Oliy va o‘rta maxsus taʹlim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/158
Sana27.05.2022
Hajmi4,38 Mb.
#611480
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158
Bog'liq
Anjuman toplam Qoqon DPI

yaxlitlik
 
printsipiga asoslanadi. Bu printsip texnologiya loyixasi 
yaratilayotganda pedagogik tizimning barcha elementlarini o`zaro ta’sir ostida 
Pedagogik texnologiya prinsiplari 
Yaxlitlik prinsipi 
Yakuniy natijalarining kafolatlanishi prinsipi 
Egiluvchanlik prinsipi 
Tugallanganlik prinsipi 
O`quv –tarbiyaviy jarayonni loyixalash prinsipi 


117 
bo`lishini va o`zaro bog`likligini e’tiborga olishni taqazo etadi. Ya’ni, ta’lim 
maqsadining qatiy aniqlanishi (nega va nima uchun?) o‘quv jarayoni mazmuni 
(nima?), tashkiliy shakllari (qanday?), o‘qitish metodlari va vositalarini (nima 
yordamida?) saralash va tanlashga ko`maklashishi, shuningdek, o‘qituvchining 
maxorat darajasiga bog`lik xolda didaktik jarayon samarasini aniqlashga imkon 
berishi kerak. 
Yaxlitlik printsipi pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi elementlardan 
birini yangilab yoki o`zgartirib, qolganlariga tegmaslikni, qayta ko`rmaslikni inkor 
etdi. Misol uchun, ta’lim maqsadini o`zgartirib, uning mazmunini yoki o‘qitish 
jarayonini eskicha qoldirish mumkin emas. Nima uchun bugungi kunda 
Respublikamiz xalq ta’limi tizimidla chuqur o`zgarishlar va islohotlar amalga 
oshirilyapti? Birinchidan, ta’lim-tarbiya maqsadi yangilandi-erkin fikrlaydigan 
fukaroni barkamol inson shaxsini shakllantirish zarur. Ikkinchidan, bu ijtimoiy 
buyurtma o`z navbatida ta’lim mazmunini tubdan qayta qurishni, yangi o‘quv 
darsliklari va dasturlarini yaratishni keltirib chiqaradi. Uchinchidan, ta’lim-
tarbiyaning yangi mazmuni axborotlarni o‘quvchi (talaba)larga ma’lum vaqt 
doirasida yetkazish jarayonini tezlashtiruvchi vositalarni talab etadi. Ana shu 
vajdan yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini yaratish Prezidentimiz 
tomonidan olimlarimiz oldiga ko`ndalang vazifa qilib quyilyapti. Pedagogik 
faoliyat yurgizayotgan xar bir shaxe bu muammolarni to`g`ri anglab olishi va 
ta’lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondashishi zarur. 
PT maqsadli ta’lim-tarbiya jarayonini tavsiflaydi. Agar ananaviy 
pedagogikada maqsad muammosiga nazariyachi va amaliyotchilar tomonidan kam 
e’tibor qaratilgan bo`lsa, PTda bu markaziy muammo hisoblanadi va uning ikki 
jihati amalda ajratlib ko`rsatiladi: 1) tashxislanadigan maqsadli ta’lim va o‘quv 
materiallarini o`zlashtirish sifatini ob’ektiv nazorat qilish. 2) umumiy xolda 
shaxsni rivojlantirish. 
PT o‘quv-tarbiyaviy jarayonni oldindan loyixalash va keyingi bosqichda 
bu loyixani sinfda amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Shu boisdan PTning muxim 
printsipi - bu bo`lajak o‘quv-tarbiyaviy jarayonni oldindan loyixalash printsipidir. 
Loyixalangan texnologiya dars mavzuiga ajratilgan vaqt doirasida joriy etilishi 
lozim. O‘quv vaqti PTni oldindan ko`rishda muxim ko`rsatkich xisoblanadi va 
o‘qituvchi uni hisobga olishi shart. Loyixalanayotgan didaktik jarayon sinf 
o‘quvchilarining o`zlashtirish darajasiga mos kelishi, xamma uchun tushunarli 
bo`lishi juda muximdir. Shundagina yakuniy natija qo`lga kiritiladi. 
Yakuniy natijaning kafolatlanishi PTning Yana bir muxim printsipidir. Bu 
tushuncha aslida nisbiy xarakterga ega chunki tuzilagn texnologiya amalga 
oshirilgach, yaxshimi yoki yomonmi, xar qalay ma’lum natijalar bo`lishi- 
o‘quvchilarning o‘quv materiallarini turli darajada o`zlashtirib olishlari tabiiy. 
Biroq bu yerda yakuniy natija tasodifiy va past ko`rsatkichga ega bo`ladi. Gap 
mavjudlik algoritmining (Ma) keyingi ikki bosqichi haqida ketyapti; nazorat 
qiluvchi xarakat (Nx) didaktik jarayonning natijaviy yakunini aniqlab beradi va 
tuzatish amali (Tuz) o‘quvchilarning past o`zlashtirishiga sabab bo`layotgan 


118 
didaktik jarayon xatolarini yo`qotish usullarini ko`rsatadi. Xo`sh yakuniy natija 
qaysi satxda bo`lishi kerak? 
Bu 
savolga 
javobni 
PTning 
juda 
muxim 
printsipi-o‘qitishning 
tugallanganlik 
printsipi javob beradi. O‘quvchining tajribalarni o`zlashtirish sifati 
(a) o`zlashtirish koeffitsienti (Ka) bilan aniqlanishini ta’kidlagan edik. 
Tadqiqotlarning ko`rsatishicha agar Ka >0,7 bo`lsa o‘qitish jarayoni yakuniga 
yetgan, tugallangan deb xisoblanadi va keyingi o‘quv mavzusini o`rganishga 
kirishish mumkin. Agar Ka <0,7 bo`lsa o‘quvchilar bilan yangi mavzuni o`rganish 
faqat «o`zlashtirmovchilar» sonini ko`paytiradi. Shu o`rinda quyidagi xolatga 
aloxida to`xtalish lozim. Mamlakatimiz o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning 
o`zlashtirish sifati - Ka >0,5 bo`lsa, ya’ni o‘quv materialining 55 foizi 
o`zlashtirilsa «konikarli»deb xisoblanayapti. Fikrimizcha, bu ko`rsatkich ta’lim 
tizimini isloh qilishning dastlabki bosqichlari uchun yetarlidir. Sababi uzoq yillar 
davomida shakllangan eski ta’lim tizimi sovet pedagogikasi inqiroziga yuz tutdi va 
mamlakatimizda milliy ta’lim modeli yaratildi. Uning kelgusidagi ijobiy «portlash 
effekt» Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslandi. Ana shu «Effekt» natijasida 
o‘quvchilarning o`zlashtirish sifati xam oshib boraveradi va kelajakda rivojlangan 
davlatlar darajasiga ko`tariladi. Demak, Ka o`zgaruvchan qiymatga ega bo`lib, turli 
davlatlarning ijtimoiy-siyosiy sohasidagi tub o`zgarishlarni xisobga oladi. Misol 
uchun, Amerikacha bixeviorstik kontseptsiyada «muvaffaqiyat qonuni» mavjud 
bo`lib, o‘quvchilar 95 foiz savollarga to`g`ri javob bersagina ta’lim muvaffaqiyati 
tug`risida fikr yuritiladi. 
Zamonaviy ishlab chiqarish o`zida «egiluvchan avtomatlashtirilgan 
tizim»ni mujassam etganligi bilan ajralib turadi. Bugun yangi texnologiyalar 
almashuvchanlik xususiyatiga ega: zarurat tug‘ilsa Yangi maxsulot turiga mos 
xolda ishchi o`rinlar qayta jixozlanib, texnologik jarayon tuzilmasi zudlik bilan 
o`zgartiriladi. Texnologiyaning bu sifat ko`rsatkichi egiluvchanlik deb yuritiladi. 
Egiluvchanlik 
PTlarga xos asosiy printsip xisoblanadi yoxud u PTning 
qo`llanish soxalarini ta’lim mazmuni xajmiga mos xolda birmuncha kengaytiradi. 
Gap shundaki, u yoki bu mavzu bo`yicha loyixhalangan texnologiya xech 
bo`lmaganda fan bo`limlari chegarasida egiluvchanlik xususiyatiga ega bo`lishi 
kerak. O‘qituvchida kam kuch va kam vaqt sarfi evaziga fan mavzulari bo`yicha 
didaktik jarayon tuzilmasini tashxisli maqsadga muvofik tarzda almashtira olish 
yoki qaytadan loyixalash imkoni mavjud bo`ladi. Misol uchun, fizika fanining 
«Kuch» mavzusi bo`yicha loyixalangan texnologiya aniq o`rnatilgan mavzu 
maqsadiga muvofiq kichik o`zgarishlar bilan «Ish» mavzusi uchun xam qo`llash 
imkoni bo`lsa, shubxasiz, loyiha muallifi egiluvchanlik printsipiga tayanib ish 
ko`rgan bo`ladi. 
Egiluvchanlik printsipi asosida yaratilgan PTlar ta’lim bosqichlarining 
turlari uchun xam qo`l keladi. Bu yerda fan dasturi mavzulari bo`yicha UE soni va 
ularning mazmuni xajm jihatidan o`zgaradi, xolos.
Shunday qilib, PTning egiluvchanligini ta’minlash o‘qituvchidan didaktik 
jarayonni ko`rish qonuniyatlari bilan chuqur tanish bo`lishni taqazo etadi. 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish