Fanning oʻquv rejadagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Boshlangich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim” fani ixtisoslik fani hisoblanib, 3-kursning 1-semestrida oʻqitiladi. Dasturni amalga oshirish oʻquv rejasida rejalashtirilgan.
Fanning ta’limdagi oʻrni
Ta’lim jarayonini texnologizasiyalash – pedagogik jarayon samaradorligining muhim sharti. Ana shuning uchun ham boʻlajak pedagoglar pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari, ta’lim va tarbiya texnologiyalaridan foydalana olish koʻnikmalarini egallashlari zarur. Ularning pedagogik texnologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini oʻzlashtirishida mazkur fan alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |