Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash xizmati
II kurs o‘quvchilari uchun
Ma’ruza matnlari to‘plami
2016 yil
Mazkur ma’ruza matnlari to‘plami ilmu ma’rifat, ta’lim, maorif jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan zahmatkashlik, tashabbuskorlik, fidoiylik singari ulug‘vor fazilat sohiblari bo‘lmish guruh rahbarlariga o‘quvchi- yoshlarni ma’nan etuk, jismonan barkamol, axloqan pok, yuksak madaniyatli, intelektual salohiyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini qadrlovchi, buyuk ajdodlarimizni o‘ziga ibrat deb biluvchi, elim-yurtim deb yonuvchi, oilaning muqaddasligini yaxshi anglagan, mehnati mahsulidan lazzat ola biluvchi, dadil, botir, shijoatli, tadbirkor, uddaburon, adolatli qaror chiqara oladigan, mustaqil fikrlovchi, muhimi el-yurt farovonligiga o‘zining dahldorligini tushunib etadigan vatanparvar inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’naviyat soat”larida foydalanish uchun tavsiya etiladi.
TUZUVCHILAR: SH.ASHURMATOVA, S.XURRAMOVA
№
|
2-kurs uchun mavzular
|
muddati
|
1.
|
Mustaqillik darsi. Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim,
|
sentyabrь
|
|
jonim senga fido, O‘zbekistonim!
|
|
2.
|
Kuch – bilim va tafakkurda
|
sentyabrь
|
3.
|
Go‘zal muomala – yuksak madaniyat belgisi
|
sentyabrь
|
4.
|
Ustoz – otangday ulug‘
|
sentyabrь
|
5.
|
Bolalar mehnati
|
oktyabrь
|
6.
|
Diniy ekstremizm, fundamentalizm va terrorizm
|
oktyabrь
|
7.
|
Til va ma’naviyat
|
oktyabrь
|
8.
|
Zararli odatlar va ularning oqibatlari
|
oktyabrь
|
9.
|
Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi allomalar talqinida
|
noyabrь
|
10.
|
Giyohvandlik –umr zavoli
|
noyabrь
|
11.
|
Tabiiy ofatlarda fuqaro muhofazasi
|
noyabrь
|
12.
|
Oits - asr vabosi
|
noyabrь
|
13.
|
Baxtimiz qomusi
|
dekabrь
|
14.
|
Jahl chiqsa – aql ketadi
|
dekabrь
|
15.
|
Ishonch – mas’uliyat yuklaydi
|
dekabrь
|
16.
|
Vaqt qadri
|
dekabrь
|
17.
|
Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni
|
yanvarь
|
18.
|
Odam savdosi - inson erkinligiga tahdid
|
yanvarь
|
19.
|
Tabiatni asrash burchimiz
|
yanvarь
|
20.
|
Alisher Navoiy ibrati
|
fevralь
|
21.
|
Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki mundin yaxshi yo‘q
|
fevralь
|
22.
|
Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari
|
fevralь
|
23.
|
Vafo va sadoqat kuychisi. Zulfiya ijodiga nazar.
|
fevralь
|
24.
|
Ayol – mehr-muhabbat timsoli
|
mart
|
25.
|
“Ommaviy madaniyat” va uning madaniy jarayonlarga ta’siri
|
mart
|
26.
|
Navro‘z – qadriyatlar bayrami
|
mart
|
27.
|
Mirzo Ulug‘bek – shoh va olim
|
mart
|
28.
|
Badan tarbiyasi
|
aprelь
|
29.
|
Amir Temur va sog‘lom avlod tarbiyasi
|
aprelь
|
30.
|
Axborot tizimida internet
|
aprelь
|
31.
|
Axloqiy illatlar – tarbiyasizlik oqibati
|
aprelь
|
32.
|
Olam aro odam aziz - xotira muqaddas
|
may
|
33.
|
Oila - muqaddas go‘sha
|
may
|
34.
|
YOlg‘onchilik - eng yomon illat
|
may
|
35.
|
Harakat xavfsizligi va transportda yurish odobi
|
may
|
36.
|
Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar – ma’naviyat ko‘zgusi
|
iyun
|
37.
|
Erkin mavzu.O‘quvchilar xohishiga ko‘ra
|
iyunь
|
38.
|
YAxshi dam – mehnatga hamdam
|
iyunь
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Rasmiy nomlanishi Mustaqillik kuni Rasmiy tili Poytaxti
Yirik shaharlari
Boshqaruv shakli Maydoni
Suv sathidan yuqoriligi Aholi soni
Zichligi
Pul birligi Internet-domen Telefon kodi Soat millari
O‘zbekiston respublikasi
1991 yil 1 sentyabrь (SSSR tarkibida bo‘lgan) O‘zbek
Toshkent
Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Gazli, Qorako‘l
Prezident respublikasi
447,4 ming km.kv.(dunyoda 55-o‘rinda ) 4,9 foiz
29 mln kishi (dunyoda 42-o‘rinda ) 1km.kv. ga 58,6 kishi
O‘zbekiston so‘mi (UZS kod 860)
.uz
+998
UTC+5 ( 1)
Geografik joylashuvi: O‘zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan. Respublika chegarasi G‘arbdan SHarqqa 1425 km, shimoldan janubga qadar 930 km. Respublika shimoliy-sharqda Qozog‘iston, SHarqda va janubiy-sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston, G‘arbda Turkmaniston, Janubda esa Afg‘oniston bilan chegaradoshdir.
Koordinatlari: 41 0 shimoliy kenglikda, 64 0 sharqiy uzunlikda.
CHegaralari: Davlat chegarasining umumiy uzunligi 6 221 kilometrni tashkil etadi. Jumladan, Afg‘oniston – 137 km, Qozog‘iston – 2 203 km, Qirg‘iziston – 1 099 km, Tojikiston – 1 161 km va Turkmaniston bilan – 1 621 km.
Relefi: O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy- geografik sharoitga ega. Mamlakat hududi o‘ziga xos pasttekislik va tog‘ relefini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston hududining katta qismini pasttekisliklar tashkil etadi. SHulardan eng muhimi Turon pasttekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-SHan va Pomir tog‘ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. O‘zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho‘llaridan biri - Qizilqum yastanib yotadi.
1 RAVSHAN MAMADALIEV TOMONIDAN NASHRGA TAYYORLANGAN «DUNYO MAMLAKATLARI»
KITOBIDAN OLINDI. - T.: «Muharrir» nashriyoti, 2012. 155b.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari: Mamlakat er osti boyliklari tabiiy gaz, qo‘ng‘ir va tosh ko‘mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zaxirasiga ega.
Iqlimi: O‘zbekiston iqlimi keskin o‘zgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Yillik havo harorati farqi sezilarli darajada yuqori. YAnvar oyi o‘rtacha harorati -60 gacha tushadi, iyul oyida o‘rtacha havo harorati +32 0 gacha ko‘tariladi. Pasttekislik hududlarida yillik yog‘ingarchilik miqdori -120-200 mm., cho‘l hududlarida -1000 mm. gacha etadi. YOg‘ingarchilik miqdori kam bo‘lgani sababli, qishloq xo‘jaligi sun’iy sug‘orish tizimiga bog‘liqdir.
Ichki suv havzalari: Mamlakatning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Amudaryo uzunligi -1437 km., Sirdaryo -2137 km.ga etadi. O‘zbekistonning ko‘pgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dashtu-cho‘llarga singib ketadi, faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi. Respublikada yil davomida suv bilan ta’min etib turuvchi CHordaryo kabi bir necha sun’iy ko‘llar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |