Oliy va o‘rta maxsus taʹlim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/158
Sana27.05.2022
Hajmi4,38 Mb.
#611480
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158
Bog'liq
Anjuman toplam Qoqon DPI

Adabiyotlar ruyhati: 
1.SH.S.SHaripov, N.A.Muslimov. “Texnik ijodkorlik va dizayn” o‘quv qo‘llanma. 
Toshkent-2007 yil 
 
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA TEXNOLOGIYA FANINI 
O‘RGANISH BOSQICHLARI 
 
Muxitdinova Jamilaxon Ruslanovna, Sayfitdinov Anvarjon Sadritdinovich - 
Namangan DU

 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola
 
ta’lim sohosida amalga oshirilayotgan 
islohotlar, Texnologiya fanini ta’lim sifatida mazmunan modernizatsiyalash va 


113 
samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Shu bilan birga maqolada 
Texnologiya o‘quv fani dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 
maktab o‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirish va 
tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. 
Kalit so‘zlar
: Texnologiya o‘quv fani dasturi, Texnologiya va dizayn, 
Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi, Ro‘zg‘orshunoslik
asoslari, yakuniy natija. 
Abstract: 
This article is devoted to the ongoing reforms in the field of 
education, the modernization of the content and effectiveness of technology 
education as education. In addition, the article discusses the changes in the 
curriculum of the subject of Technology, and issues related to the planning and 
organization of classes and workshops in general secondary schools. 
Keywords: 
Technology Curriculum, Technology and Design, Polymer 
Material Processing Technology, Basics of Home Economics, final result
 
Mamlakatimizda ta’lim sohosida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan Texnologiya (mehnat) ta’limini 
mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish 
dolzarb vazifalardan hisoblanadi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 
apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim 
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”dagi 187-sonli qarori 1-ilovasining 4-bobida 
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat ekanligi belgilangan: 

umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; 

umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi; 

umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; 

baholash tizimi. 
Texnologiya o‘quv fani dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar: 
1. Texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi va
vazifalari yangidan takomillashtirildi. 
2. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida umumta’lim fanlarini o‘rganish 
bosqichlari kiritildi. 
3. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetentsiya 
elementlari kiritildi. 
4. “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishibo‘yicha 5-7 sinflar uchun 
“Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi” va “Ro‘zg‘orshunoslik
asoslari”, 
8-9 sinflar uchun “Elektronika asoslari” bo‘limlari yangidan kiritildi. 
5. 
“Servis xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha 5-9 sinflar uchun 
“Ro‘zg‘orshunoslik asoslari” bo‘limi yangidan kiritildi. 
6. 9-sinf o‘quvchilarini kasblarni to‘g‘ri va ongli tanlashlari orqali 
kelgusi ta’lim yo‘nalishini mustaqil ravishda belgilash kompetentsiyalarini 
shakllantirish maqsadida “Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” 


114 
yo‘nalishlarida birinchi chorakdan boshlab “Kasb tanlashga yo‘naltirish” bo‘limi 
o‘qitilishi belgilandi. 
7. “Qishloq xo‘jaligi asoslari ” yo‘nalishi umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejasida belgilangan “Biologiya” fanlari 
tarkibida o‘qitiladi. Mazkur yo‘nalishda berilgan mavzular botanika, biologiya va 
shu kabi tabiiy fanlar mavzusi bilan bir xilligi, aynan olgan bilim tajribada 
ko‘nikma va malakaga aylantirishga zarurligi inobatga olinib, Texnologiya 
fanining o‘quv dasturidan chiqarildi. 
8. 
Texnologiya 
o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va 
ixtisoslashtirilgan maktablarning dasturlari umumiy o‘rta ta’lim maktabi dasturi 
bilan uzviylashtirilgan holda ishlab chiqildi. 
9. Dasturga kiritilgan mavzular va nazorat ishlari alohida tartibda 
ajratib berildi. 
10. “Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” yo‘nalishlari 
bo‘limlariga ajratilgan soatlar mavzular mazmuni va hajmidan kelib chiqqan holda 
qayta taqsimot qilindi. 
11. Texnologiya fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflarda “Iqtisod 
alifbosi”, yuqori sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari”, “Hayot xavfsizligi 
asoslari” hamda “Iqtisod saboqlari” o‘quv kurslari singdirildi. 
Maktab o‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirish 
va tashkil etish, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiriuvchi maqsadlarni belgilash, 
kerakli jihozlarni mashg‘ulotga tayyorlash hamda xavfsizlik texnikasi 
qoidalari bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda 
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim 
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 
“Texnologiya” fanidan o‘quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan davlat ta’lim standarti va Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 3 
iyundagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarlari talablari asosida 
takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish
to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Texnologiya” fani 
o‘quv dasturi asosida texnologiya faniga yangidan 5-9-sinflar uchun
“Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi”, “Ro‘zg‘orshunoslik 
asoslari”, “Elektronika asoslari” bo‘limlari bo‘yicha ham metodik qo‘llanmalar 
tayyorlanib nashr qilingan. 
Texnologiya fani darslarining asosini amaliy mashg‘ulotlar tashkil 
qiladi. Shu jihatdan ham bu fan boshqa fanlardan o‘ziga xos ravishda tashkil 
qilinishi bilan ham ajralib turadi. Shunday ekan, tashkil etiladigan amaliy 
mashg‘ulotlarda nazariy mashg‘ulotlarda olingan bilimlarni amalda, hayotiy 
tajribalar asosida mustahkamlanadi. Bu jarayon bevosita o‘quvchilar ishtirokida 
amalga oshirilishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, tashkil 
etiladigan amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarga bilim berishning asosiy tashkiliy 
shakllaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda turli interfaol metodlardan foydalanib 
amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samarali hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarning 


115 
alohida va o‘ziga xos xususiyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi. Ular ijodiy ishlaydilar, 
berilgan muammo ustida qo‘shimcha manbaalar hamda o‘z kuzatishlari asosida
xulosalar chiqaradilar, yangi g‘oya va fikrlar asosida o‘zlariga ishonch, 
do‘stlari fikriga xurmat bilan qarash sifatlari tarkib topadi. Bunday amaliy
mashg‘ulotlarda belgilangan maqsad va vazifalar amalga oshiriladi va 
yakuniy natija kafolatlanadi 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish