Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/71
Sana25.03.2023
Hajmi1,21 Mb.
#921524
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

Qo‘shimcha adabiyotlar 
9.
Abdullaeva Sh.A., Axatova D.A., Sobirov B.B., Sayitov S.S. Pedagogika, O’quv qo’llanma. 
Toshkent. 2004 y. 
10.
Ziyamuhamedov B. Pedagogika, O’quv qo’llanma. Toshkent. 2014 y.
3. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya, Darslik. Toshkent. 2008 y.
4. Iskandarova Sh.T., Shoyimova Sh.S., Mirzaeva N.A. Psixologiya, Darslik. Toshkent. 2010 y. 
5. Karimova V.M. Psixologiya, O’quv qo’llanma. T.: Sharq. 2002 y. 6. Kudryavaya N.V., 
Ye.M.Ukolova, Smirnova N.B., Voloshina Ye.A., Zorin K.V. (Pod obщey redaksiey: 
N.V. Kudryavaya
)
Pedagogika v meditsine, Uchebnoe posobie. Moskva. 2012 g. 
6. Melibaeva R.N. “Bilish jarayonlari” modulini o’qitishda innovasion ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish, o’quv-uslubiy qo’llanma – Toshkent, 2020 y. 
7. Melibaeva R.N. Talabalar tafakkurini amaliy o’rganish va rivojlantirish usullari, O’quv-
uslubiy qo’llanma – Toshkent, 2020 y. 
8. Nemov R.S. Psixologiya, M.: Vlados, Kniga 1-2 tom. 2003 g. 
9. Novgorodseva I.V. Pedagogika v meditsine. Praktikum, Uchebnoe posobie. Izdatelstvo 
«FLINTA». 2017 g. 
10.Podlasыy I.P. Pedagogika, Kniga v 2 tomax. Moskva. Vlados. 1999 g. 
11.Umarov B.M. Psixologiya, Nopedagogik oliy ta’lim yo’nalishi talabalari uchun darslik. 
Toshkent. 2011 y.
12. 
Shoyimova Sh.S. Muloqot psixologiyasi, O’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent. 2017 y.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
6-mavzu: Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etishning 
o‘ziga xos xususiyatlari 
Tibbiy adabiyotlarda ma’lumot berilishicha, poliklinikalarda nevropatologga murojaat 
etayotgan bemorlarning 49-57%i, terapevtlarda davolanayotgan bemorlarning 34-47%i 
psixoterapevtik muolajaga muhtoj. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, psixologlar barcha klinik 
va davolash-profilaktika yo‘nalishlarida ishlashlari zarur va ularning har birida o‘ziga xos 
vazifalar bajarilishi kerak. Bir qator mualliflar fikricha, tibbiyotdagi real holatni inobatga 
olganda tibbiy-psixologik xizmatning quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini ajratish mumkin: 
-
bolalar va o‘smirlar uchun tibbiy-psixologik xizmatni yaratish; 
-
kasalxonadan tashqaridagi tibbiy-psixologik xizmatni rivojlantirish; 
-
somatik, nevrologik va nerv-psixik kasalliklarga chalingan bemorlarni tibbiy-
psixologik reabilitatsiyasi bo‘yicha psixologik xizmatni yaratish; 
-
tez tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini yaratish [55,57,80].
Bolalar va o‘smirlar uchun psixologik xizmatning yo‘lga qo‘yilishi psixik rivojlanishdagi 
buzilishlarni erta aniqlash va korreksiya qilish, oliy psixik funksiyalar patologiyasi mavjud 
bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashda konsultativ yordam ko‘rsatish, irsiy, somatik, psixik 
buzilishlar, pubertat davri inqirozlarida xulq-atvor buzilishlari kuzatilganida yordam berishga 
yo‘naltirilishi zarur.
V.V.Guldan fikricha, poliklinikalarda tibbiy-psixologik yordam kabinetlari tarmoqlarini 
tashkil etilishi hamda “tibbiy psixolog” lavozimining joriy qilinishi aholiga qulay va yuqori 
sifatli tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi. Mazkur kabinetlarda faoliyat 
yurituvchi psixologlarning asosiy vazifasi psixosomatik va somatopsixik buzilishlarni, 
chegaraviy asab-ruhiy va kasallik oldi holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda psixokorreksion 
tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi [29]. 
Tibbiy-psixologik xizmat shuningdek, somatik, nevrologik va asab-ruhiy xastaliklar bilan 
og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilish tizimida ham muhim o‘rin egallaydi. Bu borada psixolog 
bemorga psixik va bosh miya funksiyalari buzilishlarini neyropsixologik va patopsixologik 
diagnostika qilish, bemor shaxsiga xos xususiyatlardagi o‘zgarishlarni korreksiya qilish, 
ikkilamchi psixoprofilaktik chora-tadbirlar olib borish, zarur bo‘lganda psixoterapevtik 
muolajalarni amalga oshirish orqali yordam ko‘rsata oladi. Mualliflar fikricha, tez tibbiy-
psixologik yordam tarmoqlari tez tibbiy yordam markazlari qoshida tashkil etilib, tabiiy va 
texnologik falokatlar, o‘z joniga qasd qilishga intilish vaziyatlari, ijtimoiy nizoli vaziyatlarda 
yordam ko‘rsatishga qaratilishi kerak. Bolalar poliklinikalari va kasalxonalarida psixologik 


monitoring tajribasi jahon mutaxassislari tomonidan e’tirof etilmoqda. Masalan, Fransiyada 
bolaning statsionarda uch-to‘rt hafta davolanishi davomida psixologik tekshiruv va konsultatsiya 
olib boriladi, rivojlanishdan orqada qolish yoki boshqa psixik buzilishlar aniqlanadi. Bu boradagi 
ishlarni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa go‘daklik va ilk bolalik davrida o‘ta muhim. Chunki mazkur 
davrda bolalar hali professional psixologlar faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari nazoratidan 
tashqarida bo‘ladilar [ 25,33,35]. 
Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish zarurati bugungi kunning 
dolzarb masalasi ekanligiga qaramay, shifokorning kundalik amaliyoti jarayonida psixologiya va 
meditsinaning konstruktiv o‘zaro ta’siri muammosi o‘z yechimini topmagan va bu boradagi 
munozaralar hali hanuz poyoniga yetgani yo‘q. Mazkur muammolar A.V.Zavyalov va 
V.V.Plotnikov, V.M.Bleyxer va S.N.Bokov maqolalarida bayon etilgan [21,22, 56,74,78,79]. 
Mualliflar fikriga ko‘ra, meditsina uchun psixologiyaning roli juda muhim ekanligi tan olinsada, 
tibbiyot psixologi kasbining hamda sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatning shakllanishi 
juda sekin sur’atlarda yuz bermoqda. Shu holat muhimki, shifokor va tibbiyot psixologining 
davolash jarayonidagi huquq va haqqoniy rollari turlichadir. Shifokor kasallik tashxisini 
aniqlaydi, davolash muolajasini belgilaydi, uning samaradorligini nazorat qiladi, murakkab 
davolash ishlarini (masalan, operatsiya) amalga oshiradi. U diagnostik va davolash jarayonlarida 
o‘z xatolariga ma’nan va huquqiy jihatdan javob beradi. Buning natijasida bemorni davolashdagi 
terapevtik muvaffaqiyat shifokorning xizmati sifatida qaraladi. Bizning fikrimizcha, davolash 
jarayonida psixologning roli esa aniq emas. Ko‘pincha u yordamchi o‘rinni egallaydi va uning 
vazifasi bemorning kognitiv, shaxsga xos va emotsional xususiyatlarini o‘rganish bilan 
chegaralanadi. Psixokorreksion bosqichga kelganda esa birinchidan, psixologning mazkur 
tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha haq-huquqlari belgilab berilmagan. Ikkinchidan, psixolog, ayniqsa 
universitet ma’lumotiga ega bo‘lgan psixolog bo‘lsa, u tibbiyot fanidan yetarlicha bilimga ega 
bo‘lmaganligi bois, shuningdek, bemor uchun avvalambor, davolovchi shifokor mas’ul 
hisoblangani uchun, o‘z kasbiy xatti-harakatlari bo‘yicha doimiy ravishda davolovchi shifokor 
bilan maslahatlashib ish ko‘rishi kerak bo‘ladi. Davolovchi shifokorlar esa har doim ham 
psixologik yordam va psixokorreksion tadbirlar samaradorligiga yetarlicha baho beravermaydilar 
va tibbiy muolajaga asosiy jarayon sifatida qaraydilar. Natijada bir tomondan bemor psixolog 
yordamisiz qoladi, ikkinchi tomondan psixolog ko‘nikma va malakalari amaliyotda 
shakllanishiga to‘siq paydo bo‘ladi. Juda ko‘p mualliflarning fikricha, shifokorlar ko‘pincha 
tibbiyot psixologining klinikadagi ahamiyatini yetarlicha baholamaydilar va uni qabul qila 
olmaydilar. Natijada vrachlar va psixologlar o‘rtasida o‘zaro tushunmaslik yuzaga keladi. 
Shubhasiz, hech bir shifokor psixikaning mavjudligini inkor etmaydi, ko‘pchiligi esa uning 
somatik jarayonlarga ta’sirini tan oladi. Biroq psixologiyaning tushunchaviy qurilmasi shifokor 


uchun tushunarsiz va psixolog taqdim etgan psixologik xulosalar haqiqatdan yiroqdek tuyuladi 
[23]. Izlanishlarimiz davomida biz shifokorlarning psixologik xizmat, psixologning klinika va 
poliklinika sharoitidagi vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqidagi tasavvurlari yetarlicha 
shakllanmaganligiga, o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda ham bemorning huzuriga psixologni kiritib, 
psixolog xizmatiga ehtiyoj tug‘ilganda esa, aksincha, unga murojaat qilmaslik kabi holatlarga 
guvoh bo‘ldik.
N.M.Rusinaning Rossiya Federatsiyasi bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimida psixologik 
xizmatni tashkil etish holati haqidagi fikrlarida ham qayd etiladi. U psixologning mazkur 
tizimdagi mavqei baland emasligini, tibbiyot xodimlari birinchi navbatda meditsina 
diagnostikasiga e’tibor qaratib, bemorning shaxslilik xususiyatlariga kamdan-kam e’tibor 
qaratishlarini ta’kidlaydi. Bir qator olimlar tibbiyot sohasida psixologik xizmatni tashkil 
etishning ajralmas bo‘lagi sifatida mazkur soha uchun psixolog kadrlar tayyorlash masalasi bilan 
bog‘liq muammolarni muhokama qiladilar [82,83]. 
Bu boradagi asosiy munozaralar sog‘liqni saqlash tizimi uchun psixologlar qaerda 
tayyorlanishi kerak, tibbiyot institutlaridami yoki universitetlardami, tibbiyot psixologi shifokor 
ma’lumotiga ega bo‘lishi kerakmi yoki universitetni tamomlagan psixolog ham tibbiyot 
psixologi sifatida ishlay oladimi – mana shu mavzularda boradi. Bizning kuzatishlarimiz 
universitetlarni bitirgan psixologlarning klinikada amaliy ish uchun tayyor emasligini 
ko‘rsatyapti. O‘z navbatida shifokorlarda ham bemor psixologiyasi, kasallikning kechishi va 
davolash samaradorligiga inson ruhiyatining ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari bo‘yicha bilimlar 
yetarlicha emasligi namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat shifokorlar asosiy e’tiborni kasallikning 
klinik ko‘rinishi, laboratoriya va instrumental izlanish metodlari natijalariga qaratgan holda, 
bemorga o‘ziga xos individual-tipologik xususiyatlari, muomala doirasi, shaxslararo 
munosabatlar xarakteriga ega bo‘lgan shaxs sifatida qaramaydilar. Natijada kasallikning tibbiy 
usullar bilan izchil davolanishiga qaramasdan, bemorning davolanish jarayoni cho‘zilib ketadi va 
davolash choralarining samaradorligi ko‘zga tashlanmaydi. Bu esa bemorlarda norozilik, tibbiy 
xizmat darajasi va shifokor malakasi haqida noto‘g‘ri xulosalarga kelishiga sabab bo‘ladi.
Bir qator mualliflar tibbiyot sohasidagi psixologlar nafaqat bemorlar, balki sog‘lom 
insonlar bilan ham ish olib borishlari, ularda kasalliklarning yuzaga kelishini oldini olish, psixik 
holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishlari kerakligini ta’kidlaydilar [28,70, 
120]. Buning uchun esa mualliflar psixik salomatlik markazlari va konsultatsion kabinetlar 
tashkil etishni taklif etadilar. Ularning fikricha, mazkur sohada tibbiy xizmatning asosiy vazifasi 
xavotirlanishning yuqori darajasiga ega bo‘lgan, emotsional buzilishlar kuzatilayotgan yoki 
kundalik hayotda qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan insonlarga yordam berishdan iborat. 
Biroq bu ishning murakkabligi aholi o‘rtasida professional tibbiy-psixologik yordamga murojaat 


qilish ko‘nikmasining shakllanmaganligi bilan belgilanadi [81,97,98,102,104,105]. 
Mualliflar sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyatini yo‘lga qo‘yishda 
quyidagi yo‘nalishlarning ustuvorligini ta’kidlaydilar: 
1. Bolalar va o‘smirlar uchun tibbiy-psixologik xizmatni yaratish. Mazkur yo‘nalishda 
tibbiyot psixologlari maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar dispanserizatsiya 
tadbirlarida ishtirok etishlari va psixik rivojlanishdagi buzilishlar, rivojlanishda orqada qolish 
holatlarini aniqlash va korreksiya qilish ishlarini amalga oshirishlari, psixosomatik va 
somatopsixik kasalliklarga chalingan bolalar va o‘smirlarni davolash ishlarida qatnashishlari 
zarur. Ana shu maqsadda bolalar poliklinikalari, kasalxonalar, bolalar va o‘smirlar konsultativ 
markazlarida tibbiy-psixologik kabinetlar ochish zarurligi mualliflar tomonidan ta’kidlanadi.
2. Poliklinikalarda tibbiy-psixologik xizmatni rivojlantirish. Psixologik xizmat shunday 
yo‘lga qo‘yilishi kerakki, aholi boshqa mutaxassislarga murojaat qilgandek, psixologga yordam 
so‘rab murojaat qilsin va o‘z vaqtida zarur malakali yordamni olish imkoniyatiga ega bo‘lsin. 
3. Somatik, nevrologik va asab-ruhiy kasalliklariga chalingan bemorlar uchun psixologik 
xizmat faoliyatini yuritish. Mazkur sohada bemorlar bilan psixodiagnostik va psixokorreksion 
tabirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. 
Bemor insonlarga malakali yordam faqatgina tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan 
chegaralanmaydi. Xastalangan, dard chekayotgan insonni psixologik qo‘llab-quvvatlash va 
davolash jarayonining barcha bosqichlarida unga hamrohlik qilishning ahamiyati beqiyos 
[102,104].
R.Konechniy, M.Bouxal sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etish 
sekin sur’atlar bilan amalga oshayotganini ta’kidlab, buning sababi birinchi navbatda tibbiy 
tafakkurning prinsipial o‘zgarishlarida ekanligini ta’kidlaydilar. XX asrning birinchi choragida 
shifokorlar asosan bemorni emas, kasallikni davolaganlar, mazkur yo‘nalish nozotsentrik 
yo‘nalish nomini olgan. Shifokor davolash chorasini belgilar edi, bemor esa u yozib bergan 
dorini hech qanday qarshiliksiz “yutib” yuborishi kerak edi. XX asrning ikkinchi choragida 
antropotsentrik yo‘nalish yuzaga keldi, unga ko‘ra asosiy e’tibor bemorga, uning shaxsiga, 
taqdiriga va butun tarixiga qaratildi. Bundan tashqari mualliflar fikricha, kortikovisseral va 
psixosomatik tibbiyot qo‘rquv emotsiyalari, kuchli og‘riqlar va psixik zo‘riqishlar bilan 
kechadigan og‘ir hayotiy nizolar va vaziyatlar haqida juda ko‘p ma’lumotni jamlab turib, stress 
hamda frustratsiya bilan surunkali gipertoniya, koronar kasalliklar, oshqozon-ichak yaralari, 
kolitlar, astma, diabet, dermatoz va albatta nevrozlar o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik 
mavjudligini ko‘rsatib berdi [45]. Hozirgi davrga kelib biz bemorning shikoyatlari boshqa 
omilga, ya’ni ijtimoiy, shaxslararo shartlangan omillarga bog‘liqligini ifodalovchi sotsiotsentrik 
yo‘nalishning paydo bo‘lganligiga guvoh bo‘lib turibmiz. Mazkur yo‘nalishda birinchi o‘ringa 


ijtimoiy psixiatriya, kollektiv psixoterapiya, terapevtik hamjamiyat chiqadi. Mualliflar nazariy 
jihatdan V.N.Myasishev ta’kidlagan bemor shaxsining ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni, 
Salliven ta’riflagan shaxs interpersonal munosabatlar tizimi, psixiatriya esa interpersonal 
munosabatlar haqidagi fan ekanligi, psixiatr bu ma’noda sotsial psixolog rolini bajarishi 
haqidagi g‘oyalariga e’tibor qaratadilar. Holbuki, bemor psixik hayotini e’tiborga olmaydigan 
tibbiyot xodimlarida “psixologik skotoma” mavjudligini va ular ko‘pincha vegetativ asab tizimi 
doirasidagi o‘zgarishlar bilan chegaralanib qolishlarini bayon qiladi.
Sog‘liqni saqlash tizimida psixologning vazifalari borasida ham ilmiy adabiyotlarda 
qizg‘in munozaralar boradi. Ba’zi izlanishchilar psixologning sog‘liqni saqlash tizimidagi 
faoliyati juda keng va ahamiyatli ekanligini ta’kidlab, psixolog bemorga ba’zan og‘ir tashxisni 
va kasallikni qabul qilishida, yangi hayot sharoiti – ya’ni kasallik sharoitiga moslashishida, 
kelajakka umid bilan qarashni shakllantirishda, o‘ziga va kasallikni yengishga bo‘lgan ishonchni 
mustahkamlashda yordam berishi zarurligini qayd etadilar [56,67,70]. Bundan tashqari psixolog 
bemorga kasallik davomida unda shakllangan shaxsga xos salbiy xususiyatlarni korreksiya 
qilishda, ipoxondrik holatlarni yengishda ko‘maklashishi lozim. Psixolog tibbiyot xodimlariga 
davolash jarayonining turli bosqichlarida yoki konkret tibbiy muolajalar o‘tkazishda – 
bemorlarni murakkab diagnostik tekshiruvlar, operatsiyalar, fizioterapevtik davolash 
jarayonlariga 
tayyorlashda 
ulardagi 
qo‘rquv, 
tushkunlik 
kayfiyati, 
agressivlik, 
qo‘zg‘aluvchanlikni yengishga yordam berishi zarur. Mualliflar o‘z kasbiy faoliyatida juda katta 
psixologik yuklamalarni, salbiy stresslarni, ruhiy zo‘riqishlarni boshidan kechiradigan tibbiy 
personalga ham bevosita madad bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydilar [51]. Bir qator izlanishchilar 
sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyati endigina yo‘lga qo‘yila boshlaganini 
ta’kidlab, uning mos huquqiy bazasi hali yetarlicha ishlab chiqilmaganligiga e’tibor qaratadilar. 
Ularning fikricha, tibbiyot muassasalarida psixologik soha mutaxassislariga ehtiyoj katta 
ekanligiga qaramasdan, shtat birligida psixolog ish o‘rni mavjud emas. Shuning uchun 
psixologlar ko‘pincha yirik, yaxshi moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash muassasasalarida 
faoliyat yuritmoqdalar (Butunrossiya Kardiologiya markazi, Endokrinologiya markazi, Moskva 
onkologik markazi). Masalan, T.V.Dovjenkoning ta’kidlashicha statistik ma’lumotga ko‘ra, 
bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi misolida sog‘liqni saqlash tizimida 1000 ga yaqin psixolog 
faoliyat yuritadi, ularga bo‘lgan ehtiyoj esa 20-40 mingni tashkil etadi [31]. Davolash-
reabilitatsiya va diagnostika jarayonlari hozirgi davrda klinik psixologlar ishtiroki bilan 
ta’minlanayotganini e’tirof etiladi. Zamonaviy izlanishlarning ko‘rsatishicha, tibbiyotning 
deyarli barcha sohalarida barcha kasalliklarni samarali davolashda patogenezning psixologik 
jabhasini ajratish mumkin. 
Klinik psixolog ishining asosiy yo‘nalishlari psixodiagnostika, psixokorreksiya va 


psixoterapevtik jarayonda ishtirok etishdir. Psixolog kasallikning quyidagi jihatlarini tadqiq 
etishi mumkin:
1. Kasallikning ichki ko‘rinishi. Odatda bemorlar shifokor oldiga kasallik belgilari, ya’ni 
simptomlari bilan keladilar, psixolog simptomlar ortida nima turganini (hayotdan qoniqmaslik, 
bemor holatining
 
yaxshilanishi yoki yomonlashuvi sabablari, affektiv buzilishlar masalan, 
niqoblashgan depressiya, uzoq davom etgan stress) aniqlashi lozim.
2. Kasallikka va uning prognoziga munosabat. Reabilitatsiya konsepsiyasida bemor 
shifokor bilan birga davolash va reabilitatsiya jarayonlarida sub’ekt sifatida qatnashadi. Shuning 
uchun bemorning shaxs sifatidagi xususiyatlari uning o‘z kasalligi va davolash jarayoniga 
munosabati, shuningdek, shifokorlar va tibbiyot xodimlari bilan o‘zaro ta’sir qilish xususiyatlari 
bemor reabilitatsiyasining muvaffaqiyatli omili hisoblanadi. K.K.Platonov fikriga ko‘ra, somatik 
kasalliklarda doimo ruhiy va somatik tipdagi bir-biriga bog‘liq murakkab doira yaqqol ko‘zga 
tashlanadi, psixogeniya somatogeniyaga va aksincha o‘zaro almashinuvi ro‘y beradi.
3. Davolanishga munosabat. Shunday paytlar bo‘ladiki, patsient olib borilayotgan 
davolash jarayonidan norozi bo‘ladi yoki shifokor ko‘rsatmalariga amal qilmaydi, psixolog 
buning sabablarini aniqlashi va davolanishga munosabatni korreksiya qilishi zarur. 
4. Dezadaptatsiyaga olib keluvchi intrapsixik nizolarning mavjudligi. Ma’lumki, 
nevrotiklarda kasalliklarda ichki nizolar asosiy rol o‘ynaydi. Ularni faqatgina psixodiagnostik 
suhbat chog‘ida aniqlash mumkin. Nizo tipini aniqlab, psixoterapiya strategiyasini rejalashtirish 
oson.
5. Sotsial kompetensiya. Bunda patsient sotsiumga qanchalik moslashgani nazarda 
tutiladi. Ba’zi holatlarda kasallik hayotning barcha sohalarida juda tez moslashuvning buzilishiga 
olib keladi. Patsient esa buni anglamaydi. 
6. Xulq-atvordagi ikkilamchi chegaralanishlar. Mazkur chegaralanishlar kasallik tufayli 
emas, bemor tufayli yuzaga keladi (“10 oydan buyon ishlamayapman, ahvolim 
yomonlashishidan qo‘rqaman, tekshiruvlarga ko‘p vaqt ketadi”). 
7. Davolash jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi bemor shaxs xususiyatlaridagi normadan 
og‘ishlar. Ba’zida shifokor davolashda ijobiy o‘zgarish yo‘qligini tushunishi juda murakkab 
kechadi, bu yerda patsientning ustanovkalari, shaxsga xos xususiyatlari sabab bo‘lishi mumkin, 
ularni aniqlash davolash samaradorligini oshiradi [23].
Xotiraning yomonlashuvi, parishonxotirlikdan shikoyat qiluvchi bemorlar haqida alohida 
to‘xtalib o‘tish zarur. Ko‘pincha gipertoniya, qandli diabet va boshqa surunkali somatik 
kasalliklar bilan xastalangan bemorlar bilish jarayonlaridagi o‘zgarishlardan shikoyat qiladilar. 
Kognitiv jarayonlar xususiyatlari va holatlarini tekshirish bemor holatining haqiqiy manzarasini 
ko‘rsatib beradi.


Psixodiagnostik tadbirlarni bajarishda klinik psixolog davolovchi shifokor tomonidan 
qo‘yilgan vazifalarga tayanadi yoki o‘zi tuzgan individual davolash va reabilitatsiya dasturi 
asosida ish olib boradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar nafaqat nevrolog va psixiatrlarga, balki terapevtlar, 
gastroenterolog, endokrinolog, kardiolog, urologlarga ham taalluqlidir. Chunki o‘zida yurak 
ishemik xastaligi yoki qandaydir “davolab bo‘lmaydigan” kasallik haqida shubhalangan bemor 
psixologik tekshiruvga, undan keyin esa psixologik intervensiyaga ham muhtoj bo‘ladi. Juda 
ko‘p davolash muassasalari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan shifokor va psixolog o‘zaro 
hamkorligi bir tomondan bemorning sog‘ayib ketishida muhim o‘rin tutsa, ikkinchi tomondan 
mazkur davolash muassasasi nufuzini oshiradi. 
V.D.Topolyanskiy, M.V.Strukovskaya fikricha, psixoterapevtik profilga ega bo‘lmagan 
statsionarlarda tibbiyot psixologi ish o‘rinlarining tashkil etilishi alohida yondashuvni talab etadi 
[8,48,73,92,96,103]. Tibbiyot psixologining bemor bilan o‘zaro ta’siri psixiatr bilan 
konsultatsiya olib borilishi uchun bemorning qarindoshlaridan ruxsat so‘rashni talab qilmaydi. 
Jismoniy jarohat yoki terapevtik patologiya bilan xastalangan bemorlar shunday huquqqa 
egadirlarki, psixiatrning qo‘shimcha ko‘rigidan o‘tishdan avval ular tibbiyot psixologining mos 
xulosasiga ega bo‘lishga haqlidirlar. Bu esa tibbiyot psixologi oldiga o‘z xulosalari va 
tavsiyalarini bayon qilishda alohida etik me’yorlarga amal qilish vazifasini yuklaydi. Hozirgi 
davrda yordam ko‘rsatishning monoprofessional yondashuvga asoslangan toza tibbiy modelidan 
voz kechib, mavjud buzilishlarni bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan holda faoliyat 
yurituvchi turli tarmoq mutaxassislari ishtirokidagi multidissiplinar yondashuvga asoslangan 
poliprofessional modelga o‘tish taqozo qilinmoqda [95]. Mualliflar fikricha, bunda tanadagi 
simptomlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va psixologiya sohasida yetarlicha tushunchaga ega 
bo‘lmagan shifokorlarda tushunmovchiliklarga sabab bo‘layotgan emotsional holatlar alohida 
ahamiyatga molik. Somatik meditsinaga psixoterapiyaning kiritilishi tasodif emas, balki 
sog‘liqni saqlashning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Somatik kasalliklarga 
chalingan bemorlarning psixik adaptatsiyasi, tez va to‘liq sog‘ayishi hamda mehnat 
qobiliyatining tiklanishini tibbiyot psixologlari, psixoterapevtlarning yordamisiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. 
Tibbiyotning zamonaviy psixologiya metodikalariga ob’ektiv ehtiyojini tan olish zarur. 
Shifokor kundalik ishida qo‘llayotgan deontologiya zamonaviy psixologiyaning tibbiyotdagi 
imkoniyatlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Gippokrat davridan buyon psixologiya juda 
katta sakrashni amalga oshirdi, nafaqat inson xarakteridagi ba’zi qirralarni korreksiya qilishga 
yordam beruvchi, balki neyro-endokrin-immun boshqaruvi mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatuvchi 
metodlar ishlab chiqildi. Tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoniga psixologni jalb etish shifokorning 


imtiyozidadir. Aynan mana shu omil shifokor fikrini hal qiluvchi sifatida ajratadi, ya’ni 
tibbiyotga psixologiyadan nima kerakligini shifokorlar hal qiladi, aksincha emas. 
AQShdagi Texas shtati Dallas onkologik izlanishlar va konsultatsiyalar Markazi faoliyati 
shuni ko‘rsatdiki, to‘rt yil mobaynida olib borilgan psixokorreksion tadbirlardan so‘ng 159 nafar 
bemorlardan 63 nafari yashab ketdi, binobarin ulardan 22,2%ida to‘rt yildan so‘ng o‘smalar 
vizualizatsiyasi aniqlanmadi [100,101,109,110,117,118].
V.V.Solojenkin fikricha, tibbiyotda toza biologik davolashning o‘zi yo‘q, har qanday 
davolash jarayoni psixologik komponentga ega. Dori-darmon yordamida davolashning 
psixologik natijalarini o‘rganish avvalambor plasebo-effekt bilan bog‘liq. Plaseboni o‘rganish 
natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy farmakopeya plasebo-moddalardan iborat. Ko‘pincha 
mazkur dori-darmonlarning biologik ta’siri juda kam yoki umuman yo‘q yoxud shifokor 
kutayotgan natijaning aksini beradi. Muallif bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida psixologik 
xizmatni yo‘lga qo‘yishning ahamiyatiga to‘xtalib, psixolog zarur psixodiagnostik, 
psixokorreksion, reabilitatsion va psixoprofilaktik tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek, 
davolash-diagnostik jarayonni psixologik ta’minlashda ishtirok etishi zarurligini e’tirof etadi. 
Uning 
fikricha, bemor shaxsi 
psixologik 
korreksiyasida universitetni 
tamomlagan 
psixologlarning bilim va tayyorgarliklari shifokorlarga nisbatan chuqurroq. O‘z navbatida 
shifokorlarning yetarlicha psixologik bilimlarga ega emasliklari ularga bemor shaxsi tuzilmasini 
tushunishga imkon bermaydi. Natijada bemorni davolashda boshi berk aylana vujudga keladi 
[93].
Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish muammolari bo‘yicha bir 
qator ilmiy maqolalar muallifi N.M.Rusina so‘nggi vaqtlarda klinik psixologiyaning umumtibbiy 
amaliyotga kirib kelishi bilan vaziyat o‘zgarayotganligiga e’tibor qaratadi. Birinchidan, 
tibbiyotga tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida umumiy va tibbiy psixologiya sohasida tayyorgarlik 
ko‘rgan shifokorlar kelayotgani, ikkinchidan esa, psixologiya televizor ekranlari, ommaviy 
adabiyotlar orqali inson hayotiga tobora singib borayotgani, patsientlarning o‘zi psixoterapevt va 
psixiatrni bir-biridan ajrata olib, maslahat so‘rab mutaxassislarga murojaat qila boshlagani 
ahamiyatlidir. Uchinchidan, shifokorlarning o‘zlari ham amaliyotda psixologik izlanish 
usullarini qo‘llashni boshladilar. Ular psixologik diagnoz kasallikning psixologik sabablarini 
oydinlashtirishi va davolash jarayonini yaxshilashi mumkinligini tushunib yetmoqdalar. Muallif 
ko‘pincha psixolog psixiatr yoki psixoterapevtlardan ko‘ra, umumiy tibbiyot shifokorlari bilan 
muomala o‘rnatishi osonroq kechayotganligini ta’kidlaydi [83]. Biz ham izlanishimizni o‘tkazish 
davomida, somatik klinika shifokorlari psixiatrlarning kasbiy tayyorgarligi sog‘lom insonga 
nisbatan ham patologiya orqali qarashga, bunda psixologik omillarni kasallikning 
rivojlanishidagi rolini yetarlicha baholamasdan diagnoz qo‘yishga olib kelishini guvohi bo‘ldik. 


Bir qator olimlar fikriga qo‘shilgan holda, psixosomatik klinikada bilimli va tajribali 
psixologning bo‘lishi juda muhimligi, uning psixologiya sohasidagi bilimlari bemordagi ichki 
nizolarni chuqurroq tushunish, oilaviy tarbiyaning bemor shaxsi rivojlanishiga ta’sirini, 
bemorning emotsional zahiralari, kasallikni yengishdagi moslashuv mexanizmlari, kasallik va 
salomatlikning ichki ko‘rinishi, bemorning kasallikka va davolash jarayoniga munosabati, 
motivatsiyalari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berishini ta’kidlab o‘tish joiz. 
Chet el olimlari fikrlariga ko‘ra, shifokorlar tibbiyot psixologini qabul qilishlari uchun bir 
nechta shartlarga amal qilish zarurligi ta’kidlanadi: Birinchidan, tomonlar umumiy tushunchaviy 
apparatni ishlab chiqishlari kerak. Ikkinchidan, har ikkala mutaxassisning ishi bemor manfaatlari 
uchun birgalikdagi faoliyat asosida olib borilishi kerak. Uchinchidan, ularning har ikkalasi ham 
bir-birlarini tinglashni o‘rganishlari va bir-birlarini o‘rinlarini egallashga harakat qilmasliklari 
lozim. Biroq har bir tomon o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha talablar ham bor. Shifokorlar 
hududida ishlaydigan tibbiyot psixologlari shifokorlarga bemor shaxsi bilan ishlashda yordam 
berishlari va shu bilan birga butun davolash tadbirlari, jumladan psixokorreksion yordam uchun 
mas’uliyat shifokorga yuklanishini tushunishlari lozim. Bunda shifokorlar ham tibbiy psixologga 
vazifalarni to‘g‘ri berish va u tomonidan chiqarilgan xulosalarni tushunishlari uchun yaxshi 
psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarur. Psixologning bosh vazifasi bemor ichki 
dunyosini ochish malakasiga ega bo‘lishdir [88]. 
Bizningcha, psixolog va shifokorlarni o‘zaro bir-birlarini tushunishlari va o‘zaro ta’sirga 
kirish yo‘llari ikki yo‘nalishdan iborat. Bu borada Germaniya tajribasi ko‘proq istiqbolli bo‘lib, 
ularda vrach-psixoterapevt va psixolog-psixoterapevt bor. Ular bir-birlari bilan a’lo darajada 
birgalikda faoliyat olib borishlari jahon mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan. Psixologlarga 
tibbiyot asoslarini, shifokorlarga esa psixologiya asoslarini chuqurroq o‘rgatish zarur.
Ye.L.Nikolaev sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatida psixologik xizmatni tashkil etish 
muammolariga to‘xtalar ekan, psixolog va shifokorlarni o‘z faoliyatlari davomida bir-birlariga 
yaqinlashtirish ahamiyatini ko‘rsatib beradi [67]. Masalan, tibbiyot oliygohlarida talabalarga 
psixosomatika masalalarini yoritishda kasallik rivojlanishidagi ham tibbiy, ham psixologik 
jabhalar yoritib berilsa, turli ixtisoslikdagi shifokorlarning mazkur masala yuzasidan tasavvurlari 
yanada boyigan bo‘lardi. Psixologlar va shifokorlarni o‘zaro ta’sirga kiritishish yo‘nalishlaridan 
yana biri – birgalikdagi ilmiy faoliyatdir. Tibbiyot oliygohlarida klinitsistlarga psixologiyani 
o‘qitish meditsina psixologiyasi va alohida klinikalar bo‘yicha birgalikdagi ilmiy izlanishlarni 
amalga oshirish imkonini beradi. Ayniqsa ikki ixtisoslik, masalan, xirurgiya va tibbiy 
psixologiya, onkologiya va tibbiy psixologiya ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiyalarni 
tayyorlash, ilmiy loyihalarni amalga oshirish yaxshi samara beradi. Yana bir yo‘nalish – shifokor 
va psixologlarning birgalikdagi amaliy va profilaktik ishlaridir. 


Psixologlarning davolash-profilaktika muassasalarida ma’ruzalar o‘qishlari, shifokorlar 
jamiyatlaridagi anjumanlarda ishtirok etishlari, sog‘liqni saqlash tizimi o‘quv muassasalarida 
attestatsiya komissiyasi a’zosi bo‘lishlari ham shifokor va psixolog hamkorligini yo‘lga 
qo‘yishni kafolatlaydi. Ye.A.Nikolaev tibbiyot psixologiyasining zamonaviy holatini inobatga 
olgan holda tibbiy psixolog faoliyatining ikki asosiy yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tadi: birinchisi – 
bemorning psixologik statusi (holati), shaxs tuzilmasi, ijtimoiy vaziyat tahlilini aniqlash orqali 
unga davolash jarayonida psixologik yordam ko‘rsatishni tashkil etish va ta’minlash, ikkinchisi – 
turli kasalliklar rivojlanishining oldini olishni psixologik jihatdan ta’minlashni amalga 
oshirishdir. Tibbiy psixologiya va oilaviy meditsinaning o‘zaro aloqadorligiga erishish 
muammosi, umumiy amaliyot shifokorlari (oilaviy shifokorlar)ni faqat psixiatriya yoki 
narkologiya bo‘yicha emas, balki tibbiy psixologiya, shuningdek, psixoterapiya bo‘yicha 
tayyorlashni ham nazarda tutadi. Oilaviy shifokor bemorning shaxslilik xususiyatlari va 
psixosotsial sharoitlarini kasallikning klinik ko‘rinishlari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil 
qilishga qodir bo‘lishi kerak. Klinik amaliyot oilaviy shifokordan doim psixik buzilishlarni 
somatik kasalliklarga psixologik reaksiyadan ajrata bilish zaruratini taqozo etadi. Oilaviy 
shifokorlarni tibbiy psixologiya va psixoterapiyadan boxabar qilish hamda mazkur fandan 
savodxonligini oshirish ularga aholi o‘rtasida chegaraviy psixik buzilishlarni to‘g‘ri skrining 
qilish emas, balki davolash-profilaktika tadbirlarining xususiyatini aniqlab beruvchi ularning 
yuzaga kelishidagi psixosotsial omillar hissasini hisobga olish imkonini ham beradi [67]. 
Shunday qilib, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatida psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish 
birinchi navbatda umumpsixologik va tibbiy psixologik bilimlarni shifokorlarga singdirish, 
umumiy amaliyot shifokori faoliyatida biopsixosotsial yondashuvni qo‘llashni talab etadi. 
Fikrimizcha, bu nafaqat davr talabi, balki aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashga 
xizmat qiluvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishi hamdir.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish