3.
Topshiriq. Berilgan tushunchalarni izohlang
-
Psixodiagnostika
-
Psixoprofilaktika
-
Psixokorreksiya
-
Psixologik maslaxat
6-SEMINAR MASHG’ULOTI
6-mavzu: Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyatini tashkil
etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:
1.Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat
2.psixologik xizmat faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos
xususiyatlari
Tibbiy adabiyotlarda ma’lumot berilishicha, poliklinikalarda nevropatologga murojaat
etayotgan bemorlarning 49-57%i, terapevtlarda davolanayotgan bemorlarning 34-47%i
psixoterapevtik muolajaga muhtoj. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, psixologlar barcha klinik
va davolash-profilaktika yo‘nalishlarida ishlashlari zarur va ularning har birida o‘ziga xos
vazifalar bajarilishi kerak. Bir qator mualliflar fikricha, tibbiyotdagi
real holatni inobatga
olganda tibbiy-psixologik xizmatning quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini ajratish mumkin:
-
bolalar va o‘smirlar uchun tibbiy-psixologik xizmatni yaratish;
-
kasalxonadan tashqaridagi tibbiy-psixologik xizmatni rivojlantirish;
-
somatik, nevrologik va nerv-psixik kasalliklarga chalingan bemorlarni tibbiy-
psixologik reabilitatsiyasi bo‘yicha psixologik xizmatni yaratish;
-
tez tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini yaratish [55,57,80].
Bolalar va o‘smirlar uchun psixologik xizmatning yo‘lga qo‘yilishi psixik rivojlanishdagi
buzilishlarni erta
aniqlash va korreksiya qilish, oliy psixik funksiyalar patologiyasi mavjud
bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashda konsultativ yordam ko‘rsatish, irsiy, somatik, psixik
buzilishlar, pubertat davri inqirozlarida xulq-atvor buzilishlari kuzatilganida yordam berishga
yo‘naltirilishi zarur.
V.V.Guldan fikricha, poliklinikalarda tibbiy-psixologik yordam kabinetlari tarmoqlarini
tashkil etilishi hamda “tibbiy psixolog” lavozimining joriy qilinishi
aholiga qulay va yuqori
sifatli tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi. Mazkur kabinetlarda faoliyat
yurituvchi psixologlarning asosiy vazifasi psixosomatik va somatopsixik buzilishlarni,
chegaraviy asab-ruhiy va kasallik oldi holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda psixokorreksion
tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi [29].
Tibbiy-psixologik xizmat shuningdek, somatik, nevrologik va asab-ruhiy xastaliklar bilan
og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilish tizimida ham muhim o‘rin egallaydi. Bu borada psixolog
bemorga psixik va bosh miya funksiyalari buzilishlarini neyropsixologik va patopsixologik
diagnostika qilish, bemor shaxsiga xos xususiyatlardagi o‘zgarishlarni
korreksiya qilish,
ikkilamchi psixoprofilaktik chora-tadbirlar olib borish, zarur bo‘lganda psixoterapevtik
muolajalarni amalga oshirish orqali yordam ko‘rsata oladi. Mualliflar fikricha, tez tibbiy-
psixologik yordam tarmoqlari tez tibbiy yordam markazlari
qoshida tashkil etilib, tabiiy va
texnologik falokatlar, o‘z joniga qasd qilishga intilish vaziyatlari, ijtimoiy nizoli vaziyatlarda
yordam ko‘rsatishga qaratilishi kerak. Bolalar poliklinikalari va
kasalxonalarida psixologik
monitoring tajribasi jahon mutaxassislari tomonidan e’tirof etilmoqda. Masalan, Fransiyada
bolaning statsionarda uch-to‘rt hafta davolanishi davomida psixologik tekshiruv va konsultatsiya
olib boriladi, rivojlanishdan orqada qolish yoki boshqa psixik buzilishlar aniqlanadi. Bu boradagi
ishlarni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa go‘daklik va ilk bolalik davrida o‘ta muhim. Chunki mazkur
davrda bolalar hali professional psixologlar faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari nazoratidan
tashqarida bo‘ladilar
Do'stlaringiz bilan baham: