1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining
nomi
Klinik patologiya va birinchi tibbiy yordam
Ajratilgan soat
90
Mavzular soni
12
Dasturning maqsadi
Klinik patologiya va birinchi tibbiy yordam o‘qitishning bosh
maqsadi, O‘quv chi larning fikrlash qobiliyatini oshirish, nazariy va
amaliy mashg‘ulotlarda kasbiy mahoratini shakllantirish, sifatli jahon
andozalariga javob beradigan mohir kasb egasini tayyorlash,
kasalliklardagi shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordamni
savodli tarzda qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlash.
O‘zlashtirish
(o‘qitish) natijalari
Jahon andozalariga javob beradigan mohir kasb egasini
tayyorlalanadi, kasalliklar va patologiyasi haqida ma’lumotga ega
bo‘ladi hamda kasalliklarda shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy
yordamni savodli tarzda qo‘llay olishni o‘zlashtiradi.
Bilim
- Klinik patologiya va birinchi tibbiy yordam moduli haqida
tushuncha;
- Bemorlarni tekshirish usullari, bemorlarga birinchi yordam
ko‘rsatish qoidalari ;
- Nafas olish a’zolarining anatomik tuzilish va vazifalari, nafas olish
a’olari kasalliklari ochiq va yopiq shikastlanishi asorati, o‘pka
jarohatida shoshilinch yordam ko‘rsatish ;
-Yurak va qon tomir tizimi vazifalari, bemor shikoyatlari asosida
ahvolini baholash, stenokardiya, miokard infarkti, o‘pka shishi
belgilarini aniqlash;
-Hazm tizimi a’zolarining anatomik tuzilishi va fiziologik
xususiyatlari, kasalliklari, “O‘tkir qorin” sindromi belgilari
kuzatilganda birinchi tibbiy yordam berish;
-Siydik ajratish tizimi a’zolarining anatomiya va fiziologiyasi, tizim
kasalliklarida birinchi tibbiy yordam berish;
-Asab va ruhiy kasallik haqida tushuncha, bosh va orqa miya qon
tomirlari zararlanishi sabablari, belgilari va birinchi tibbiy yordam
berish;
-Ko‘z, quloq tomoq va burun a’olarining anatomiya va fiziologik
xususiyatlari, shikastlanishlarida hamda yot jism tushganda birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatish ;
-Qon ketish turlari, sabablari, asoratlari, postgemorragik shok
darajasi, klinik belgisi va jarohatlarda birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatish ;
- Yopiq va termik shikastlar klinik belgilari, travmatik shok
bosqichlari, fizikaviy omillardan shikastlanishlar va kuyish shokida
birinchi tibbiy yordam berish;
-O‘tkir
zaharlanishlar
sabablari,
turlari.
Oziq-ovqat,
o‘simliklardan, dori moddalaridan, kislota va ishqorlardan
zaharlanish belgilari, sabablari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ;
-To‘satdan bo‘ladigan baxtsiz hodisalarning turlari, sabablari,
suvga cho‘kish, bo‘g‘ilish, osilish, eletrotravma, yashin urganda,
reanimatsiya, terminal holat, tiriklik belgilari, o‘lim bosqichlari va
birinchi tibbiy yordam berish;
Do'stlaringiz bilan baham: