modda. Tamaki mahsulotini transportda belgilanmagan joylarda iste’mol qilish
Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda, daryo kemalarida belgilanmagan joylarda, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek taksilarda, yo‘nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, —
eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, —
eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-396- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)
modda. Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish
Poezdlarning vagonlari, avtomobilь va shahar elektr transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish —
eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
modda. Transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish Transportda belgilangan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
modda. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, —
eng kam ish haqining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26
apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Haydovchilarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo‘lgan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilarning tormoz tizimida, rulь boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yo‘lovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni o‘chirgan holda boshqarishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26 apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan echib olingan transport vositalarini boshqarish —
(125-modda to‘rtinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 13
dekabrdagi O‘RQ-125-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007 y., 50-51-son, 504-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26
apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish —
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda oltinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26
apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa
ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda ettinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26
apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu
Kodeksning 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131,
133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140, 141-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
(125-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26 apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |