Egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqi
Oila
|
Gеrb, madhiya, bayroq
|
Mulkdorlik huquqi
|
Umumiy ishlarni hal qilish uchun butun jamiyatni Uyushtirish
|
Ijro etuvchi hokimiyat
|
Davlat tuzilishini mustahkamlab qo‘yuvchi asosiy qonun
|
Grammatik ma’lumot. Rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari
Rasmiy-idoraviy uslub hujjatlilik xarakteri bilan ajralib turadi. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar, xullas, barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bunday uslubda tilning ikki
vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.
Bu uslubning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari, binobarin, ushbu ko‘rinishlarning o‘z me’yorlari mavjud.
Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak.
Qolip. Ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos bayon etish qolipi bo‘ladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud bo‘ladi.
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me’yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi.
Rasmiy uslubning grammatik me’yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi.
Tayyor nutq formulalari (shu asosida, shunga ko‘ra, ma’lum qilamizki, ... ni e’tiborga olib, ... ga ko‘ra, ... biz, quyida imzo chekuvchilar, ... ga asosan (muvofiq), ... uchun, ... dan kelib chiqib, ... sharti bilan, ... berilsin, ... taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak- axborot xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanilishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.
Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks etgan moddalarning bayon etilish usuliga e’tibor bering. Asosiy so‘z va iboralarni izohlang.
modda. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.
modda. Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashga majbur.
modda. Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota
onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Topshiriq. Rasmiy yozishmalar uslubiga doir hujjat namunalaridan bir nechtasini keltiring.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi markazida nima turadi?
inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari
davlat, jamiyat va uning asoslari
s) siyosiy jarayonlar va siyosiy partiyalar
d) madaniy va ma’naviy boyliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
a) 1929-yil b) 1940-yil s) 1993-yil d) 1995-yil
Davlat tili to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan?
a) 1995-yil 21-dekabr b) 1993-yil 3-sentabr
s) 1995-yil 24-avgust d) 1989-yil 21-oktabr
Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar qanday shaklda bo‘ladi?
a) murakkab, majhul shaklda b) aniq, ixcham va sodda shaklda
s) kengaytirilgan shaklda d) qoliplanmagan shaklda
Rasmiy-idoraviy uslubda tilning qanday vazifasi amalga oshiriladi?
axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi
axborot qabul qilish va targ‘ibot qilish vazifasi
s) tilning kommunikativ vazifasi
d) axborot uzatish va targ‘ib qilish vazifasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz?
Huquqiy madaniyatni bilish va unga amal qilishning qanday foydali jihatlari bor?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi markazida nima turadi?
Rasmiy-idoraviy nutq uslubining o‘ziga xos tomonlari nimada?
Rasmiy-idoraviy uslub qayerlarda qo‘llaniladi?
Uyga vazifa: Umumxalq leksikasiga kirgan huquqiy terminlar lug‘atini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |