belgilandi. Tekshiruv davomida simptomning tuzilishi va maʼnosini aniqlashtirish kerak, bu faqat
bemorni oʼrganishning eksperimental psixologik usullari bilan amalga oshiriladi. Psixolog
boshqa barcha jarayonlardan aqliy jihatdan mavhumlashtirib, uni qiziqtiradigan faqat muhim
jarayonni aniqlaydi va uni oʼrganish maxsus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshiriladi.
Sindromni aniq ajratish uchun eshitish, vizual, kinestetik va motorli tahlil va sintez, fikrlash,
nutq, xotira va boshqa aqliy funktsiyalarni oʼrganishni oʼz ichiga olgan keng koʼlamli testlar
seriyasiga ega boʼlish kerak. [1]
Ruhiy kasalliklar ham organizmning boshqa xastaliklari kabi simptom (alomat)larga
egadir. Har kanday kasallik aniqlash belgisidan boshlanadi. Аmmo faqat aniqlangan alomatlariga
qarab kasallikni tashxis qilish mumkin emas. Аlohida alomat tashxis ahamiyatiga faqatgina
boshqa belgilar bilan birgalikdagina (sindrom) ahamiyatga ega boʼladi. Sindromlar oʼz holiga
maʼlum bir kasallik uchun maxsus boʼlmay, koʼpgina ruxiy kasalliklarda kuzatilishi mumkin.
Shu bilan birga belgi va sindromlar kasallikning klinik koʼrinishini vujudga keltiruvchi material
hisoblanadi. Bemorlardagi maxsuslik siidromlarning oʼzigina emas, balki ularning tavsifidir,
yaʼni sindromlarning shakllanishi, murakkablashuvi — qaytishi, ularning almashinuvidir.
Sindromlardan va ularning navbatlashib almashinuvidan kasallikning klinik koʼrinishi va
taraqqiѐti shakllanadi. Har kanday ruhiy kasallik uchun maʼlum bir sindromlar xosdir, har bir
kasallik uchun maʼlum bir tartibda oʼzgaradi va almashinadi. Bir sindromni boshqa bir
sindromlar ustidan ustivorligi, paydo boʼlish tartibi, har bir ruhiy kasallik uchun odatda
yetarlicha qatʼiy samanadi. Bu esa alohida ruxiy kasalliklarni nozologik birlik sifatida aniqlashga
imkon beradi. Ruhiy kasalliklar faniga «alomatlar majmuasi» atamasini 1863 yilda katatoniyani
izoxlashda Kalьbaum tomonidan kiritilgan. Аmmo to shu paytgacha ruhiy xastalik sindromlarini
qoniqtiruvchi tizimlashtirish nuqtai nazari ishlab chiqilmagan. Sindromlarni asosiy ѐki uk
sindromlari (paranoid, maniakal, deiressiv va boshqalar) va utkinchi (tranzitor bosqich)
mezonlari boʼyicha tasniflashga harakatlar boʼlgan. Аsosiy va oʼq sindromlar endogen va
progradientli psixozlar (shizofreniya) va ekzogen organik psixozlar uchun xosdir. Ular koʼpincha
oʼtkinchi, bosqich sindromlar bilan qoʼshiladi, ammo oxirgilari sof holda ham oʼtkir ekzogen
psixozlarda uchraydi. Kasalliklarning kechish alohidaliklariga karab tasnif qilishga oʼrinishlar
boʼldi. (tsirkulyar, rezidual, boshlangʼich ѐki nevrotik va boshqa sindromlar). Baʼzi mualliflar
katta va kichiq oddiy va murakkab, umumiy, xususiy va boshqa sindromlarni farqlaydilar.
Kichiq oddiy ruhiy xastalik sindromlarda ruhiy buzilishlarning darajasi yuqori boʼlmagan
buzilishlari oʼzi kaytaluvchandir, kasallikdan soʼng shaxsiyat saqlangan xolda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: