Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti musiqa ta’lim yo’nalishi musiqa asarlari tahlili va Garmoniya fanidan
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI MUSIQA TA’LIM YO’NALISHI
Musiqa asarlari tahlili va Garmoniya fanidan “Zamonaviy kompazitorlarning fortopiano uchun yozgan asarlarining shakil xususiyatlari” mavzusida KURS ISHI
Bajardi: Musiqa ta’lim yo’nalishi
302-guruh talabasi:
Mirzoyeva Ra’no
Ilmiy rahbar: o‘qituvchi
____________ Xurramov Ulugʻbek
“Himoyaga tavsiya etilsin” “Musiqa ta’lim” kafedrasi mudiri: ___________ Xurramov Ulug’bek “__” ______ 2022 yil Termiz – 2022 Zamonaviy kompazitorlarning fortopiano uchun yozgan asarlarining shakil xususiyatlari Mundareja: Kirish Fortepianodan oldingi klavir ijod Fransuz klavesinistlari
Ingiliz verjinelistlari
Fortepiano ijodiyoti
Fortepiano ijodi davrlar kesimida Ilk romontizm davri fortepiano ijodi
Veber va Mendelson fortepiano ijodi.
Romontik pianizmning 2 ta ijodiy konsepsiyasi (Fortepiano ijodidagi etyud janri misolida)
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi davr fortepiano ijodi Iogann Brams fortepiano ijodi
Brams sonatalari
K. Debyussi “Quvonch oroli” fortepiano pyesasi tahlili
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Xalqimiz musiqa san’ati bilan azaldan shug’ullanib kelayotgani sir emas. Hozirgacha milliy musiqachiligimiz an’analari bir qancha ko’rinishlarga shakllarda rivojlanib keldi. Bunga aynan qo’shni hamda qardosh xalqlarning musiqa ijodiyoti bilan sintezlashuvning ta’siri katta bo’ldi. Ammo shunga qaramasdan o’z milliy musiqasini saqlab qolgan xalqlar qatoridan o’rin olishimizning o’zi ham ancha quvonarli hol hisoblanadi. Shu o’rinda bu milliy musiqa ijodiyotimizni tomiriga bolta urmoqchi bo’lganlar anchagina bo’ldi. Bu borada qanchadan qancha sozanda va xonanda ota bobolarimiz ne ne mashaqqatlari qiyinchiliklar, zah zindonlar-u uzun qamchilar zahrini totishga majbur bo’lishgan. Xalqimizda bir chiroyli gap bor “Oltin zanglamas”. Ha xuddi shu oltin kabi musiqa ijodiyotimiz yaltirab o’z qiymatini yo’qotmasdan kelmoqda.
Bugungi ishimiz milliy musiqa ijodimiz haqida emas, balki XX asr boshlarida yurtimizga kirib kelgan kompozitorlik ijodiyoti orqali cholg’u ijrochiligimizda o’z o’rnini egallagan fortepiano cholg’usi hamda aynan ushbu cholg’uning texnik imkoniyatlarini oshirgan kompozitor va uning ijodiga bag’ishlanadi.
Hozirgi kunda yurtimizda yevropa cholg’ularining yetuk ijrochilari yetishib chiqmoqda. Aynan fortepiano ijrochiligida ham ko’zga ko’rinarli ijrochilarimiz anchagina yetarli. Mana shunday ijrochilarning qaysidir ma’noda shuncha davr va zamon sayqallaridan o’tib kelishgan
Umuman fortepiano ijodioti ham o’z ijodiy yo’lida turli shakllar va turli ijroviy texnikalarni paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Malakali kompozitorllarning sayi harakatlari va ishlari bilan ushbu cholg’u asbobi takomillashib musiqa olamida o’z o’rni va darajasini belgilab qo’ya oldi.