2.2. Maktabgacha pedagogikada ilmiy tadqiqot metodlari
Bo’lajak tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, shuningdek, maktabgacha ta’limga qo’yiladigan talablar, uning tamoyillari, mazmuni, pedagogik asoslarini bilan yaqindan tanishtirish. Maktabgacha pedagogika nazariyasi va amaliyoti, o’ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlari, tarbiyachining kasbiy faoliyati va unga qo’yiladigan talablar; yosh fuqaroni tarbiyalash ishining murakkabligi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi va rivojlanishi, maktabgacha pedagogikada ilmiy-tadqiqot metodlari maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalashda yangi pedagogik texnologiyalar, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, maktabgacha pedagogika tarixi, maktabgacha muassasalarini tashkil etish va unga rahbarlik etish. O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari tizimi, unga rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari haqida bilim, tegishli ko’nikma ыva malakalarni hosil qilish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko’ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’lini to’g’ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirishning aniq metodlari va usullari xaqidagi bilimlar o’zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo’llay olinishini ta’minlash;metodik adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo’lgan bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos usullari va metodlarini yaratishga intilishni rag’batlantirish. bolalar nutqini o’stirish metodikasi va ifodali o’qish, nutq o’stirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari kabi masalalar yuzasidan bilim berish.
Bo’lajak bakalavrlarni bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ilmiy, nazariy, metodik asoslari bilan tanishtirish; shu fan bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish haqida bilim berishdan iborat.Talabalarga bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni, maqsadi va vazifalari, metodlari; tabiat bilan tanishtirish ishlarini tashkil etish; pedagogik kollejlarda tabiat bilan tanishtirish fanidan darslarni tashkil qilish va o’tish metodikasi haqida bilim berish, tegishli ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Talabalarda maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, shu mashg’ulotlarni bolaning kundalik rejimida tutgan o’rni, mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyatni tashkil qilishning o’ziga xosligi, bolalarning iqtidorini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga xos bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining turlari, tasviriy faoliyatga o’rgatish metod va usullari, tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish, rejalashtirish hamda hisobga olishni o’rgatishdan iborat.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi predmetining rivojlanishi qonuniyatlarini va maktabgacha ta’lim muassasasida maqsadga qaratilgan ta’lim jarayonida bolani bugungi kun talablariga to’liq javob beradigan darajada matematik rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik shart –sharoitlar haqida ma’lumot berish. talabalarda maktabgacha tarbiya muassalarida matematika elementlariga o’rgatishning nazariy asoslari, bolalar matematik rivojlanishining psixologik xususiyatlari, maktabgacha ta’lim muassasasi ishining mazmuni va metodlari haqida bilim berish;talabalarda maktabgacha ta’lim muassasasida matematika elementlariga o’rgatish jarayonini tashkil qilish, mashg’ulotlarni rejalashtirish,mashg’ulot ishlanmalarini tuzish va tahlil qilish, metodik usullar va ta’limiy o’yinlarni tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini tahlil qilishga oid kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish va sh.k.
Ijtimoiy pedagogikaning tibbiy-psixologik, sotsiologik, madaniy-tarixiy, etnografik va falsafiy negizlari. Ijtimoiy pedagogikaning muammolari va ularning turli tarixiy davrlarda hal etilish yo’llari. Hozirgi sharoitda ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishi. Sotsial ishlar metodlari: kommunikativ texnika, huquqiy, tibbiy sotsiologik, ijtimoiy-psixologik va h.k. Sotsial ishlar texnologiyasi: tashhis, adaptatsiya, reabilitatsiya, qariyalarni ta’minlash va yordam berish, xizmat ko’rsatish, konsultatsiya berish, innovatsiya, prognoz kabilar haqida bilim berishdan iborat. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. SHaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob’ektlari va metodlari. Ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O’tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari. Ilg’or pedagogik qarashlar. Jahon ta’lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. Ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta’lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta’lim prinsplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta’lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari. Ta’limni boshqarish shakllari. O’quv-me’yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o’ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta’minlashni bilish, mashg‘ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta’minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.
Bolalarning rivojlanganligi va yutuqlari baholab beriladi;
Bolaning individual rivojlanish ta’minlanadi;
Kadrlar tayyorlash sifati ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi;
Ota-onalarning bola rivojlanishiga oid ko‘nikma va malakalari belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalari:
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
Maktabgacha ta’lim yoshidagi guruhlar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari;
Xalq ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi sho‘balari;
Kasb-hunar kollejlari;
Oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi fakultetlari;
Maktabgacha va boslang‘ich ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar – bu Davlat talablarini qo‘llashlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |