Ishdan maqsad: Ishlab chiqarilayotgan dasturiy ta’minot uchun talablar hujjatini shakllantirish.
Tizim uchun talablar bu tizim nima ish bajarish lozimligini tasvirlashdir.
Talablar tizim mijozlarini ehtiyojlarini aks ettiradi.
Talablar injiniringi jarayonida ko’pgina muammolar ko’tariladi. ‘Foydalanuvchi talablari’ va ‘tizim talablari’ terminlari orasida farq mavjud. Foydalanuvchi talablari umumiy va tizim talablari batafsil bo’ladi. Foydalanuvchi talablari va tizim talablari quyidagicha izohlanishi mumkin:
Foydalanuvchi talablari bu diagrammalar bilan tabiiy tildagi bayonotlar.
Tizim talablari bu dasturiy ta’minot tizimi funksiyalari, servislari va operativ cheklanishlarining batafsil tasvirlanishi.
Ushbu amaliy ishni tushuntirish maqsadida biz sizga Ruhiy Bemorlar Sog’ligini Saqlash Boshqaruv Tizimi (RBSSBT) misol qilib olamiz.
Foydalanuvchi talablari
RBSSBT belgilangan har bir shifoxonalar uchun dorilar
Tizim talablari
Har oyning oxirgi ish kunida belgilangan dorilar qisqacha izohi, ularning bahosi va belgilangan shifoxonalar hosil qilinadi
Tizim automatik tarzda har oyning oxirgi ish kunida soat 17:30 dan keyin hisobotni bosmaga chiqarishga tayyorlaydi
Hisobot har bir shifoxona uchun yaratilgan bo’lishi va individual dori nomlari ro’yxati, shifokorlar yozib bergan dori ro’yxatilari soni, yozib berilgan dori ro’yxatidagi dori dozalari soni yozib berilgan dorilarning umumiy bahosi
Agar dorilar turli xil dozalarda(masalan, 10mg, 20mg) bo’lsa ularni alohida ajratib hisobot tayyorlash
Hisobotga ruxsatlarni chegaralash
Dasturiy ta’minot tizimi talablari funksional va funksional bo’lmagan talablar sinflariga ajratiladi.
Funksional talablar Bu tizim taminlashi lozim bo’lgan servislarning bayonoti. Kiritilgan ma’lumotlarga tizim qanday reaksiya ko’rsatishi lozim, tizim o’zini bunday holatlarda qanday tutushi lozim
Funksional bo’lmagan talablar Bu tizim tomonidan taklif qilinayotgan servislar va funksiyalardagi cheklovlar. U o’z ichiga vaqt cheklanishi, ishlab chiqarish jarayoni cheklanishi, beriladigan standartlar tomonidan cheklanishlarni olishi mumkin.
Siz talablarni turli xil darajada yozishingiz kerak chunki turli xil o’quvchilar turli xil yo’lda foydalanishadi.
RBSSBT tizimi uchun funksional talablar, ruhiy kasallikka chalinayotgan bemorlar uchun
Foydalanuvchi barcha shifoxonalar uchun uchrashuv vaqtlarini qidira olishi kerak
Tizim har bir kunga har bir shifoxona uchun novbat kutib turgan bemorlarga uchrashuv kunini tuzib berishi lozim
Har bir ishchi xodim o’zining sakkiz xonali ishchi nomeri orqali identifikatsiyadan o’ta olishi lozim
RBSSBT tizimi uchun funksional bo’lmagan talablar
Tizim tibbiyot xodimlari uchun foydalanishga qulay bo’lishi lozim
Tibbiyot xodimlari to’rt soatlik treyningdan so’ng tizimning barcha funksiyalaridan foydalana olishi lozim
Funksional bo’lmagan talablar
Do'stlaringiz bilan baham: |