Bilvosita xarajatlarni taqsimlash asosi – bilvosita xarajatlarni yig’uvchi obyektlarga taqsimlash uchun asos qilib olingan ko’rsatkich. Misol: bevosita mehnat haqi, asosiy vositalarning eskirishi va hokazo.
Bilvosita (egri) xarajatlarni taqsimlash darajasi – kalkulyatsiya obyektlari o’rtasida bilvosita xarajatlarni oldindan taqsimlash imkoniyatini yaratadigan va subyektning hisob siyosatida ko’rsatilgan oldindan hisoblangan me’yoriy daraja.
Buyurtma nuqtasi– ТMZ keyingi guruhiga buyurtma berishni aniqlashga yordam beradigan ombordagi mavjud va buyurtma berilgan ТMZ summasining past nuqtasi.