283
Sirkullar chizadigan va o′lchaydigan bo′ladi. Chizish sirkuli aylana va
aylana yoylarini chizishda ishlatiladi. Uning asosiy qismlari – uzun oyog′i va qisqa
oyog′i hamda qisqichi hisoblanadi. Chizma qalam bilan chiziladigan bo′lsa, qisqa
oyog′idagi qisqichga qalamli moslama qo′yiladi va gaykasi bilan mahkamlanadi.
Aylana yoki ularning yoylarini chizishga kirishishdan oldin sirkulning grafit
sterjenini va ignasining uchlarini baravar qilib olish kerak.
Bir markazli, turli radiusdagi bir necha aylanalar chizilganda gotovalnyaning
maxsus qadog‘idan (knopkasidan) foydalanilsa, aylanalar markazi yoyilib
ketmaydi va aylanalar o‘z konturidan siljib ketmaydi. Bunda chizilayotgan
aylanalar radiuslarining katta, yoki kichikligiga qarab maxsus qadoqqa nisbatan
sirkul ignasini tegishli qiyalikda maxkamlash kerak.
O′lchamlarni o′lchash chizg′ichdan chizmaga va chizmadan o′lchash
chizg′ichiga ko′chirish uchun rejalash sirkulidan ya′ni o′lchagichdan foydalaniladi.
Sirkulga qalamli moslama o′rniga ignali moslama o′rnatilsa, o′lchagich sirkuli
hosil bo′ladi. O′lchagichdan foydalanishda uning ignalarining ingichka
konussimon uchlarini baravar qilib olish kerak.
Tush yordamida chizmalar chizilganda gotovalnyaning reysfederli
oyoqchalaridan foydalaniladi. Bunda reysfeder oyoqchalari tushga botirilmaydi,
balki tush reysfeder oyoqchalari orasiga biror moslama yordamida tomiziladi.
Chizma qog′ozi O‘zDSt 2.301 ga binoan yuqori sifatli B markali va oddiy O
markali qog′ozlar ishlab chiqariladi. Ikkala turdagi qog′ozning o′ng silliq va teskari
g′adir-budur tomonlari bo′ladi. Chizmalar qog′ozning silliq tomoniga chiziladi.
Qog′ozning g′adir-budur tomoniga akvarel bo′yoqlarida rasm chiziladi.
B markali qog′oz uzoq vaqt saqlanadigan muhim chizmalarni chizish uchun
mo′ljallangan. O markali qog′oz uzoq vaqt talab qilmaydigan chizmalarni chizish
uchun mo′ljallangan. B markali qog′oz O markaligiga nisbatan qattiqroq va
qalinroq bo′ladi.
Shu bilan birga chizmachilikda eskizlar chizishda millimetrli qog‘ozlardan,
hamda nusxa ko‘chirish, ko‘rgazma qurol sifatida kalka qog‘ozlardan xam
foydalanish mumkin.
Chiziq chizishda qalamni to′g′ri ushlash chizmaning chiroyli va to′g′ri
chizilishiga yordam beradi. Qalamni uning ochilgan joyiga yaqinrog′idan uch
barmoq ya′ni bosh, ko′rsatkich va o′rta barmoqlar bilan ushlanadi. Chizish vaqtida
harakat yo′nalgan tomonga bir oz qiyshaytirib ushlanadi. Chiziq chizgan vaqtda
jimjiloq chizg′ich ustidan sirpanib boradi.
Qalamni yerga (polga) tushirib yubormang ya′ni tushib ketishdan asrang.
Aks xolda uning ichidagi grafiti maydalanib ketadi va yaroqsiz holga keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan chizmachilik asboblari
va ulardan foydalanish tartib-qoidalarini qunt bilan o‘rganish,
Do'stlaringiz bilan baham: