Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi


VOYAGA YETILISH VA KO‘PAYISH BOSQICHI



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

VOYAGA YETILISH VA KO‘PAYISH BOSQICHI
. Bu bosqichda o‘simliklar eng hayotiy 
darajada bo‘lib, shonalar, gullar, urug‘lar va mevalar hosil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘simliklar 
rivojlanish xususiyatlari asosida bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik guruhlarga bo‘linadi. Ularning 
ontogenezlari bir-biridan keskin farq qiladi. 
Hayotida bir marta gullab va meva tuguvchi o‘simliklar monokarpik deyiladi. Bularga barcha
bir yillik o‘simliklar , ayrim ikki yilliklar (sabzi, karam, piyoz) kiradi. Ko‘p yillik o‘simliklarning ichida
ham monokarpiklar bor. Masalan, bambuk 20-30 yil yashab bir marta gullaydi va mevasi yetilgandan 
keyin quriydi. Meksika agavasi vatanida 8-10 yilda va Yevropada 50 yilda bir marta gullaydi (gul 
to‘plamining balandligi 10 m ga bo‘lib, 1,5 mln ga yaqin gulchadan iborat). O‘rta Osiyo cho‘llarida 
yashaydigan Ferula o‘simligi ko‘p yil yashaydi, hayotida bir marta gullaydi va o‘ladi. 
Hayotida ko‘p marta gullab meva tugadigan o‘simliklar polikarpik o‘simliklar deyiladi. Bularga 
barcha ko‘p yillik o‘simliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Barcha mevali daraxtlar ham shular 
jumlasiga kiradi. 
O‘simliklarning gullash bosqichiga o‘tishi murakkab jarayonlardan iborat bo‘lib u ichki va tashqi 
omillarga bog‘liq. Ekologik omillardan harorat (yarovizatsiya), sutkaning yorug‘lik va qorong‘ilik 
davrlarining almashib ta’sir etishi (fotoperiodizm) yoki endogen omillar o‘simliklarning gullash 
jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Yarovizatsiya, ya’ni past haroratning ta’siri asosan kuzgi o‘simliklar uchun zarur hisoblanadi. 
Bunday zarurat bo‘lmagan o‘simliklarga -bahorilar deyiladi. Yarovizatsiya odatda 1-3 oygacha davom 
etib, eng samarador harorat 0
0
dan 7
0
С gacha hisoblanadi. Issiqsevar o‘simliklarda esa 10-130S bo‘lishi 


95 
mumkin. Shu omilning ta’siri asosan bo‘linib ko‘payish jarayonidagi faol hujayralarda sodir bo‘ladi 
(murtakda,poyada va barglardagi apikal meristemalarda). Bu jarayonlarning fiziologik tabiati hozirgacha 
to‘la o‘rganilmagan. Lekin ayrim o‘simliklarning to‘qimalarida yarovizatsiya natijasida ko‘payishi 
aniqlangan. Ayrim o‘simliklar yarovizatsiyasiz gullaydi, boshqalarining esa gullash vaqti past harorat 
ta’sir etganda ancha tezlashadi. 
Birinchi marta fotoperiodizm tushunchasini amerikalik olimlar U.Garner va G.A.Allard (1920-
1923) kiritdilar. Sutka yorug‘lik davrining uzun yoki qisqa bo‘lishi ham o‘simliklarning gullash tezligiga 
faol ta’sir etadi. Bu ta’sir o‘simlik turlariga bog‘liq bo‘lib,ular uzun kunlik (DD), qisqa kunlik (KD) va 
neytral gruppalarga bo‘linadi. Uzun kunlik (ya’ni sutkaning yorug‘lik davri qorong‘ilikka nisbatan uzun 
bo‘ladi) o‘simliklarga asosan g‘allalar, kungaboqar, lavlagi va boshqalarni misol qilish mumkin. Bu 
o‘simliklar sutkaning yorug‘lik davri qancha uzun bo‘lsa shuncha tez gullash bosqichiga o‘tadi (110-
rasm). Qisqa kunlik o‘simliklarga - sholi, kanop, makkajo‘xori, g‘o‘za, tamaki va boshqalar kiradi. Bu 
o‘simliklar sutkaning yorug‘lik davri 12 soatdan kamroq bo‘lganda tezroq gullaydi. Ayrim o‘simliklar -
grechixa,no‘xat va boshqalarning gullash tezligiga kunning uzunligi ta’sir etmaydi. 
O‘simliklar fotoperiodik ta’sirni asosan barglari orqali qabul qiladi. Chunki barglarda 
fitogormonlar uchraydi va ular to‘lqin uzunligi 660 nm va 730 nm bo‘lgan qizil nurlarni o‘zlashtiradi. 
84-rasm. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish