OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS PROFFESONAL TA’LIMNING O‘QUV DASTURI
Kasb kodi va nomi (mutaxassislik):
5.52.01.01 – Kompyuter injiniring
Kvalifikatsiya nomi
Kompyuter tizimlari bo‘yicha mutaxassis. Kompyuter va ofis qurilmalariga xizmat qo‘rsatish bo‘yicha mutaxassis
O‘quv dasturi nomi:
Kasbiy faoliyatda matematika
O‘quv rejasidagi tartib raqami:
1.02
Soatlar soni:
100
Toshkent-2021
Ishlab chiqildi:
Mirzaxidova M.M. TATT kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Taqrizchi:
M.Kislitsina - Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi
“Telekommunikatsiya” kafedrasi o‘qituvchisi
O‘QUV DАSTURI UMUMIYTАLАBLАRI
Dаstur nоmi
Kasbiy faoliyatda matematika
Аjrаtilgаn sоаt
100
Маvzulаr sоni
10
Dаsturning mаqsаdi
Dastur o‘quvchilarda matritsalar, determinantlar, yuqori tartibli hosilalar, karrali integrallar, differentsial tenglamalar, ehtimollilik, diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar, tanlanma usuli, tanlanmaning yig’ma xarakteristikalari, statistik baholar, statistik gipotezalarni tekshirish, dispersion tahlil, matematik modellashtirish
haqida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
O‘zlаshtirish (o‘qitish) nаtijаlаri
matematikani moddiy dunyoni bilishdagi muhimligini, uni tushuncha va tasavvurini umumiyligi;
chiziqli algebra elementlari;
fazoda analitik geometriya elementlari;
ko‘p o‘zgaruvchili funktsiyalar;
differentsial tenglamalar;
ehtimollilikning asosiy tushuncha va formulalari;
tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari;
tanlanma va bosh to‘plamning statistik xarakteristikalari;
statistik baholar va ularni hisoblash;
statistik gipotezalarni tekshirish;
bir faktorli dishpersion tahlil
12. matematik modellashtirish haqida tasavvurga ega
bo‘ladi;
Bilimlаr
matritsalar va ularni turlari;
matritsaning determinant va uni hisoblash;
differentsial va integral hisobning tadbiqlari;
eng sodda differentsial tenglamalarni yecha olish
ob’ektlarning miqdoriy va sifat nisbatlarini ifodalash uchun matematik simvollardan foydalanish;
kombinatorika elementlarini hisoblash;
hodisani ehtimolini topish;
tasodifiy miqdorlar, tanlanmaning yig’ma xarakteristikalari haqida bilimga ega bo‘lish;
statistik baholar, statistik gipotezalarni tekshirish;
dispersion tahlil;
matematik modellashtirish haqida bilimga ega bo‘ladi
va ulardan foydalana oladi;
Кo‘niкmаlаr
matritsalar ustida amallar bajarishni
determinantning qiymatini hisoblashni
matritsa rangi va teskari matritsani turli usullar bilan topa olishi;
chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini tadbiq etishi va ularni turli usullar bilan yechimlarini topishi;
fazoda tekislik va tugri chizik tenglamalarini tuzishda;
integrallarni hisoblashda, qatorni yaqinlashishga tekshirishda zarur usullarni osonlikcha topa bilishi;
eng sodda differentsial tenglamalarni yecha olish
ehtimollar nazariyasining sodda masalalarini yechish;
tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalarini hisoblash;
tanlanma va bosh to‘plamning statistik xarakteristikalarini hisoblash;
statistik baholar va ularni hisoblash; statistik gipotezalarni tekshirish;
bir faktorli dishpertsion tahlil o‘tkazish;
matematik modellashtirishga oid ko‘nikmalariga ega