Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Y. Jo’rayev., O. Bobojonov., F


Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi



Download 2,41 Mb.
bet53/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,41 Mb.
#307433
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi

7.3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi

Investitsiya fondlari – bu faoliyatini o’z aksiyalarini chiqarib aholi o’rtasida tarqatish yo’li bilan mablag’lar yig’ib, keyin o’z mablag’larini maxsus davlat kreditlariga, davlat xazina majburiyatlariga investitsiya qiluvchi va qimmatli qog’ozlar oldi sotdi bitimlarini bajaruvchi ochiq turdagi aksioner jamiyatidir.

Investitsiya fondlarining daromadlari quyidagilardan iborat: korxonalardan sotib olingan aksiyalar bo’yicha dividendlar va qimmatli qog’ozlar muomalalaridan olingan daromadlar. Yuqorida keltirilgan faoliyat investitsiya fondlarining maxsus faoliyatidir. Investitsiya fondlarining aksiyalar va qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan barcha muomalalari depozitariyada hisobga olinadi. Investitsiya fondlari aktivlarining vakolatli boshqaruvi fondni boshqarish to’g’risidagi shartnomaga binoan, haq to’lash yo’li bilan boshqaruvchi kompaniyaga topshiriladi.

Investitsiya fondlari faoliyatining o’ziga xosligi - bu muomalalarni buxgalteriya hisobida ham alohida xususiyatni vujudga keltiradi. Хalqaro buxgalteriya andozalari talablariga javob beradigan xususiylashtirilgan investitsiya fondlari schyotlar Rejasi qabul qilingan. Umumiy qabul qilingan schyotlar rejasi asosida tuzilgan bo’lib, faqat yangi schyotlar qo’shilgan. Bu schyotlar xususiylashtirilgan investitsiya fondlarining aktivlari kapitali, daromad va xarajatlari hisobini analitikligini oshiradi.

Sof foyda investitsiya fondlarining barcha xarajat va daromadlarini balansi bo’lib, u 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida hisobga olinadi.

Hisobot davri tugab, schyotlar xotimalangandan so’ng sof foyda 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotiga o’tkaziladi.

Aksionerlarning umumiy majlisi qarori bo’yicha rezerv kapitali schyotida belgilangan summa tashkil etilgandan so’ng sof foyda qisman yoki to’liq kapitallashishga yo’naltirilishi yoki aksionerlar o’rtasida taqsimlanishi mumkin. Rezerv kapitalidan aksionerlarning umumiy majlisi qarori bo’yicha qoplanmagan zararlarni qoplashga yo’naltirilishi mumkin. Dividendlar to’lashga yo’naltirilgan sof foyda 6610 «Тo’lanadigan dividendlar» schyotida hisobga olinadi.

Investitsiya fondlarining daromad va xarajatlarini buxgalteriya hisobi va hisobotida to’liq va to’g’ri aks ettirish uchun har bir daromad va xarajat turlari bo’yicha schyotlar ochish kerak. Investitsiya fondlarining daromadlari asosan qimmatli qog’ozlarga egalik qilish va ularni sotishdan olingan summa hisobiga tashkil bo’ladi.

Investitsiya fondlarining daromadlari quyidagilardan iborat: kapital bo’yicha foydalar; moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; davlat xazina obligatsiyalari bo’yicha hisoblangan va olingan foizlar; xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari bo’yicha olingan dividendlar; da’vo qilish muddati ichida olinmagan dividendlar.

Investitsiya fondlarining xarajatlari quyidagilardan iborat: davlat krediti bo’yicha hisoblangan va to’langan foizlar; investitsiya fondlarining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; soliq va boshqa majburiy to’lovlar; moliyaviy va boshqa xarajatlar.

Qimmatli qog’ozlar hisobi 0610-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida yuritiladi. Bu schyotda quyidagilar hisobga olinadi: korxonalar aksiyalari; foizli obligatsiyalar; diskontli obligatsiyalar; hisoblangan foizlar; aksiyalar va obligatsiyalarni baholaridagi farqlarni hisobga olish. Analitik hisob bir tip, elementlar va bir chiqarilgan qimmatli qog’ozlar jami bo’yicha yuritiladi.

Qimmatli qog’ozlarning hisob bahosi ularning turlari bo’yicha o’rtacha tortilgan bahoda baholanadi. Qimmatli qog’ozlar sotib olish bahosida hisobga olinadi.

Maxsus davlat kreditidan foydalanib xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari sotib olinsa, quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 0610-«Qimmatli qog’ozlar», Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti» - bitim summasining 1/6 qismiga, Kt 7830-«Тo’lanadigan obligatsiyalar» schyoti - bitim summasining 5/6 qismiga.

Basharti xususiylashtirilgan korxonaning aksiyalari faqat o’z mablag’lari hisobidan sotib olinsa, bitimning to’liq summasiga 5110-«Hisob - kitob schyoti» kreditlanadi.

Agar sotib olingan qimmatli qog’ozlarni kirimga olish sanasi bilan ularning qiymatini to’lash sanasi orasida vaqt oraliYoi vujudga kelsa, 5110 - schyotining o’rniga 6830-«Тo’lanadigan obligatsiyalar» schyoti kreditlanadi.

Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan daromad ularni sotib olish narxi bilan sotish narxi orasidagi farqdan iborat. Bu farqi kapital bo’yicha amalga oshirilgan foyda 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ҳisoblangan foizlar esa daromad sifatida bu daromadni vujudga kelish paytida, ya’ni foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida aks ettiriladi. 9220- schyotining kreditidagi summa 9320- schyoti orqali 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining kreditiga o’tkaziladi.


Хulosa

Moliyaviy qo’yilmalar – bu xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qimmatli qog’ozlar operatsiyalariga amalga oshirish uchun srflangan xarajatlari bo’lib, ushbu xarajatlar kelgusida daromad keltiruvchi aktivlarning shakllanishidir.



Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish