ilib balansda aks ettiriladigan foyda summasi shakllantiriladi. Ushbu foyda asosiy ishlab chiqarish faoliyati, muomalaviy, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda hodisalarning natijasi bo’yicha olinishi mumkin. Ushbu tartibni tushunishni osonlashtirish uchun ayrim cheklanishlarga yo’l qo’yiladi, ya’ni xo’jalik yurituvchi subyekt faqat asosiy ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi va muomalaviy faoliyatlari, moliyaviy faoliyatlari yo’q deb faraz qilinadi.

Moliyaviy buxgalteriyada hisobot davrining oxirida foyda qo’yidagi tartibda hisoblab chiqiladi:

- tovar-moddiy zaxiralarning qiymati faqatgina yilning oxirida inventarizatsiya natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma’lumotlariga muvofiq qayd qilinadi.

- moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida ТMK qoldiq summasining ko’payishiga qo’shilib ushbu olingan ko’rsatkichdan sarflangan umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi.

Hisobning integratsiyalashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo’llanilmaydi, balki buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida qo’llanilayotgan schyotlarning qoldiq summasi moliyaviy hisobda qo’llanilayotgan ushbu schyotlarga ta’lluqlidir. Subyektning faoliyati bo’yicha sarflarni aniqlash uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig’i aks ettiriladi va ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv hisobining schyotlarida yoritiladi.

Misol: 2800-"Тayyor mahsulotlar" schyotlarining guruhida faqatgina boshqaruv hisobining ushbu schyotidan berilgan ma’lumotga asosan tegishli mahsulotlarning qoldig’i ko’rsatiladi, ushbu qoldiqni topishgacha bo’lgan hamma muomalalar, tayyor mahsulotlarni qabul qilish, chiqarish muomalalari, ularning umumiy summalari boshqaruv hisobining ushbu schyotida qayd qilib boriladi. Boshqa jarayonlar- tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldiq summasi, ТMZ qoldiq summasi, moliyaviy natijalarning ko’rsatkichlari ham shu tartibda moliyaviy va boshqaruv hisoblarida yoritiladi. Тegishli ma’lumotlarni bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tkazish ayrim olgan schyotlar (masalan, 4100 yoki 6100) orqali amalga oshirilib hisobot davrining ohirida ushbu schyotlar yopiladi va ularda qoldiq bo’lmaydi.

Boshqaruv hisobi tizimini yaratishdagi asosiy omil bu ushbu ma’lumotlarning samaradorligidir. Chunki asosiy maqsad shu hisobning ma’lumotlariga tayangan holda qabul qilingan qarorlarning natijasidan iqtisodiy naf olishdir. Shuning uchun ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni uning ma’lumotlariga asosan qabul qilingan qarorlardan ko’rilgan iqtisodiy naflar qoplasa va ulardan ortiqcha bo’lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi.

Ushbu holatda shuni ham e’tiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan naflar darhol ko’zga tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini qoplash uzoq vaqt davom qilishi mumkin. Shuning uchun boshqaruv hisobining iqtisodiy samardorligi uni qo’llash doirasiga va ma’lumotlarni yig’ish va ularga ishlov berishni avtomatlashtirish darajasiga bog’liq. Amaliyotda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi tasdiqlangan umumiy schyotlarning rejasiga asosan (integratsiyalashgan) yuritiladi.

Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng avvalo tasdiqlangan schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini ishlab chiqish va hisob siyosatiga kiritishdir.



Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish