OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
MOLIYA TA`LIM YO`NALISHI
M-119-GURUH 3-KURS TALABASI
TURSOATOV ABDULLA SAFAROVICHNING
“MOLIYA” FANIDAN
“KORXONALAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI OSHIRISH USULLARI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
ILMIY RAHBAR:
TAYYORLADI: TURSOATOV A.S
TERMIZ 2022
Mavzu: Korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirish usullari
Mundariuja:
KIRISH
ASOSIY QISM
Korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirishning nazariy asoslari
Korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirishning tashkiliy- huquqiy asoslari
Kichik korxonalar moliyaviy holati tahlili
Korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Ma’lumki korxonalar moliyasi umumiy moliya tizimining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat YaIMining asosiy qismini korxonalar moliyasi tashkil etadi. Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarishi o‘z navbatida davlat budjeti mablag‘lag‘larini oshirishda, aholi bandligini ta’minlashda, mamlakatimiz tashqi savdo balansini oshirishda, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqish kabilarda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz -“«O‘ztadbirkoreksport» va
«O‘zsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi кichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak”- deya ta’kidladilar 1 Shuning uchun mamlakatimizda doimiy ravishda korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarish uchun iqtisodiy islohotlar amalga oshiriladi. Masalan so‘nggi yillarda mamlakatimizda soliq islohotlari natijasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 2013 yilda 9% dan 2014 yilda 8%ga, 2016-yilda esa 7.5%ga pasaytirildi.2 Buning natijasida korxonalarda soliqlar bo‘yicha qo‘shimcha pul mablag‘larining tejalishi
,raqobatbardosh va eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishga imkoniyat yaratdi.
Ushbu imkoniyatlardan foydalanish bevosita korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarishga bog‘liqdir. Shuning uchun bugungi kunda korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarish, moliyaviy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va bu bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy
1Mirziyoev Sh.M. Мamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi: Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. www.uza.uz. 16.01.2017 y.
2 http://akademiya.uz
tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan 3 makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Yuqorida keltirib o‘tilgan jihatlar bitiruv malakaviy ishi mavzusi dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |