Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi


§ 1.3. Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etishning kasbiy-



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/71
Sana25.03.2023
Hajmi1,21 Mb.
#921524
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

§ 1.3. Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etishning kasbiy-
tuzilmaviy muammolari 
Izlanishlar tahlili sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etishning 
konseptual modellari yetarlicha ishlanmaganligi, hali hanuz ayrim shifokorlarda ham, aholi 
o‘rtasida ham psixolog, psixoterapevt, psixonevrolog, psixiatr mutaxassisliklarini yetarlicha 
farqlamaslik, ularni aralashtirib yuborish, noto‘g‘ri idrok etish xollari kuzatiladi. 
Z.R.Ibodullaev ana shu doirada har bir mutaxassislik bo‘yicha tushuntirish berib o‘tar 
ekan, psixoterapevt bemorlarni davolashda psixologik usullardan keng foydalanuvchi vrach, 
demak, psixoterapevt vrach va u tibbiy psixologiya bo‘yicha magistratura bosqichida yetishib 
chiqadi, deb e’tirof etadi. Psixonevrolog xulq-atvorning turli darajadagi buzilishlari bilan 


namoyon bo‘ladigan kasalliklarni davolovchi vrach. Masalan, nevroz, isteriya, psixoz, fobiya, 
depressiya v h.k. Demak, biroz yengil ifodalangan ruhiy buzilishlarni psixonevrologlar 
davolashadi. Psixonevrologlar psixiatriya bo‘yicha maxsus kurslarda yoki magistraturada 
tayyorgarlikdan o‘tadi. Neyropsixolog – nevrologiya va psixologiya ilmini chuqur biladigan 
mutaxassis. Neyropsixologlar tibbiy psixologiya kafedrasida tahsil oladilar. Psixiatr shaxsdagi 
keskin o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘luvchi ruhiy buzilishlarni davolaydi (shizofreniya, suitsid 
va h.k.) [36]. 
Bir qator mualliflar davolash-korreksion ishlarda individual, guruhiy va oilaviy 
mashg‘ulotlar, o‘yin terapiyasi, adaptatsion-korreksion treninglar, ertakterapiya, artterapiya, 
psixodrama, qum bilan ishlash usullarini keng qo‘llashni taklif etadilar. Somatik kasalliklarda 
psixoterapiya kasallikning klinik ko‘rinishlarini kamaytirish, bemorning ijtimoiy faolligini 
oshirishga qaratilishi lozimligini ta’kidlaydilar [127].
Ye.S.Dyachkova zamonaviy sivilizatsiyaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, jamiyatda 
inson shaxsi rolining ortib borishi kuzatilayotgan bir paytda sog‘liqni saqlash tizimida psixologik 
xizmatni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtirib, mazkur masala birinchi 
navbatda bo‘lg‘usi shifokorlar va psixologlarni ana shu tizimda faoliyat yuritishga tayyorlash 
bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratadi. Har qanday shifokor bemor shaxsini, emotsional holatlarini, 
yoshga oid psixik rivojlanish xususiyatlarini bilishi va bemor bilan psixologik aloqa o‘rnata 
olish, turli kasalliklarning etiopatogenezida psixik omilning rolini aniqlay bilish, davolash 
jarayonida psixologik usullarni ham qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, 
har qanday kasallikni davolashda ham shifokor, ham psixolog birgalikda faoliyat yuritishi, 
bemorda o‘z kasalligi haqidagi tasavvurlarning yuzaga kelishida psixik va somatik 
jarayonlarning o‘zaro ta’sirini, bemor tomonidan o‘z kasalligini anglash dinamikasini aniqlay 
olish, terapevtik maqsadlarda bemorda adekvat shaxslilik ustanovkalarini shakllantirish davolash 
samaradorligini oshiradi va bemor ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlaydi [33]. 
Bir qator mualliflar zamonaviy psixologiyada ideografik yo‘nalish ustunligi tendensiyasi 
kuzatilayotganligi, turli kasalliklar bilan xastalangan bemorlarning shaxsiga oid xususiyatlarini 
aniqlash dolzarb xarakterga ega bo‘lib, bemorlar bilan psixokorreksiya, psixoterapiya va 
reabilitatsiya tadbirlarini olib borishning turli jabxalarini aks ettirishini ta’kidlaydilar [93]. 
So‘nggi yillarda psixologik konsultatsiya tibbiyot psixologiyasiga ham shahdam 
qadamlar bilan kirib keldi. Psixosomatik kasalliklar ko‘rinishlarining ortib borishi, har bir 
kasallik orqasida psixologik muammoning mavjud bo‘lishi, xavotirlanish va qo‘rquv 
somatizatsiyasi muammolari tibbiyot muassasalarida ham psixologik konsultatsiyani yo‘lga 
qo‘yishni taqozo etmoqda. 
Bir qator mualliflar fikricha, tibbiyot muassasalarida psixolog faoliyati ikki qutbli bo‘lib, 


bir tomoni psixologik konsultatsiya, ikkinchi tomoni esa psixoterapiyadan tashkil topadi 
[26,41,70,77,112,114]. Psixologik yordamni bu ikki sohasining taqsimlanishi murakkab vazifa 
bo‘lib, profesional psixolog o‘zining nima bilan shug‘ullanayotganini aytishi qiyin – 
konsultatsiya bilan shug‘ullanadimi yoki psixoterapiya bilanmi, aniqlab berishi mushkul. 
Konsultatsiyada ham, psixoterapiyada ham aynan bir klient va psixoterapevt shaxsiga 
qo‘yiladigan talablar mavjud bo‘ladi. Har ikkala holatlarda ham mijozga yordam konsultant 
(psixoterapevt) va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga asoslanadi. Bu ikkala sohani bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan qiyinchiliklari tufayli ba’zi amaliyotchilar “psixologik konsultatsiya” va “psixoterapiya” 
terminlarini sinonim sifatida qo‘llaydilar. Xolbuki juda ko‘p mamlakatlarda mazkur kasblar 
alohida talqin etilsa-da, ularni qisman ajratish uchun asoslar yetarlichadir.
Tibbiyot psixologiyasining “Psixosomatika” bo‘limida duch kelinadigan psixologik 
muammolar ko‘lamiga to‘xtaladigan bo‘lsak, yuqoridagi fikrlar mazkur bo‘limga ham tegishli 
ekanligi shubhasiz. Klinik-psixologik amaliyotda ham deyarli har kuni inson hayotining turli 
jabhalari bilan to‘qnash kelishga to‘g‘ri keladi. Konsultant mijoz (u albatta qandaydir surunkali 
psixosomatik kasallik bilan xastalangan bemor) bilan birgalikda uning unchalik e’tiborga molik 
bo‘lmagan yoki o‘ta muhim muammolarini muhokama qiladi va unga yordam berishga harakat 
qiladi. Jumladan, kundalik tanlovlar motivlarini anglab olishda, juda emotsional muammolarni 
va shaxslararo munosabatlardagi chigalliklarni hal etishda, ichki nizolarni yengishda, kasallik va 
davolash jarayoniga munosabatni o‘zgartirishda va h.k. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, hali xanuz 
mamlakatimizda tibbiyot muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish tuzilmasi aniq 
belgilanmagan [113,117,122]. Tibbiyot psixologiyasida ishlovchi psixolog kim? U qanday 
maqomga ega? Faoliyatini qanday tashkil etganda u shifokorning yaqin maslahatchisi bo‘la oladi 
va bemor salomatligini tiklashda ko‘maklasha oladi? Psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan 
bemorlarga psixologik konsultativ xizmat qanday tashkil etilishi kerak? Universitetlarni bitirgan 
psixolog kadrlar tibbiyot muassasalarida davolash jarayonlarida ishtirok etishi uchun qanday 
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim? Hozircha bu savollarga to‘liq va aniq javob 
berish mushkul.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda dunyo miqyosida bo‘lgani kabi 
mamlakatimizda ham tibbiyot tizimi faoliyatida psixologik xizmatni tashkil etish zarurati 
mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Tegishli mutaxassislikka ega 
shifokorlar tibbiy ixtisoslashuvining litsenziyalanadigan turlari bo‘yicha shifokorlar lavozimini 
egallashi mumkin bo‘lgan tibbiy mutaxassisliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 22 
avgustdagi 2915 raqamli buyrug‘ida “Tibbiy psixologiya va psixoterapiya shifokori” bo‘yicha 
egallash mumkin bo‘lgan lavozimlarga “Psixiatriya” mutaxassisligi kadrlari taklif etilgan. Bu esa 


universitetlarning psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan mutaxassislarning tibbiyot 
muassasasida o‘z kasbi bo‘yicha xizmat qilishini chegaralaydi. Bugungi kunda Toshkent tibbiyot 
akademiyasi va Toshkent pediatriya institutlarida “Tibbiy psixologiya” ixtisosligi bo‘yicha 
magistratura bosqichida tibbiy psixologlar tayyorlanmoqda. Biroq kuzatishlarimiz tibbiyot 
oliygohlarida tayyorlanayotgan mutaxassislarning psixologiya bo‘yicha bilimlari yetarlicha 
emasligini ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida universitetlarni “Psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 
tamomlagan mutaxassislarni ham meditsina sohasi bilimlaridan ancha yiroqligini ko‘rishimiz 
mumkin. Fikrimizcha, har ikkala yo‘nalish integratsiyasiga erishish zarur, ya’ni psixologlarga 
meditsinadan, meditsina oliygohlari talabalariga esa psixologik bilimlarni chuqurroq o‘rgatish 
zarur. Ana shundagina biz tibbiyot muassasalari faoliyatida samarali psixologik xizmat tizimini 
yo‘lga qo‘yishimiz uchun keng imkoniyatlar ochiladi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish