Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti Mavzu: 1808-yil 2-may ispaniyadagi qo’zg’alon va kadis konstitutsiyasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti Mavzu:1808-yil 2-may ispaniyadagi qo’zg’alon va kadis konstitutsiyasi.
Bajardi:Xudoyberdiyev Bunyod.
Qabul qildi: Matxoliqov Qahramon.
XIX asr 1-choragidan boshlab Napoleon Bonapart boshchiligidagi Fransiya Ispaniyaga yurish qiladi.1807-yilga kelib Ispaniyadagi fransuz qo’shinlari soni 50 000 kishiga yetdi.Bunday holatlardan qo’rqqan qirol oilasi va birinchi vazir Manuel Godoy janubiy Amerikaga qochish uchun tayyorgarlik ko’radi.Bundan xabar topgan xalq Aranxuesda qo’zg’alon ko’taradi va natijada Qirol Karl IV o’g’li Ferdinand VII foydasiga taxtdan voz kechadi.
Manuel Godoy
Karl IV
Ferdinand VII
1808-yil aprel oyida Napoleon Ispaniyaga keladi.Qirol oilasi uni kutib olish uchun Bayonnaga keladi.Napoleon Ferdinandni taxtga kelishini qonunsiz deb hisoblab, taxtga Karl IV ni o’tqazadi.Keyinroq qirolga majburiy ravishda taxtni Napoleon foydasiga voz kechuvchi hujjat imzolatishadi.Napoleon taxtga ukasi Jozef Bonapartni o’tqazadi.
Napoleon Bonapart Jozef Bonapart
Qozg’alonning eng katta sababi Bayonnada tutqunda bo’lgan qirol oilasi tarkibiga Karl IV ning kichik o’g’lini ham olib kelishni buyurganligi bo’ldi.minglab xalq uning oldiga chiqib 2-may kuni qo’zg’alon ko’tardi.Qo’zg’alonni 3-may kuni bostirishdi.Madriddagi Puetra del Sol maydonida qo’zg’alonchilarni otish jarayoni amalga oshirildi.
Napoleon Bayonnaga Ispaniyaning yuqori doira vakillarini yig’ib, ularga ispan konstitutsiyasini yozdiradi.Bu konstitutsiya Napoleon ijod mahsuli ham edi.Unda: 1.Parlament tuzish. 2.Ichki bojxonani bekor qilish. 3.Qonunlar kodeksini joriy etish. 4.Qiynoqqa solishlarni bekor qilish kabi o’zgartirishlar kiritildi. Ispanlar yana g’azablandi.Ferdinandning taxtdan ag’darilishi,chet ellikning qirol ekanligi, harbiy okkupatsiya, ispan an’analarining buzilishi.Xalq yana dushmanga qarshi kurashish uchun birlasha boshladi.Baylen shahri yaqinida yirik fransuz garnizoni taslim bo’ladi.Ispaniyaga Napoleonnni o’zi keladi va Madridni egallaydi.Inkvizitsiya,pomeshchiklar huquqlari bekor qilindi, monastirlar yopildi.
Monarxiyani konstitutsion hokimiyat bilan almashtirmoqchi bo’lgan kuchlar 1810-yil korteslarga saylov bo’ldi va konstitutsiyani ishlab chiqib 1812-yil mart oyida qabul qildi.Parlament Kadis shahrida yig’ilganligi uchun Kadis konstitutsiyasi nomini oldi.Ular: 1.Qonun chiqaruvchi (Parlament) 2.Ijro etuvchi (Qirol va hukumat) 3.Sud hokimiyati shu tarzda hokimiyat bo’lindi. Qonunchilik hokimiyati 1 palatali, 25 yoshga to’lgan barcha erkaklae tomonidan saylangan.Kortes 1 yilda kamida 3 oy yig’ilish o’tkazdi.
Qirol parlamentni tarqatib yubora olmas edi,lekin parlament qabul qilgan qarorlar qirol tasdig’idan o’tishi kerak edi.kadis konstitutsiyasi xalqni hokimiyatning birdan bir va oliy manbai deb e’lon qildi.Qirol va parlament kelishib xalq manfaatiga xizmat qiladigan bo’ldi.Napoleon Rossiyaga hujum qilishi bilan Ispaniya uning ittifoqchisiga aylandi.1812-yil Buyuk Luki shahrida do’stlik shartnomasi imzolashdi.