T1 va T2 – tashkiliy–texnik tadbirlardan oldingi va keying mahsulot birligining mehnat sarfi yoki sig’imi, soat.
Hisoblarni rejadagi ishchilar sonini aniqlashda davom ettiramiz:
Isr =Isd -∆Is
Bir ishchiga to’g’ri keluvchi rejalashtirilgan mehnat unumdorligi aniqlanadi.
Bir ishchiga to’g’ri keluvchi rejalashtirilgan mehnat unumdorligining o’sishi
aniqlanadi.
∆Mu=Mu(r)-Mk(b)/Mu(b)x100 Ikkinchi yondashuv ishchilar soni indeksiga asoslanadi. Isr=Is(b)x I(i)
bu yerda:
Is(b) – bazis davridagi ishchilar soni;
I(i) – ishchilar sonining o’zgarish indeksi.
Ishchilar soni indeksi mahsulot ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, mehnat sig’imi va o’rtacha ish haqi kabi ko’rsatkichlar dinamikasiga bog’liqdir.
Qisqacha xulosalar
Korxonada jami ishlovchilar ikki guruhga bo’linadi, ya’ni birinchi guruhga ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar va ikkinchi guruhga noishlab chiqarishdagi xodimlar kiradi. Ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar ham o’z navbatida 7 toifaga bo’linadi: rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar, ishchilar, kichik xizmat ko’rsatuvchilar, qoravullar va o’quvchilar.
Korxonada ishlovchi ishchilar sonini rejalashtirishda boshlang’ich ma’lumot bo’lib natura ifodadagi ishlab chiqarish hajmi, mehnat me’yorlari, ish vaqti byudjeti hisoblanadi.
Ish vaqti balansi har yil hisoblanib, ishchilar sonini, ularga to’lanadigan ish haqi miqdorini aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxonada ishlovchilar sonini rejalashtirishda ishlovchilar toifalarining ratsional asosligiga erishish, ishchilar ulushining oshishi va boshqaruv, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar miqdorini kamaytirishga erishish zarur.
Nazorat uchun savollar:
Korxonadagi kadrlar strukturasi tasnifini yoriting?
Ishchilarning haqiqiy va ro’yxatdagi soni tushunchasini yoriting?
Ish vaqti balansi nima?
Ish vaqti balansini rejalashtirish tartibini yoriting?
Ishchilar sonini rejalashtirish usullarini tasniflang?
Yiriklashtirilgan usulda ishchilar sonini rejalashtirish tartibini yoriting?
Ishchilar soni bo’yicha iqtisodni aniqlash formulalarini keltiring va izohlang?
Test savollari:
Zaruriy ishchilar sonini aniqlash uslubiga quyidagilar kirmaydi:
Mahsulot birligiga sarflangan vaqt sig’imi bo’yicha;
Vaqt birligi davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bo’yicha;
Xizmat ko’rsatish me’yori bo’yicha;
Foyda me’yori bo’yicha.
Korxonaning ro’yxatdagi ishlovchilar soni quyidagilardan tarkib topadi:
Doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilingan xodimlar;
1 kun muddat bilan doimiy va vaqtinchalik ishlarga qabul qilingan xodimlar;
1 kun va undan ko’proq muddatga doimiy va vaqtinchalik ishlarga qabul qilingan xodimlar;
A va B javoblar to’g’ri.
Ro’yxatdagi ishchilar soni bilan haqiqiy ishchilar soni orasidagi farq ...
Imtiyozli ruxsat etilgan ishga chiqmaslik kunlari hisobiga yuzaga keladi;
Ish kuni davomida yuz beradigan tashkiliy-texnik tanaffuslar hisobiga yuzaga keladi;
Ishchilarning ishga sababsiz kelmagan kunlari hisobiga yuzaga keladi;
Doimiy va mavsumiy ishlarga jalb qilingan ishchilar soni orasidagi farqdir.
Korxonada rejalashtirilgan mahsulot hajmi 40 ming dona bo’lib, samarali ish vaqti fondi 1800 soatni tashkil etadi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi 1,1 soatni tashkil etadi. Zaruriy ishchilar soni quyidagiga teng bo’ladi:
20 ta;
18 ta;
19 ta;
21 ta.
Mahsulotni ishlab chiqarish 5 ta liniyada 2 smenali ish rejimi asosida amalga oshiriladi. Xizmat ko’rsatish normasi 0,25 ga teng. Zaruriy ishchilar sonini aniqlang.
35 ta;
42 ta;
40 ta;
45 ta.
Korxonada rejalashtirilgan mahsulot hajmi 81600 dona bo’lib, bir operatsiyani bajarish vaqti 48 minut. Mahsulot ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish koeffitsienti 1,2 ga teng. Samarali ish vaqti fondi 236 kun. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Zaruriy ishchilar sonini aniqlang.
20 ta;
29 ta;
31 ta;
27 ta.
Korxonaning ishlab chiqarish hajmi 7000 dona mahsulotni tashkil qiladi. Ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni 200 kishi bo’lib, ishlab chiqarish hajmini 15% ga oshirish ko’zda tutiladi. Reja yili uchun ishchilar soni quyidagiga teng bo’ladi:
230 kishi;
240 kishi;
250 kishi;
210 kishi.
Ruxsat etilgan imtiyozli ishga chiqmaslik kunlari 24 kunni, nominal ish vaqti fondi 254 kunni tashkil etadi. Ishchilarning haqiqiy soni 170 kishi bo’lib, ularning ro’yxatdagi soni quyidagiga teng bo’ladi:
190 kishi;
189 kishi;
185 kishi;
187 kishi.
Smenalik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 100 dona mahsulot bo’lib, bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt 70 minutni tashkil qiladi. Smena davomiyligi 480 minut, mahsulot ishlab chiqarish hajmini 100% ga bajarish ko’zda tutiladi. Ishchilar soni quyidagiga teng bo’ladi:
19 kishi;
10 kishi;
17 kishi;
15 kishi.
Ishchilarning haqiqiy va ro’yxatdagi ishchilar sonin aniqlang. Sexdagi jihozlar soni 180 tani tashkil etadi. Xizmat ko’rsatish normasi bir smenaga 6 ta jihoz. Smenalik koeffitsienti 1,45 ga teng. Samarali ish vaqti fondi 230 kun. Nominal fond 260 kun.
A. 40, 50;
B. 44, 50;
C. 45, 55;
D. 48, 52.
XIII BOB. KORXONADA MEHNATGA HAQ TO’LASH FONDINI
Do'stlaringiz bilan baham: |